Ob`ektlarni parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi




Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana09.02.2024
Hajmi3,64 Mb.
#153757
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
LJAA fani ma\'ruzalar

1.2.Ob`ektlarni parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi 
programmalashtiriladigan sistemaning bloklarini asosiy vazifalari 
Bu erda nazorat qilinadigan va boshqariladigan ob`ekt o`rnida gazlama to`qish 
stanogi, manipulyator, robot, sonli – programmali boshqariladigan stanok, 
avtomatli va shunga o`xshagan har qanday boshqariluvchi mexanizm bo`lishi 
mumkin. Ob`ektlarning turiga qarab nazorat qilinadigan va boshqariladigan 
ИЭМ 
 БҚ 
А/Р.
СЧБ 
НКБО 
ДТ 
СБҚИМ 
А/РСКБ 
 
 CPU 
МИКРО 
 
 
 КОН- 
 ТРОЛ- 
 ЛЕР 
Дис 
МКБ 
ПРОГ 


parametrlar turli bo`lishi mumkin. Masalan, nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi 
ob`ekt sifatida manipulyatorni oladigan bo`lsak, uning nazorat qilinuvchi 
parametrlariga: manipulyatorning ko`p koordinatali qo`llariga berilgan topshiriq 
asosida qanday tezlik, aniqlik bilan harakatlanishi, ishni bajarilishi, harakat 
chegaralarini o`zgarishini ta`minlashi, qo`llarini panjalarini ochilib/berkilishini 
ko`rsatilgan vaqt oralig‘ida ta`minlashi kabi parametrlar kiradi. 
Bunday parametrlarni (kattaliklarni) nazorat qilish, o`lchash va boshqarib turish 
uchun eng avvalo, kontaktsiz o`chirgichlar, siljish datchiklari (datchik 
peremesheniya), fotoelektrik datchiklar, sanagichlar, qadamlovchi dvigatelni 
ishlashini va parametrlarini nazorat qiluvchi harorat datchigi, kuchlanishni 
o`zgartirgichlar kabi birlamchi o`zgartirgichlar kerak bo`ladi. 
Manipulyatorning boshqariluvchi yoki rostlanuvchi parametrlarini ko`p 
koordinatali qo`llarini harakat chegarasini o`zgarishi datchiklar orqali nazorat 
qilinadi, o`lchanadi va birlamchi o`zgartirgichlar orqali tok yoki kuchlanishga 
aylantiriladi hamda navbatdagi blokka, ya`ni, analog/raqamli blokka (signallarni 
kodga aylantiruvchi blokka) uzatiladi. Bu blok analogli signallarni parallel kodga 
aylantirib, mikroEHMga (CPU) uzatiladi. MikroEHM uzatilayotgan kodlarni 
programma asosida qayta ishlab, ob`ektning parametrlarini berilgan qiymat bilan 
solishtirib, ularni topshiriqdagi chegaradan qancha farq qilishini aniqlaydi. Olingan 
(o`lchangan) natija displeyda namoyon etiladi. Ijro etuvchi mexanizmni ishlashini 
yoki nazorat qilinayotgan parametrni rostlash kerak bo`lsa CPU (kontroller) 
boshqaruvchi signal ishlab chiqaradi. Bu boshqaruvchi signallar analog/raqamli 
signallarni uzatuvchi (chiqaruvchi) blokka beriladi. Bu blokning chiqishidan 
analogli yoki diskret signallar ijro etuvchi mexanizmga beriladi va uning ishlashini 
boshqaradi. O`z navbatida, ijro etuvchi mexanizmi nazorat qilinayotgan parametrni 
berilgan chegarada ushlab turadi. Ma`lumotlarni kirituvchi blok (klaviatura) orqali 
CPU ning tezkor xotirasiga boshqaruvchi sistemani ishlashini boshqarish 
programmasini kiritish, sistemani kanallarini nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi 
ob`ektlarni tanlash, ularni ishchi rejimlarga o`tkazish, ijro etuvchi mexanizmlarni 
harakat oraliqlarini chegarasini o`zgartirish, o`lchanayotgan ma`lumotlarni qayta 
ishlash, olingan natijalarni displeyga,
printerga chiqarish, boshqarish, o`lchash programmalarini sozlash va shunga 
o`xshagan vazifalar bajariladi. SHuni aytish kerakki, hozirgi paytda elektronika va 
avtomatikaning elementlarini yaratilish texnologiyasi rivojlanib, signallarni 
oldindan 
qayta 
ishlovchi, 
o`zgartiruvchi 
bloklar 
(kirituvchi 
bloklar) 
ixchamlashtirilib, standart, ishlatishga juda ham qulay bo`lgan ko`rinishga 
keltirilgan. Masalan, Germaniyaning SIEMENS firmasining S5 – 115Y/H/F 
kontrollerini modul ko`rinishdagi strukturali sxemasi 1.2 – rasmda keltirilgan [1]. 


Марказий блок (ZG) 
Кенгайтириш қурилмаси (EG) 
Марказий процессор (CPU) 
Уловчи модул (IM) 
Манба блоки (SN) 
Рақамли киритиш модуллари (DE) 
Рақамли чиқариш модуллари (DА) 
Аналогли киритиш модуллари (АЕ) 
Аналогли чиқариш модуллари (АА) 
Адаптацияловчи 
капсула 
Комутацияловчи 
процессорлар ( СР) 
1.2-Расм. S5-115 U/FH контроллерини модуллари ва уларни объект 
билан боғланиш схемаси. 







иэм 
нқ 
удт 
иэм 
НКБО 
5 10 11 



1.3– rasm. S5–115U PK sxematik ko`rinishi 
Bu erda: 
1 – markaziy protsessor (CPU); 
2 – ta`minot bloki (SV); 
3 – raqamli kiritish modullari (DE); raqamli chiqarish modullari (DA); 
analogli kiritish modullari (AE); analogli chiqarish modullari (AA); 
4 – kommunikatsiyalaydigan protsessorlar (CP); 
5 – signallarni oldindan qayta ishlovchi modullar (IP); 
6 – kengaytiruvchi qurilma (EG); 
7 – markaziy blok (ZG); 
8 – ulash moduli (IM); 
9 – nazorat qiluvchi, o`lchovchi datchik; 
10 – ijro etuvchi mexanizm; 
Программани 
ички 
хотираси 
(RAM) 
Аккумулятор 
Санагичлар 
таймерлар 
маркерлар 
РАЕ 
РАА 
Бошқарувчи 
қурилма 
Хотира модули 
(RAM/EPROM) 
EEPROM 
Кетма-кет 
интерфейс 
CPU 
Периферия шинаси 
Аналог/рақамли 
кириш модуллари 
Рақамли/аналогли 
чиқиш модуллари 
Функционал 
модуллари 
Периферия модули 


11 – nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi ob`ekt. 
Nazorat qilinayotgan va boshqarilayotgan ob`ektlarni parametrlari datchiklar 
orqali signallarni oldindan qayta ishlovchi modullarni kirishlariga va bu 
bloklarning chiqishlaridan qayta ishlangan signallar raqamli, analogli signallarni 
kirituvchi/chiqaruvchi bloklar orqali qayta ishlanib, razryadligi va signallarni 
amplitudalarini kattaligi bo`yicha standart ko`rinishga keltirilib, markaziy 
protsessorni umumiy shinasiga uzatadi. Markaziy protsessor qabul qilgan 
signallarni xotirasiga yozilgan programma asosida qayta ishlaydi. Olingan natijalar 
berilgan qiymatlar bilan taqqoslanadi. Agarda nazorat qilinayotgan yoki 
boshqarilayotgan ob`ektning qiymati topshiriqdagi qiymatdan farq qilsa, CPU 
boshqarilayotgan parametrni rostlash uchun boshqarish signalini ishlab chiqadi va 
bu signal analog/raqamli chiqarish modullari orqali to`g‘ridan – to`g‘ri yo ijro 
etuvchi qurilmalarga yoki undan signallarni oldindan qayta ishlovchi modulga 
uzatilishi mumkin. 

Download 3,64 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ob`ektlarni parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi

Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish