Sement toshining sudraluvchanligi.
Sudravchivlanlik – bu sement toshi yeki betonni xosasi. U cho‘kish, harorat,
uzoq vaqt ta‘sir etuvchi kuchlanishlar natijasida qaytmas deformatsiyani
(shakilsizlanishni) yuzaga keltiradi va jismoniy butunlay buzilishiga olib keladi.
Sudravuchanlik ko‗p omillarga bog‗lik, masalan suv sement nisbatiga. Suv sement
nisbati 0,45-0,40 dan past bo‘lgan sementosh yoki betonlarda sudraluvchanligi
kamayadi 0,45-0,6gacha proporsional ravishda oshadi, baland suv sement nisbati
uncha kam ta‘sir etadi.
Ilmiy izlanish ishlar shuni ko‘rsatadiki, beton namligi qancha ko‗p bo‗lsa,
sudraluvchanlik deformatsiyasi shunga ko‗p, alitli, kam alyuminatli sementlar kam
sudravuvchanlik ko‗rsatkigiga ega.
Qotish shartlari va sharoitlari katta ahamiyatiga ega, masalan 80-100
o
C
issiqlik ishlovida avtoklavlarda betonlarni sudraluvchanligini kamaytiradi.
Kimyoviy va fizikaviy agressiv faktorlarga sement va betonlarning
chidamligi.
Beton va temir beton konstruksiyalar nafaqat mexanik mustahkamlikka ega
bo‗lishlari kerak, balki xilma – xil tashqi kimyoviy va fizikaviy faktorlar ta‘siriga
ham qarshilik ko‗rsatishlari kerak.
26
Yemirilish fizikaviy va kimyoviy turlarga bo‗linadi:
Kimyoviy yemirilishi – har xil moddalarni, gazlarni, suvlarni suvli
eritmalari, suyuk va gaz holatdagi noorganik va organik moddalar ta‘sirida
yemirilishi.
Fizikaviy yemirilish – ko‗p marotaba qaytaruvchi namlanish, qurish, erish va
muzlash jarayonlari ta‘siridagi yemirilishi.
Sement va betonlarini g‗ovak va kapillyarda mineral suvlarni kristall holatda
yig‗ilishi ham fizikaviy yemirilishi turiga kiradi.
Umuman olganda portlandsement asosida tayyorlangan beton buyumlari
agressiv muxitlarga ancha chidamli bo‗ladi deb hisoblanadi, ammo nomaqbul
muxitda yoki sharoitda ular buzilib ketishlari mumkin. Portlandsementning har xil
turlari u yoki bu agressiv faktorlar ta‘siriga har xil bo‗lgan qarshiligi bilan
harakterlanadi. Masalan: tarkibida alyuminiy kalsiy kam bo‗lgan sementlar
sulfatga chidamli deb hisoblanadi, pussalan portlandsement esa suvga chidamligi
bilan harakterlanadi.Sementtoshda gidrat minerallar mahsulotlaridan eng eruvchan
mineral bu Ca(OH)
2
u bir litr suvda 1,3 gr eriydi, undan keyingi o‗rinda
gidroalyuminatlar, gidrosulfoalyuminatlar va nixoyat gidrosilikatlar turadi. V.M.
Moskvin yemirilish jarayonini 3 guruhga bo‗lgan: 1 — guruh: bunda tarkibiy
qismlari erib ketishi natijasida sementtosh buziladi.2 —guruh: bu xil yemirilishda
suvdagi moddalar bilan sementtoshdagi mineral orasida kimyoviy reaksiya
natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar yoki juda yengil eruvchan, yoki bog‗lovchi
xususiyatlarga ega bo‗lmagan bo‗ladilar. 3 — guruhga sement hamiri g‗ovaklarida
kam eriydigan tuzlarning cho‗kishi va kristallanish natijasida sementtosh buziladi.
Lekin yemirilishning to‗la klassifikasiiyasini Kind V.V. tuzib chiqdi.
1. Ishqorlarning, ya‘ni Ca(OH)
2
ning o‗z —o‗zidan erib betondan ajralib
yuvilib chiqilishi.
2. Kislotalar ta‘sirida yemirilish — kislota yemirilishi.
3.Sulfat yemirilishi — sementtoshga ionlarni ta‘siri ostida o‗tadigan
yemirilish (250 — 300 1000 mg. bir litrga).
4. Uglekislota CO
3
ta‘sirida o‗tadigan yemirilishi.
27
5. Magneizal yemirilish. Bunda sementtoshni va betonni yemirilishi
eruvchan magniy ta‘sirida o‗tadi. MgO dan tashqari kalsiy gidorsilikatlari va
gidroalyuminatlar parchalanishi mumkin. Bu esa betonni buzilishiga olib keladi.
|