Kiritish/chiqarish modullarini signallarini holati jarayonni aks etadigan
qismiga markaziy protsessor orqali o`tkaziladi (yuklanadi). Jarayonni aks etadigan
qism (oblast‘) markaziy protsessorni RAM xotirasida jarayonni aks etish qismi
(oblasti) zahiralangan qismi bo`ladi. Kiritish/chiqarish modullari uchun har xil
qismlari bor:
– kirishlar jarayonini aks etish qismi (PAE);
– kirishlar jarayonini aks etish qismi (PAA).
- Ketma – ket interfeys.
Ketma – ket interfeys programmatorli diagnostika qurilmasini ulash uchun va
monitoring qilish uchun foydalaniladi. Bulardan tashqari, bu interfeys orqali
kontrollerlarni SINECL1 lokal to`riga (iniga) SLAVE sifatida ulash mumkin. 943
va 944 markaziy protsessorli elementi ikkita ketma – ket interfeysli variantga ega.
Bu esa, ushbu vazifani bajarishga imkon beradi:
– boshqa programmalashtiriladigan kontroller bilan nuqtadan – nuqtaga
bog‘lanishini;
– klaviatura, printer va shunga o`xshaganlarni ulash uchun ASCII drayveri.
- Taymerlar, sanagichlar, markerlar.
Foydalanuvchi printerni markaziy protsessorni ichki taymerlar, sanagichlar
va markerlardan (signallarni holatlarini saqlash uchun xotira qismi sifatida)
foydalanishi mumkin, bular boshqarish programmasi orqali so`ralishi mumkin.
- Akkumulyator. Akkumulyator – bu hisoblaydigan registr, uning yordamida
qiymatlar ichki sanagichlarga va taymerlarga yuklanadi. Bulardan tashqari,
akkumulyatorda taqqoslash, hisoblash, o`zgartirish amallari bajariladi.
- Boshqaruvchi qurilma. Boshqaruvchi qurilma boshqarish programmasiga mos
ravishda ( to`g‘ri keladigan) xotira programmasidan ketma–ket, birin – ketin
buyruqlarni chaqiradi va ularni bajaradi. Bu erda kirishlarni aks etuvchi qismidagi
xotiralarni va sanagichlarni ichki qiymatlari hamda ichki markerlarni holatlari
qayta ishlanadi.