Birlashtirilgan sxemada asbob va apparatlar yig‘ilgan holatda ko`rsatiladi;
ya`ni apparat komplektiga kiruvchi elementlar (g‘altak, elektromagnitlar, uzgichlar va
shu kabilar) asbobning shartli ifodalanishi ichida ko`rsatilib, chiqish-kirish
kontaktlarining markirovkasi ham beriladi.
YOyilgan printsipial sxemalarda asbob va apparatlar elementlarga ajratilib,
ular bir-birlari bilan bog‘langan holatda ko`rsatiladi; natijada ayrim zanjirlar hosil
bo`ladi. Sxema bir necha zanjirlardan to`zilgan bo`lib, ular gorizontal yoki vertikal
holda berilishi mumkin.