Funktsional sxemalarni loyihalashda texnologik jihoz, uskuna va




Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana09.02.2024
Hajmi3,64 Mb.
#153757
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
LJAA fani ma\'ruzalar

2.Funktsional sxemalarni loyihalashda texnologik jihoz, uskuna va 
kommunikatsiyalarni ifodalash 
 
Funktsional sxemada texnologik jarayon odatda yordamchi, ikkinchi darajali 
apparatlarsiz, soddalashtirilgan holda ko`rsatilib, chizmaning yuqori qismida 
keltiriladi va texnologik ob`ektning ishlash printsipi, avtomatika vositalari bilan 
munosabati haqida to`la tasavvur berishi kerak; texnologik jarayonga tegishli 
truboprovodlarga o`rnatiladigan rostlovchi organ, armaturalarning faqatgina nazorat 
va avtomatik rostlashda qatnashadiganlarigina ko`rsatiladi. 
Suyuqlik va gazlarning texnologik kommunikatsiya va truboprovodlari 
DS2.784-70 ga muvofiq ifodalanadi, ya`ni: suv (-1-1-) yoki ko`k rangda, bug‘ (-2-2-) 
yoki qizg‘ish, azot (-4-4-) to`q sariq, kislorod (-5-5-) yashil rangda va hokazo. 
Kommunikatsiyalarga muhit tasnifiga muvofiq yanada aniqlik kiritish maqsadida 
raqam bilan birga harf indeksi ham qo`llanilishi mumkin; masalan: toza suv-1
t

qizdirilgan 
bug‘-2
q

boyitilgan 
bug‘-2
b

va 
shunga 
o`xshash. 
Odatda 
kommunikatsiyalarni raqamli yoki rangli tasvirlash murakkab texnologik jarayonlar 
uchun tavsiya etilib, soddalarida qo`llanmasa ham bo`ladi. 
Kommunikatsiya va truboprovodlarning chizmalaridagi qalinligi 0.5 dan to 1.5 
mm gacha bo`lib, ularning vazifasiga qarab qalinligi turli bo`lishi mumkin; masalan, 
kollektor, magistral truboprovodlarni 1-1.5 mm qalinlikda ko`rsatish mumkin. 
Texnologik truboprovodlarning ulanishi va kesilishi 6-rasmda ko`rsatilgan. 
Gaz
R1 
Suyuqlik 
a) b) v) 
6-rasm. Texnologik truboprovodlarni fuktsional sxemalarda ifodalanishi: a, b-
ulanganda; v-kesishganda. 
Texnologik jarayonning jihoz, uskuna va apparatlari chizmada 0.2 dan to 0.5 
mm qalinlikda chizilib, ularning o`lchamlari orasidagi nisbat (masshtabsiz chizilgan 
taqdirda ham) saqlanishi kerak. Har bir uskuna oldiga uning nomi yoki (jarayon 
murakkab bo`lsa) arab raqamlarida pozitsion belgisi qo`yilishi lozim.; harf-raqam 
usulini ham qo`llash mumkin, masalan: s-5, n-7, i-3, bunda harflar uskuna nomini 
bildiradi (s-sig‘im, n-nasos, i-isitgich), raqam esa shunday apparatlar majmuasining 
tartib nomerini ifodalaydi. Apparatlar raqam bilan belgilanganda chizmaning bo`sh 
erida apparat nomlari ko`rsatilgan jadval berilishi kerak. 

Download 3,64 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Funktsional sxemalarni loyihalashda texnologik jihoz, uskuna va

Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish