• - TTU interfeysi.
  • - Modullarni tashuvchilar.
  • - Kirituvchi/chiqaruvchi modullar




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/59
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,64 Mb.
    #153757
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
    Bog'liq
    LJAA fani ma\'ruzalar

    - Kirituvchi/chiqaruvchi modullar.
    Raqamli kirish modullari raqamli signallarni ulaydilar, masalan, kontaktli 
    yoki BERO kontaktsiz datchiklarni va ularni sathlarini S5 – 115U ning ichki 
    signallari bilan moslaydi. Raqamli chiqish modullari ichki jarayonni sathini 
    o`zgartiradi, masalan, rele yoki magnit puskateli uchun. Uzluksiz kirish modullari 
    uzluksiz jarayonni signallarini o`zgartiradi, masalan, o`lchash datchigidan yoki 
    termoqarshilikdan kelayotgan uzluksiz signallarni raqamliga o`zgartiradi, keyin 
    esa, ular S5 – 115U kontrollerida raqamli ko`rinishda qayta ishlanadi. Uzluksiz 
    chiqish modullari ichki raqamli qiymatlardan uzluksiz jarayonni signallarini tashkil 
    etadi, masalan, dvigatelni aylanish sonini rostlash uchun. 
    - Aloqa (bog’lash) modullari (IM, AS). 
    S5 – 115U PK ma`lum miqdordagi ulanish o`rinlariga (tashuvchiga) 
    modullar o`rnatilgan (montaj qilingan). Ta`minot blokli, markaziy protsessorli va 
    periferiya modullari o`rnatilgan tashuvchi markaziy protsessorli qurilma deyiladi. 
    Agarda markaziy protsessorli qurilmani modullarini tashuvchida ulash (o`rnatish) 
    joyi yo`q bo`lsa, u holda boshqa modullarni kengaytiruvchi qurilma deb ataluvchi 
    (markaziy protsessorsiz qurilma) tashuvchini ulasa bo`ladi. 
    Bog‘lovchi (aloqa) moduli kengaytiruvchi qurilmani markaziy qurilma bilan 
    ulaydi. 
    - TTU interfeysi.
    Bu erda programmator yoki diagnostika qiluvchi qurilma ulash mumkin. Bu 
    interfeys SINEC L1 lokalli, ma`lumotli set interfeysi sifatida foydalanilishi 
    mumkin.
    Kontrollerni strukturali sxemasi 1.2 – rasmda keltirilgan. 
    - Modullarni tashuvchilar. 
    Ular hamma modullarni mexanik mahkamlaydigan alyuminli tashuvchi 
    profildan tashkil topgan va o`rnatilgan modullarni o`zaro elektrik bog‘lanishlari 
    (aloqalari) uchun bitta yoki ikkita o`tkazuvchi plataga ega. 
    - Xotira moduli. 
    Boshqarish programmasi xotira modulida saqlanadi yoki RAM ni ichki 
    xotirasida CPU 944 da hamma programma 96 Kbaytli RAM ni xotirasida 
    saqlanishi mumkin. Xotira moduli PK dan ajratilganda programma saqlanishi 
    uchun EPROM yoki EEPROM xotira modulidan foydalanish kerak. 
    Ulardan farqli RAM xotirasi va RAM xotira moduli ushbu farqlarga ega: 
    – xotiradagi qiymatni operativ o`zgartirishi mumkin; 
    – foydalanuvchini berilganlarini saqlash va o`zgartirish mumkin; 
    – setni kuchlanishini o`chirganda va buferni batareyasi ishdan chiqqanda 
    xotiradagi qiymatlarda yo`qotish sodir bo`ladi. 

    Download 3,64 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




    Download 3,64 Mb.
    Pdf ko'rish