Bo ‘Imadi hargiz fuqaro hamdame




Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana05.06.2024
Hajmi1,65 Mb.
#260628
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

Bo ‘Imadi hargiz fuqaro hamdame,
Tamburatek nokasu noodami.
Boshdin-oyoq qomati talbis erur,
Balki о ‘zi modari iblis erur.
Aytilganlardan ma'lum bo‘ladiki, Ahmadiy munozarasida 
hayotda uchraydigan turli guruh odamlar, ulaming xarakter- 
xususiyatlari majoziy formada tasvir etilgan, odamlar orasida 
uchraydigan kekkayish, manmanlik, xudbinlik singari fe'I-atvorlar 
qoralangan.
Yusuf Amiriyning «Bang va chog‘ir orasinda munozarasida» 
asari she'riy va nasriy yo‘lda yozilgan.
Mazkur munozaraning boshlanishida hamd, na’t, kitobning 
yozilish sabablari beriladi, so‘ng voqea bayon qilinadi: «Bir kun 
asxob furqatidin va asbob hasratidin mutafakkir va mutahayyir 
oMturur» erdim, ichim bo‘sho‘, nogoh boshimda bog‘ havosi tushti 
sayr eta chiqdim. Bog‘ ichra gasht yutub yurur edim sabo bikin
46


dedimki, uchragay manga bir sarv qomat. Nogoh bir necha 
muvofiqi hamsuhbatni ko ‘rdumki, bir go‘shada o ‘lturib erdilarkim, 
alam ing orasida m uxolif rost emas edi. Ular sharga oyoq (qadah) 
tutadilar, biroq u rad etadi,
Endi unga ma'jun (bang) bermoqchi bo ‘ladilar. har biri o ‘zini 
maqtaydi, o ‘z sifatlarini ulug‘lovchi dalillar keltiradi.
Y usuf Amiriy chog‘imi yosh kuchga to ‘lgan yigit singari
bangni esa tarkidunyo qilgan darvish so‘fi qiyofasida tasvirlaydi. 
Y usuf Amiriy munozarasi chinakam dunyoviy g ‘oyaIami tarannum 
etuvchi, dunyoni sevuvchi, sevgini tarannam qiluvchi asardir. Unda 
shoirning tarkidunyochilikka boigan salbiy munosabati yaqqol 
k o‘rinib turadi.
Amiriy munozarasi, filologiya fanlari doktori Rustamovning 
k o‘rsatishicha, 
ozariy 
shoir 
Fuzuliyning 
“Bangi 
boda” 
munozarasiga katta ta ’sir etgan.
Yaqiniyning o ‘q-yoy orasinda munoza asari ko‘proq prozaik 
y o ‘lda yozilgan. Bunda chol qiyofasidadagi yoy bilan yigit 
qiyofasidagi o‘q o ‘rtasidagi munozara tasvir etilgan.
M unozara katta hajmli boshqa shakldagi, y a ’ni janrdagi asarlar 
tarkibiga ham kirgan. Masalan Nishotiyning “Husn va Dil” 
dostonida sozlar va gullar m unozarasi bor.
M unozara janri elementlarini “Xisrav v a Shirin” (Qutb) «Yusuf 
va Zulayho» (Durbek) “Lisonut-tayr” (Navoiy) kabi asarlarda 
ko ‘ramiz.
Munozaralar yaratish a n ’anasi keyingi davr o ‘zbek adabiyotida 
davom etdi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida ham munozara 
elementlari mavjud. Hamza Hakimzoda Niyoziyning “M evalar 
munozarasi” 
klassik 
she’riyatimizda 
eng 
so’nggi 
munozaralardandir.
Bundan tashqari Sulton Jo ‘raning «Tinish belgilar majlisi» asari 
yana bir munozaraga misoldir.
Qit’a - arabcha so ‘z b o ‘lib, bo ‘lak, qism, parcha ma'nolarini 
anglatadi. X.K.Baranov qit'ani:
1) 
parcha (adabiy asar)
2) 
kichik she'r
3) 
musiqa deb izohlaydi.
47


U adabiy terminologiyada klassik she'riyatning lirik janrlaridan 
biridir.
Qit'a arab, 
fors-tojik, 
turkiy, jumladan 
o‘zbek 
klassik 
she'riyatida, keng tarqalgan janrlardan biridir.
Bu jan r rus va G ‘arbiy Yevropa she’riyatida “fragment” deb 
nomlangan she’rlarga o‘xshaydi.
Odatda, qit'a ikki va undan ortiq baytdan iborat bo‘ladi.
(a-b, g-b, v-v) ba'zan esa a-a, b-b, v-v sxemasida qofiyalanadi. 
Masalan:

Download 1,65 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish