M azkur munozara turli xrestomatiyalarda e'lon qilingan. Bu
munozarada yoz bilan qishning o ‘ziga xos xususiyatlari juda
chiroyli, obrazli misralarda tasvir etilgan. M unozara janri «Devon»
ning quyidagi o ‘rinlarida ham keltirilgan.
Qish ya y bila toqushdi,
Qing ‘ir kozin baqishdi.
Tutashqali yaqishdi
Utg 'alimat ograshur.
Mazmuni: qish bilan yoz urushdi, bir-birlariga yomon k o ‘z bilan
boqishdi, turli tutishishga yaqinlashdi.
Ular bir-birini yengishga
intilishar edi.
Munozara janriga xos parchalar Y usuf Xos Xojibning
«Qutadg‘u - bilig» asarida uchraydi:
Uqushlig ‘, vafolig ‘ kishi tuzini,
Yulug'lar kishiga qamug' o ‘zini.
Arig ‘siz, jafoliq qilinchi о ‘tin,
Qali aydi ersa qiyar so ‘zini.
Mazmuni:
Zehnli, vafoli, kishi afzuni,
Qiladi kishiga fid o о ‘zini.
Ymiqsiz, jafoli, qilig ‘i tuban,
Tonar, hech tan olmas degan so ‘zini.
Bundan tashqari Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul - haqoyiq»
dostonida ham bor:
Tabi'atta yigi ot aybsuzi,
Axiliq erur bil bivcul ко ‘rk so ‘zi.
Eliklarda qutlug‘ berigli elik,
Olib bermagan el elik qutsizi.
Mazmuni: Dunyoda yaxshi
va nuqsonsiz nom sahiylikdir, baxil
esa xunuk ot ekanini bil, q o ‘llar ichida in'om
beruvchisi baxtli
q o ‘ldir, o ‘zi olib boshqalariga bermagan qo ‘l, q o‘llaming qutsizidir.
Keyinchalik bu jan r XIV asr oxiri va XV asming birinchi
yarmidan o ‘zbek yozma adabiyotida keng taraqqiy qildi. Bu davr
munozaralari
taraqqiyotiga
fors-tojik
adabiyotida
yaratilgan
munozaralaming ham ta ’siri katta b o id i.
45
Ma'lumki XI asrda yashagan Asadi Tusiy «Munozarai shabu
ro‘z» (“Tun bilan kun” munozarasi) «Munozarai osmonu zamin»
(«Osmon bilan yer munozarasi») «Munozarai gabru muslim»
(«Kofir bilan musulmon munozarasi») «Munozarai arabi ajam»
(«Arab va ajamlik munozarasi») singari asarlarni yaratgan edi. Bu
asarlar turkiy shoirlar orasida ham katta shuhrat topgan edi.
XV
asr boshlarida yashagan Ahmadiy,
Yusuf Amiriy va Yaqiniy
tomonidan yaratilgan munozaralar juda ko‘p jihatlaridan Asadi
Tusiy munozaralariga o ;xshab ketadi.
Ahmadiyning «Rudjomaning orasinda munozara va muboxasa»
asarida muzika asboblari orasidagi tortishuvlar xikoya qilinadi.
Munozaraning boshlanishida shoir nasrda hamd, na’t va
kitobning yozilish sabablarini aytadi. Ahmadiy munozarasi ramali
musaddasi maxzuf (foilotun foilotun foilun)
vaznida yozilgan
masnaviydan iboratdir.
Munozaraning davomida Tambura, Ud, Chang, Q o‘buz,
Kungura o ‘rtasidagi tortishuvlar tasvir etiladi. Bahsni Tambura
boshlab, o ‘z
ovozining yoqimli, rohatbaxsh ekanini aytadi. Ayni
zamonda Udni qomi yo‘g ‘on xo‘ja, changni aqli kalta, nodon, gap
uqmas deb ayblaydi.