• 1.Funktsional sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari
  • O oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ‘zbekiston respublikasi termiz muhandislik-texnologiya instituti




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/59
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,64 Mb.
    #153757
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
    Bog'liq
    LJAA fani ma\'ruzalar

    - Periferiya shinasi. Periferiya shinasi MPQ va boshqa markaziy qurilmada yoki 
    kengaytiruvchi qurilmalarni o`zaro almashinadigan hamma signallarni elektr 
    bog‘lovchisidir. 
    Signallarni kiritish/chiqarish modullarining funktsional sxemalarini ayrimlari 
    ushbu rasmlarda keltirilgan. (1.4; 1.5-rasmlar). 
    YAponiyaning HITACHI firmasining S10α seriyali kontrollerini strukturali 
    sxemalari 1.6 - rasmda keltirilgan [2].


    1.4 - Rasm. Raqamli kiritish a),b),v) modullarini va raqamli chiqarish. 
    g) modulini bitta kanallarini funktsional sxemalari. 
    а) 
    б) 
    а)
    А
    б)
    в)
    В
    г) 
    1.5 - Расм. Рақамли киритиш\чиқариш модулларини функционал 
    схемалари 


    1.6-Rasm. HITACHI firmasining S10α seriyali kontrollerini modullar bilan o`zaro 
    bog‘lanishini strukturali sxemasi. 
     
    6. Avtomatlashtirish va o`lchash sistemalarining funktsional 
    sxemalarini loyihalash 
    Reja: 
    1. Funktsioal sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari

    2. Texnologik jihoz, uskuna va kommunikatsiyalarni funktsional sxemalarda 
    ifodalash

    3. Funktsional sxemalarda avtomatlashtirish vositalari va asboblarining shartli 
    harfiy belgilanishi

    4. Avtomatlashtirish vositalari va asboblarining funktsional sxemalarda shartli 
    grafik tasvirlash. 
    1.Funktsional sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy 
    tamoyillari 


     
    Funktsional sxemalar avtomatlashtirish sistemalari loyihasining asosiy texnik 
    hujjati bo`lib, unda texnologik ob`ekt va avtomatik nazorat, rostlash boshqarish va 
    shu kabi vositalari birgalikda tasvirlanadi 
    Funktsional sxemalarni tuzishda Davlat Standarti DS21.404-85 va ko`rsatma 
    material RM4-4-85 talablariga rioya etiladi. 
    Funktsional sxemalarni loyihalash jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi: 
    1. Texnologik jarayonning muqobil avtomatlashtirish hajmi aniqlanadi; 
    2. Avtomatik tarzda nazorat, rostlash va boshqarish lozim bo`lgan texnologik 
    parametrlar belgilanib, texnik vositalar majmuasini tanlash maqsadida ularing 
    o`lchash chegaralari, usullari aniqlanadi; 
    3. Masofadan va avtomatik boshqariladigan ijro mexanizmlari tanlanadi; 
    4. Texnologik jihoz, apparat va uskunalarning avtomatik tarzda himoya va 
    blokirovka etish uchun etarli bo`lgan hajmi belgilanadi; 
    5. Asbob, avtomatika vositalari va apparaturalarini shchit va pul‘tlariga, 
    shuningdek, joyiga, dispetcher punktlariga joylashtirish hal etiladi. 
    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funktsional sxemalarini ishlab 
    chiqishda quyidagi talab va qoidalarga amal qilinadi: 
    1. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning 
    harakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini, atrof-muhitning 
    zaharliligini va emiruvchiligini, o`lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy hossalarini 
    va parametrlarini; o`lchash o`zgartkichlarining o`rnatilgan joyidan nazorat va 
    boshqarish punktlarigacha masofasini; boshqarish sistemasiga ishonchlilik, aniqlik va 
    tez ta`sir etish kabi talablarni hisobga olish zarur. 
    2. Avtomatlashtirishda 
    texnik 
    vositalarning 
    ommaviy 
    (seriyallab) 
    ishlab 
    chiqariladiganlari asosida to`zilishi lozim; bunda ular o`zining soddaligi, o`zaro mos 
    kelishi, shchit va pul‘tlariga o`rnatish qulayligi bilan tasniflanuvchi texnik 
    majmualaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    3. Ommaviy ishlab chiqariladigan asbob, texnik vosita va apparaturalarini qo`llash 
    imkoni bo`lmaganda yangi vositalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq beriladi. 
    4. YOrdamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) ta`minlanuvchi vositalarni 
    tanlash texnologik ob`ektning yong‘in va portlash havflilik sharoitlari bilan, 
    shuningdek axborot va buyrug‘ signallarining tez ishlashi va uzatishi masofasiga 
    qo`yiladigan talablar e`tiborga olinadi. 
    5. Dispetcherlik shchit va pul‘tlariga o`rnatiladigan signallash va boshqarish 
    apparaturalarining cheklangan bo`lishi kerak, aks holda hizmat ko`rsatuvchi 
    hodimlarning e`tiborini asosiylaridan chetga tortadi, sistemani murakkablashtiradi, 
    narhini oshirib yuborishga olib keladi. 
    6. Ikkinchi darajali, yordamchi asbob va avtomatika vositalarini iloji boricha ayrim 
    shchitlarga joylashtirib, ular ishlab chiqarish xonalarida bo`lgani ma`qul. 



    Download 3,64 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ‘zbekiston respublikasi termiz muhandislik-texnologiya instituti

    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish