Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari
Reja:
-
Oilaning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar bilan bevosita bog’liqligi, uning axloqiy, huquqiy va ijtimoiy omillari.
-
Jismonan yetuk, muayyan ma’naviy fazilatlarni egallagan, ijtimoiy va huquqiy burchini anglagan insonni shakllantirishda oilaning roli.
5-ilova
2-ilova
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi:
2,0 ball - «a’lo».
1,5 ball - «yaxshi».
1,0 ball - «koniqarli».
0,5 ball - «qoniqarsiz»
3-ilova
Oilaning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar bilan bevosita bog’liqligi, uning axloqiy, huquqiy va ijtimoiy omillari
Sharq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi.
Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
Burch — ado etilishi majburiy bo‘lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo‘lgan axloqiy qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, nnsoniyatning o‘tmish merosini asrash va kelgusi avlodlarga etkazish burchi, millat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, Vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir».
Yuqoridagilardan. ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama yetuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
4-ilova
Jismonan yetuk, muayyan ma’naviy fazilatlarni egallagan, ijtimoiy va huquqiy burchini anglagan insonni shakllantirishda oilaning roli
Sharq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi.
Vatan oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
|