§4.8. JIHOZLARNI O`RNATISH, SOZLASH VA TA`MIRLASHDA




Download 5,89 Mb.
bet15/323
Sana24.03.2017
Hajmi5,89 Mb.
#1845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   323
§4.8. JIHOZLARNI O`RNATISH, SOZLASH VA TA`MIRLASHDA

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA YONG’IN XAVFSIZLIGI


      1. Mehnatni muhofaza qilish umumiy qoidalari

Mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilish - ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, gigienik va tashkiliy tadbirlardan tashkil topgan qonunlar majmuasi bo`lib, mehnat qilish jarayonida insonning sog’ligi, xavfsizligi va ishga layoqatliligini himoya qiladi. Texnik yo`nalishdagi mehnatni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqarishda shikastlanish va baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat jarayonini engillashtirish, shikastlanishni keltirib chiqaruvchi va inson organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarni yo`qotishga yo`naltirilgan. Gigienik yo`nalishdagi tadbirlarda qurilish maydonchalarida ishchilar uchun mehnat va maishiy sharoitlarni yaxshilash (maishiy xonalar, oshxonalar, yuvinish xonalari tashkil qilish), ish o`rinlarida ratsional yorug’likni tashkil qilish ko`zda tutilgan. Texnika xavfsizligi tadbirlari yong’inga qarshi kurashish tadbirlari bilan chambarchars bog’liq bo`lib, insonlarni va jihozlarni yong’indan saqlashni ta`minlaydi.

Oziq-ovqat korxonalarida ishga yangi qabul qilingan ishchilar, hamda ish jarayonida boshqa xodimlar korxona rahbariyati tomonidan DSt 12.0.004-79 talablari asosida mehnat xavfsizligi qoidalari va yo`riqnomasi bilan tanishtirilishi ta`minlanishi lozim. Barcha xodimlar uchun qayta yo`riqnoma har 3 oyda o`tkazilishi kerak.

Ishlab turgan korxona hududida instruktaj shu korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari yoki ma`muriyat tomonidan o`tkaziladi.

Xodimlar ishga qabul qilinganida bir oy davomida mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilishi kerak.

Korxona shtat jadvalida belgilanganligi bo`yicha tizim muhandis- texniklar (usta, prorab, katta prorab, uchastka mexaniklari) va boshka muhandis-texnik xodimlar 1 yilda bir marta bajaradigan va nazorat qiladigan ishlariga qarab mehnat va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi. Rejadan tashqari xodim boshqa lavozimga ishga o`tkazilganda, hamda davlat mehnatni nazorat qilish va inspektsiya organlari talabi bo`yicha texnika xavfsizligi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi.

Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan komissiya bilim saviyasini tekshirib, guvohnomalarni qayd qilish va tarqatish daftarida yozib boradi. Texnika xavfsizligi qoidalari va ishlab chiqarishning sanitariya qoidalari bo`yicha bilim darajasi qoniqarsiz bo`lgan xodimlarga qayta sinovdan o`tgunga qadar rahbarlikdan chetlashtiriladi.
4.8.2. Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda texnika xavfsizligi qoidalari
O`rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida ishlovchilarning mehnat xavfsizligi ta`minlanishi zarur.

O`rnatish maydonchalari, ish uchastkalari, ish o`rinlari, yuk tashish mashinalari va transport vositalari o`tish joylari hamda odamlar o`tish joylarini tashkil qilishda inson uchun xavfli bo`lgan zonalar aniqlanadi. Xavfli zonalar belgilangan shakldagi xavfsizlik belgilari va yozuvlari bilan ta`minlanadi.

Ishlab chiqarish faktorlariga bog’liq bo`lgan, doimiy mavjud bo`ladigan xavfli zonalarga quyidagilar kiradi:

- elektrqurilmalarining tok yurituvchi himoyalangan qismlari atrofi;

- 1,3 m va undan ko`p balandliklar farqiga ega bo`lgan, o`ralmagan yo`laklar va maydonchalar;

- mashina va jihozlarni yoki ularning qismlari va ishchi organlarini harakatlantirish joylari;

- tarkibida belgilangan normadan ko`p miqdorda zaharli moddalar kontsentratsiyasi mavjud bo`lgan yoki ruxsat etilgan normadan yuqori shovqinli joylar;

- yuk ko`taruvchi kranlar yordamida yuklarni harakatlantirish joylari.

Doimiy ishlab chiqarish faktorlari xavfli zonalariga begonalar kirib kelishini oldini olish maqsadida bu zonalar himoya to`siqlari bilan o`ralgan holda bo`lishi kerak. Ushbu zonalarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.

Takelaj ishlarini amalga oshirish vaqtida quyidagi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladi:

- ko`tarilayotgan yuk massasi yukni ushlovchi moslamalar va tara og’irligi bilan birgalikda yuk ko`taruvchi kranning texnik pasportida ko`rsatilgan maksimal yuk ko`tarish qiymatidan oshmasligi kerak;

- yuk massasi maksimal yuk ko`tarish qiymatiga yaqin bo`lsa yukni bir joydan boshqa joyga ikki martada siljitish tavsiya qilinadi;

- qiyshiq tortilgan kanalni yoki buriladigan ko`targichli (strelka) yuk ko`tarish mashinalarida yukni siljitish taqiqlanadi;

- kranning yuk ko`tarish xarakteristikasi chegarasida yuk ortilgan strela uzunligini o`zgartirish mumkin ;

- yukni odamlar ustidan olib o`tish taqiqlanadi ;

- kran ishiga aloqasi bo`lmagan odamlarning ish zonasida bo`lishga ruxsat berilmaydi;

- yukni ushlab turuvchi moslamalarni 10 minut davomida ular maksimal yuk ko`tarish qobiliyatidan 1,25 marta ko`p bo`lgan yuklama ostida sinovdan o`tkazish kerak bo`ladi;

- ko`tarish kranlarini ishlatish jarayonida davriy ravishda kuzatib, nazorat jurnaliga qayd qilib borish kerak.

Texnologik jihozlar, quvurlar va metallkonstruktsiyalarni montaj va demontaj qilishda quyidagi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladi:

- tashqi devorlar va yoping’ichlardagi montaj moslamalari ishlatilguncha va ishlatilgandan keyin yaxlit metall listlar yoki ko`chiriladiga to`siqlar bilan yopiladi; jihozlar va metallkonstruktsiyalarni loyiha holatida ko`tarish va o`rnatishda binolarning metall hamda temirbeton konstruktsiyalari mustahkamligi hisoblangan tekshiruv talabini qondirishi, loyiha va qurilish montaj tashkilotlari, ishlab turgan tsexlarda esa buyurtmachining ruxsati bo`lishi talab qilinadi;

- 1,3 m balandlikdan oshadigan joyda ish bajarish jarayonida Davlat standartiga muvofiq 5 minut davomida 4000 N statik yuklama ta`siriga har 6 oyda tekshiruvdan o`tkazilgan himoya belbog’i bilan ishchilar ta`minlanishi shart;

- konstruktsiyalar va jihozlarni harakatlanishida qo`llaniladigan ko`tarish yoki tortish vositalariga ortiqcha yuklama berish qat`iyan taqiqlanadi;

- o`rnatilgan jihoz yoki konstruktsiyaning chiqib turgan qismi bilan harakatlanayotgan jihoz yoki konstruktsiya orasidagi masofa gorizontal bo`yicha 1,0 m, vertikal bo`yicha 0,5 metrdan kam bo`lmasligi kerak ;


  • ko`targichlarni qo`llab jihozlarni montaj qilish vaqtida ko`targichning qiyshiq bo`lishi yoki sakrashi oldini oladigan choralar belgilanadi;

  • osilgan texnologik jihoz, metallokonstruktsiya elementlari va quvurlar ostida ishlash qat`iyan taqiqlanadi ;

  • binolarda payvandchilarning ish joylari ochiq yoy bilan payvandlash jarayonida ko`z va betni nur energiyasi, chaqmoq va sachrashidan asrash maqsadida yo`laklar va boshqa ish joylaridan balandligi kamida 1,8 m bo`lgan o`tga chidamli ekranlar yordamida ajratilgan bo`lishi kerak;

  • gorelka, kesgich va reduktorning gaz o`tkazish dastaklari hamda dastaklarning kengayish joylari tortiladigan qisqichlar yordamida qotirilishi zarur;

  • payvandlash uzatmalarini joylashtirish yoki harakatlantirishda ular himoya qatlamining zararlanishi va ularni suv, moy, po`lat to`qimalar hamda issiq quvurlar bilan kontaktlashuvini oldini olish kerak bo`ladi;

  • portlashga xavfli muhit bilan to`ldirilgan qurilmalar va quvurlarda payvandlash ishlarini amalga oshirish qat`iyyan taqiqlanadi ;

  • qurilma va quvurlar ichidagi portlashga xavfli muhitlarni to`liq chiqarib yuborgandan keyin demontaj qilishga ruxta beriladi ;

  • texnologik quvurlarni mustahkamlik va germetiklikka sinash vaqtida bekitgichlarni yaqinida va qarshisida turish, quvur ustida yurish hamda kamchiliklarni bartaraf qilish taqiqlanadi ;

  • payvand shakllarini sinov vaqtida taqillatishga ruxsat berilmaydi;

  • qo`riqlanadigan zonaga sinov vaqtida odamlarni kirishi taqiqlanadi.

Qurilish maydonchalari va ishlab chiqarish joylarining elektr yoritgichlari tebranish chastotasi 50 Gs bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga va umumiy yoritish tarmog’ining yorituvchi priborlari kuchlanishi 220 V dan oshmaydigan doimiy tok manbaiga ulanadi.

Montaj maydonidagi elektr jihozlar va elektr tarmoqlarining tuzilishi hamda ularga xizmat ko`rsatish talablari Davlat standartining «Qurilish. elektrxavfsizligi. Umumiy talablar» bo`limida belgilangan. elektr tarmoqlari va elektrqurilmalarida montaj hamda ta`mirlash ishlari ularda kuchlanish to`liq yo`qotilganda va xavfsizlik choralarini amalga oshirgandan keyin bajarilishi mumkin.


4.8.3. Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda

yong’in xavfsizligi
O’rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda yong’inni oldini olish maqsadida qurilish montaj ishlarida yong’in xavfsizligi qoidalari (ППБ-05.86) ga rioya qilish talab qilinadi.

Qurilayotgan korxonalarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong’in xavfsizlik tadbirlarini o`tkazish va yong’inni o`chirish vositalarini ishchi holatda saqlash uchun qurilish boshlig’i shaxsan javobgar hisoblanadi, alohida qurilish uchastkalarida – bu javobgarlik prorab va masterga yuklanadi.

Ishlab turgan oziq ovqat korxonasini rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash vaqtida yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishning vaqtinchalik instruktsiyasi tuziladi. Bunda montaj, sozlash va ta`mirlash ishlari olib boriladigan uchastka, tsex boshqa ishlab chiqarish tsexlarida yonmaydigan yoki qiyin yonadigan to`siqlar yordamida ajratiladi. Ushbu ob`ektlar uchun yong’in xavfsizligi bo`yicha mas`ul shaxs ishlab chiqarish va qurilish-montaj korxonalari rahbarlarining qo`shma buyrug’i asosida aniqlanadi. Yong’inga qarshi suv ta`minoti, yo`laklar, yo`llar va aloqa vositalari mavjud bo`lmaganda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.

Ob`ektning yong’inga qarshi holati bo`yicha mansabdor shaxslar yong’in xavfsizligi qoyidalarini aniq bilishlari va uni bajarishlari, ushbu qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat o`rnatishlari, o`rnatilgan normalar bo`yicha yong’in o`chirish vositalarining ishchi holda va doimo tayyor bo`lishi, qurilayotgan binolarning yong’inga qarshi holatini tekshirishlari, yong’in sodir bo`lganda yong’inni o`chirish qismiga darhol xabar berishlari va zudlik bilan yong’inni o`chirish choralarini ko`rishlari shart.

Qurilayotgan ob`ektdagi barcha ishchi va xizmatchilar 12 soatlik dastur asosida yong’inga qarshi kursdan va instruktajdan o`tkaziladilar. Instruktaj o`tkazish jarayonida yong’in xavfsizligi qoidalari va yong’inga qarshi rejimlar bilan tanishtiriladi. Bunda asosiy e`tibor yong’in sabablari, yong’inni o`chirish vositalarini qo`llash qoidalari va usullariga qaratiladi.

Payvandlash va olov ishtirokida bajariladigan barcha ishlar yong’in xavfsizligi qoidalariga (ППБ-05.86), СНиП III-4-80 va DSt 12.3.036-84 “Metallarning gaz-alangali qayta ishlash. Xavfsizlik qoidalari”ga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart. Olov ishtirokida bajariladigan ishlarga qurilish tashkiloti rahbari yoki bosh muhandis ruxsat beradi. Payvandlash va olovli ishlarni bajarish uchun yong’inga qarshi texnik minimumni o`tgan va ushbu ishlarni bajarish uchun maxsus malaka guvohnomasi bo`lgan mutaxassislarga ruxsat beriladi.

Payvandlash va olovli ishlarga yong’in xavfsiligi bo`yicha barcha talablarni (yong’in o`chirish vositalari mavjudligi, ish joyini yonuvchi materiallardan tozalanganligi, yonuvchi konstruktsiyalarni metall ekranlar yoki listlar bilan himoyalanganligi, uchqun uchishi va uning yonuvchi konstruktsiyalarga tushishi oldini oluvchi choralar ko`rilganligi va h.k.) bajargandan keyin ruxsat beriladi. Balandlikda ish bajarayotgan payvandchi o`zi bilan elektrod qoldiklarini solish uchun metall quti olishi shart.

Shamol kuchi 6 balldan oshganda balandlikda gaz-elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.

Payvandlash ishlarini yonuvchi va qiyin yonuvchi moddalarni qo`llab amalga oshiriladigan ishlar bilan bir vaqtda bajarish taqiqlanadi.

Yong’in xavfi yuqori bo`lgan joylarda hamda katta hajmdagi payvandalsh ishlarini bajarganda yong’inga qarshi postlar tuziladi. Bu postlarning asosiy vazifasi payvandlash ishlari tugagandan keyin ish joylarini e`tibor bilan tekshirish, quyi qavatlar va maydonchalarda yashirin yong’in o`choqlarini aniqlash, yonuvchi konstruktsiyalarga suv sepish, zarur bo`lganda qo`shimcha postlar tashkil qilishdan iboratdir.

Postlarning kun jadvali, odamlarni yong’in chiqqanda evakuatsiyalash sxemasi tayyorlanib ko`zga ko`rinarli joylarga osib qo`yiladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:

  1. Xavfli zona;

  2. Xavfsizlik belgilari;

  3. Mehnat xavfsizligi.




  1. Yong’in xavfsizligi;

5. Yong’in o`chirish vositalari;

6. Yong’inga qarshi postlar.


ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
* Mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilish - ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, gigienik va tashkiliy tadbirlardan tashkil topgan qonunlar majmuasi bo`lib, mehnat qilish jarayonida insonning sog’ligi, xavfsizligi va ishga layoqatliligini himoya qiladi.

* O`rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida ishlovchilarning mehnat xavfsizligi ta`minlanishi zarur.

* O’rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda yong’inni oldini olish maqsadida qurilish montaj ishlarida yong’in xavfsizligi qoidalari (ППБ-05.86) ga rioya qilish talab qilinadi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR


  1. Mehnatni muhofaza qilish” deganda nima tushuniladiq

  2. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi muhandis-texnik xodimlarni texnika xavfsizlik qoidalarini bilish bo`yicha sinovdan o`tkazish tartibini tushuntiring.

  3. Takelaj ishlarini amalga oshirish vaqtida qaysi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladiq

  4. Texnologik jihozlar, quvurlar va metallkonstruktsiyalarni montaj va demontaj qilishda qaysi asosiy talablar bajarilishi zarurq

  5. Ishlab turgan oziq-ovqat korxonasini rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash vaqtida yong’in xavfsizligi qoidalari qanday bo`ladiq

  6. Payvandlash va olov ishtirokida bajariladigan barcha ishlar yong’in xavfsizligi qoidalarini tushuntiring.

  7. Qurilayotgan ob`ektda yong’in xavfsizligi ta`minlanadiq



O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:


  • Tayanch ibora va tushunchalar.

  • Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.


IV-bob BO’YICHA REZYUME
Katta hajm va vazndagi jihozlarni montaj qilishda uni o’rnatish joyigacha transportlash yo’lini, usulini va mashina-mexanizmlarini, joylashtiriladigan joyning maydonini va balandligini oldindan hisoblab aniqlab olinadi. Bunday jihozlarni asosan o’rnatishning oqim-aralash usuli bilan montaj qilinadi.

Texnologik tizimdagi jihozlarni o’rnatishda mashina va qurilmalar texnologik jarayon yoki operatsiya yo’nalishiga qarab o’rnatiladi, ular asosiy montaj o’qlari va balandlik belgilariga qarab bino qutisiga va hamda o’zaro bog`lanadi.

Maydalagichlarni o’rnatishda gorizontallikdan ruxsat etilgan og`ish qiymati 1 m uzunlikda 0,1-0,3 mm; balandlik belgisidan og`ish ± 5 mm; yuqoridan ko`rinishda o`qlar bo`yicha og`ish ± 5 mm.

Elaklovchi jihozni o`rnatish quyidagi ishlardan iborat: asosiy montaj chiziqlari chiziladi, elektrodvigatel uchun poydevor qurilib, u montajga qabul qilib olinadi. Unni olib keluvchi va olib ketuvchi ikkita quvurlar uchun loyihada ko`rsatilganidek qavat orasidagi plitalarda ochilgan teshik o`lchamlari tekshiriladi. Mashina loyiha bo`yicha polga o`rnatiladi, obtarozi va shoqul bo`yicha gorizontallik va vertikallik holati rostlanadi. To`rtta M16x80 boltlar yordamida qavat orasidagi plitaga mahkamlanadi.

Aralashtiruvchi mashinalar montajga yig’ilgan holda keladi. Oldindan qurilgan fundamentga takelaj mexanizmlari bilan o`tqaziladi va obtarozi yordamida gorizontallik holatini tekshiriladi. Fundamentga mashina M rusumli fundament boltlari bilan mahkamlanadi.

Ventilyatorli yuvuvchi mashina montajga mashina uch qism bo`lib keladi: vanna transportyor bilan, kompressor elektryuritmasi bilan va transportyor yuritmasi. Mashinani ishlatishda quyidagi nuqsonlar uchraydi: dush qurilmasining teshiklari havo fil’trining to`ri tiqilib qoladi, barabannining tayanch podshipniklari va baraban bo`yinchasi yeyiladi, zanjir va yulduzchalar yeyiladi.

Shisha yuvadigan mashina yog`och salazkada o`rnatilgan bo`ladi, bu salazka yordamida traktor yoki elektrlebyodka vositasida mashina omborxonadan montaj joyiga va sex ichida tortib olib kelinadi. Mashinani loyiha holatiga birinchi qavatda joylashtirishda avtokran yordamida joylashtiriladi, bunda avtokran stropasidagi ilgaklar mashina yon devoridagi to`rtta shtutserga ulanadi. Ikkinchi qavatga o`rnatilayotganda mashina loyiha holatiga to`rtta domkrat yordamida ko`tarib qo`yiladi.

Montajga pishirish qozonlari tayyor yig`ilgan holda keladi. Tayanch oyoqlar poydevorga 4 dona M16 fundament boltlari bilan qotiriladi. Gorizontallik holati aralashtirgich valiga obtarozini quyish yo`li bilan tekshiriladi:

Plastinani issiqlik almashinuv qurilmasi polda o`rnatiladi. Bunda obtarozi yordamida, tayanchlardagi vintlarni aylantirib gorizontallik holati rostlanadi, 1 m uzunlikga 0,3 mmgacha og`ishga ruxsat beriladi. Ekspluatatsiya paytida asosan rezina zichlagichlar ishdan chiqadi. Bunga asosiy sabab sektsiyalardagi mahsulot va suvning yuqori temperaturasi yoki tuzli suvning agressivligi hamda mexanik shikastlanishlar bo`lishi mumkin. Qurilma montajga yig`ilgan holda keladi. Tayanch oyoqlari uchun fundament maydoncha tayyorlanadi yoki polga ham o`rnatish mumkin.

Gorizontal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasini tayanch oyoqlari orqali fundament maydonchada yoki polga ham o`rnatish mumkin. Vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi bino qavati orasidagi beton to’sinda yoki po’lat pkokatdan tayyorlangan konskruktsiyada o’rnatiladi. Bu qurilmalarni ishlatishda asosiy nosozlik bu truba panjarasida joylashgan trubalar razvalsovkasida chetmetiklikning buzilishi.

Avtoklavlar vertikal holda montaj qilinadi. Vertikallik holati 3 ta shoqul yordamida tekshiriladi. Avtoklav chuqurlikda joylashtiriladi. AB-2 rusumli avtoklav uchun chuqurlik 2,2 m ; AB-4 uchun 3 m bo`lishi kerak.

Lentali konveyerli quritgichlarini asosan oqim-agregat o’rnatish usulida o’rnatadilar.

Jihozlarni takomillashtirish – bu kengaytirilgan asosda asosiy fondlarni qayta tiklash (ishlab chiqarish), jihozning ishlab chiqarish va boshqa ko`rsatgichlarini shu turkumdagi zamonaviy jihoz darajasigacha yetkazish maqsadida uning konstruktsiyasini o`zgartirish yoki jihozga qo`shimcha mexanizm o`rnatishdir.

Ta`mirlash ishlarini markazlashtirish va maxsuslashtirish deganda barcha ta`mirlash jarayonlarini markazlashtirilgan holda maxsus ta`mirlash korxonalarida o`tkazish tushuniladi. Bunda ikkita yo`nalish ajratiladi: 1) texnologik, sovutish va boshqa jihozlarni kapital ta`mirlashini markazkalashtirish va maxsuslashtirish; 2) joyida ta`mirlash uchun kerak bo`ladigan yangi detallarni tayyorlash va yeyilgan detallarni qayta tiklash jarayonlarini markazlashtirish va maxsuslashtirish.

Ta’mir ishlarining unumdorligini oshirishning asosiy yo`li – bu ta`mir ishlarini mexanizatsiyalashdir,

Mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilish - ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, gigienik va tashkiliy tadbirlardan tashkil topgan qonunlar majmuasi bo`lib, mehnat qilish jarayonida insonning sog’ligi, xavfsizligi va ishga layoqatliligini himoya qiladi.

O`rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida ishlovchilarning mehnat xavfsizligi ta`minlanishi zarur.

O’rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda yong’inni oldini olish maqsadida qurilish montaj ishlarida yong’in xavfsizligi qoidalari (ППБ-05.86) ga rioya qilish talab qilinadi.



IV-bob BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR

AMALIY MASHG’ULOT № 1

Texnologik jihozlar detallari nuqsonini aniqlash va

nuqsonlash qaydnomasini tuzish

(protirkalash (ezish) jihozi misolida)
Mashg’ulotning maqsadi: Texnologik jihozining detallari nuqsonini aniqlash usullarini va nuqsonlash qaydnomasini tuzishni amalda o’rganish.

Kerakli jihoz, asbob va materiallar: Protirkalash mashinasi, temir lineyka, temir plastinkalar, shuplar to`plami, gaykali kalitlar, ajratgich (s`yomnik), shtangentsirkul, shoqul, obtarozi, indikator.

Umumiy tushunchalar: Protirkalash (ezish) jihozining tuzilishi, ishlash prinsipi va texnik xarakteristikasi IV bob 4.3.5 da keltirilgan.

Nuqsonlar qaydnomasi quyidagi shaklda bo`ladi:

“Tasdiqlayman"

___________________________



(bosh muhandis)

____________________________



(sex,bo`linma)

Mashina (agregat) nuqsonlar qaydnomasi

Mashina nomi ________________________________________________

Pasport raqami ___________ Inventar raqami___________________

Turi, markasi ______________________

O`rnatilgan vaqti __________________


T.r.

Ta`mirlanishi yoki almashtirilishi kerak bo`lgan detal va qismlar


Chizma raqami

Detallar soni

Detal yoki qismlar nuqsonining batafsil yozuvi

Bajariladigan ishlar ro`yxati

Ýhtiyot qismlarga talab

Materiallarga talab

Material turi

soni




























Ta`mirlash "____" _________20__ yildagi yillik rejag`ta`mirlash grafigi bo`yicha olib borish belgilangan.

Ta`mirlash "____" ________ dan "____" ___________20__ yil gacha olib borildi.

Qaydnomani tuzdi

"____" _________ 20__ yil _______________

imzo

Mashg’ulotni bajarish tartibi
1. Protirkalash mashinasini tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganing.

2. Mashinaning detallarining nuqsonini nuqsonlash usullari bilan aniqlang.

3. Nuqsonlash qaydnomasi to’ldiring.

4. Qilingan ishlar bo`yicha yozma hisobot tayyorlang.


Nazorat savollari
1. Mashinalarni ta’mirlashda detallarini nuqsonlash usullarini aytib bering.

2. Nuqsonlash qaydnomasi nima uchun tuziladi?

3. Detallar nuqsoni aniqlangandan keyin detallar nechta guruhga saralanadi?
AMALIY MASHG’ULOT № 2

Texnologik jihozlarni o’rnatish

(protirkalash (ezish) jihozi misolida)
Mashg’ulotning maqsadi: Texnologik jihozlarni montaj qilish tartibini amalda o’rganish.

Kerakli jihoz, asbob va materiallar: Protirkalash mashinasi, temir lineyka, temir plastinkalar, shuplar to`plami, gaykali kalitlar, ajratgich (s`yomnik), shtangentsirkul, shoqul, obtarozi, indikator.

Umumiy tushunchalar: Protirkalash (ezish) jihozining o’rnatish tartibi IV bobning 4.3.5 da keltirilgan.


Mashg’ulotni bajarish tartibi
1. Protirkalash mashina uchun montaj o’qlari va fundament boltlari uchun joy belgilang.

2. Mashina belgilangan o’qlar bshyicha joylashtiring.

3. Elektrodvigatel va shkivlarni o’rnating.

4. Mashinanig gorizontallik va vertikallik holati tekshiring va rostlang.

5. Mashinani mahkamlang va bajarilgan ish bo’yicha yozma hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari
1. Protirkalash mashinalari ishlash printsipi va tuzilishi.

2. Protirkalash mashinasini montaj qilish tartibi.

3. Montaj qilingan protikalash mashinasi qaysi texnik talablarga javob berishi kerak?
AMALIY MASHG’ULOT № 3

Texnologik jihozlarni ta`mirlash va sozlash

(protirkalash (ezish) jihozi misolida)
Mashg’ulotning maqsadi: Texnologik jihozlarni ta`mirlash va sozlashni amalda o`rganish.

Kerakli jihoz, asbob va materiallar: Protirkalash mashinasi, temir lineyka, temir plastinkalar, shuplar to`plami, gaykali kalitlar, ajratgich (s`yomnik), shtangentsirkul, shoqul, obtarozi, indikator.

Umumiy tushunchalar: Protirkalash (ezish) jihozining ta’mirlash tartibi IV bobning 4.3.5 da keltirilgan.

Mashg’ulotni bajarish tartibi

1. Protirkalash mashina IV bobning 4.3.5 da keltirilgan tartibda oching.

2. Mashina detallarini arting va nuqsonlarini aniqlang.

3. Har bir detal uchun ta`mirlash usulini belgilang.

4. Moylash kartasi va sxemasini tuzing.

5. Mashinani yig`ing va qilingan ishlar bo`yicha yozma hisobot tayyorlang.


Nazorat savollari

1. Protirkalash mashinasi qaysi ishchi organlariga ega?

2. Ishlash paytida qanaqa nosozliklar uchraydi va ularni qanday bartaraf qilinadi?

3. Mashina qanday sinovdan o`tkaziladi va bunda asosiy e`tibor nimaga qaratiladi?



IV-bob BO’YICHA TEST SAVOLLARI TO`PLAMI
1. Butilka yuvish mashinasini asosan qaysi usul bilan o’rnatiladi.

A) Ketma-ket;

B) Oqim-aralash;

C) Yirik blokli;

D) Oqim-agregat

2. ВС-5 rusumidagi jo’vali (valetsli) stanokni o’rnatishda tayanch oyoqlari tagiga nima qo’yilishi kerak?

A) Po’lat shveller;

B) Yog’och brus;

C) Hech narsa qo’ymasdan, to’ppadan-to’g’ri plitaga qotiriladi;

D) Po’lat prujina

3. TMM-1M rusumidagi xamir qorish mashinasini ishlab chiqarishga qabul qilishda qaysi texnik talablarga javob berishi kerak?

A) Qorish kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oralik 5-8 mm, ishlayoganda podshipniklar harorati 70°С dan oshmasligi, barcha mexanizmlar silliq, begona shovqinsiz ishlashi kerak;

B) Qorish kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oralik 10-12 mm, ishlayoganda podshipniklar harorati 80°С dan oshmasligi, barcha mexanizmlar silliq, begona shovqinsiz ishlashi kerak;

C) Qorish kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oralik 12-14 mm, ishlayoganda podshipniklar harorati 90°С dan oshmasligi, barcha mexanizmlar silliq, begona shovqinsiz ishlashi kerak;

D) Qorish kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oralik 2-3 mm, ishlayoganda podshipniklar harorati 60°С dan oshmasligi, barcha mexanizmlar silliq, begona shovqinsiz ishlashi kerak;


4. O`rnatish usuliga qarab texnologik jihozlarning guruhlari

A) 1. Tayanchlarga prujinada o`rnatiladigan jihozlar; 2. Tayanchlarga mustahkam qotiriladigan jihozlar; 3. Tayanchlarga "yumshoq" qotiriladigan jihozlar; 4. Montaj krani bilan o’rnatiladigan jihozlar.

B) 1. Tayanchlarga funtdament boltsiz o`rnatiladigan jihozlar; 2 Tayanchlarga mustahkam qotiriladigan jihozlar; 3. Montaj krani bilan o’rnatiladigan jihozlar; 4. Karkasga o`rnatiladigan jihozlar.

C) 1. Tayanchlarga funtdament boltsiz o`rnatiladigan jihozlar; 2. Tayanchlarga mustahkam qotiriladigan jihozlar; 3. Montaj krani bilan o’rnatiladigan jihozlar. D) 1. Tayanchlarga funtdament boltisiz o`rnatiladigan jihozlar; 2. Tayanchlarga mustahkam qotiriladigan jihozlar; 3. Tayanchlarga "yumshoq" qotiriladigan jihozlar; 4. Karkasga o`rnatiladigan jihozlar.



5. Podshipniklardagi suyuq moylarni almashtirish davriyligi qancha?

A) Har 1 oyda 1 marta;

B) Har 1,5 oyda 1 marta

C) Har 2 oyda 1 marta

D) Har 3 oyda 1 marta

6. A2-XПB rusumidagi un elash mashinasi o`rnatilgandan keyin necha soat sinovdan o`tkaziladi?

A) 2;


B) 3;

C) 4;


D) 6.

7. Jihoz bolt va va shaybalari sezilarli yeyilganda nima qilinadi?

A) Ta`mirlanadi;

B) Almashtiriladi;

C) Bolt va gayka almashtiriladi, qolganlari ta`mirlanadi;

D) Vint almashtiriladi, qolganlari ta`mirlanadi;

8. Jihoz detallari oralig’i (zazor) nima bilan o`lchanadi?

A) Shtangentsirkul;

B) Lineyka;

C) Shup;


D) Skoba;

9. Tebranish podshipniklari nima yordamida jihoz validan ajratiladi?

A) Ajratgich (s`yomnik);

B) Domkrat;

C) Tal;


D) Blok.

10. AВ rusumidagi vertikal avtoklavlarni qanaqa bosim ostida sinaydilar?

A) 0,7 MPa

B) 1,0 MPa

C) 0,525 MPa

D) 2,0 MPa

11. Qobiq-trubali issiqlik almashinuv apparatlari trubalari devori qaysi darajagacha yeyilsa yangisiga almashtiriladi?

A) 25 %;


B) 35 % ;

C) 45 % ;

D) 50% .

12. Qobiq-trubali issiqlik almashinuv apparatlarini ishlatishda ko`proq qaysi nosozlik uchraydi?

A) Kojuxning yeyilishi;

B) Truba panjarasida razvaltsovka joyida tirqish paydo bo`lish;

C) Truba yeyilishi;

D) Qobig’da darz ketish;

13. Lentali quritgichlarni o`rnatish qaysi usulda olib boriladi?

A) oqim-aralash;

B) ketma-ket;

C) yirik blokli;

D) oqim-agregat;
14. Issiqlik almashinuv apparatlarining qaysi turlarini bilasiz?

A) Qobiq-trubali;

B) Plastinali;

C) Truba ichida truba;

D) Hamma javoblar to`g’ri.

15. Bug’latish apparatlarining trubalari devori qaysi darajagacha yeyilsa yangisiga almashtiriladi?

A) 25 %;

B) 35 %;

C) 45 %;


D) 50% .

16. Plastinali issiqlik almashinuv apparatlarini ishlatishda ko`proq qaysi nosozlik uchraydi?

A) Plastina yeyilishi;

B) Plastina orasidagi rezina tiqinlar yeyilishi;

C) Qisuvchi shtanga yeyilishi;

D) Kojuxga darz ketish.

17. Pishirish qozonlari o`rnatishga ......... holda keladi.

A) tarqoq;

B) yig’ilgan;

C) alohida bloklar holida;

D) zavod tayyorgarligi juda past.

18. Jihozning tebranish podshipniklarini valga o`rnatishdan oldin ular ………. haroratli moyda isitiladi.

A);

B) ;

C);

D)

19. Qaysi holatda jihozlarni tirqishlarini yopishda asbest zichlagich ishlatiladi?

A) jihoz ichdagi temperaturasi 600C da ishlasa;

B) jihoz ichdagi temperaturasi 600C dan oshiq bo`lsa;

C) jihoz ichdagi temperaturasi 120 0C dan oshiq bo`lsa;

D) jihozlarda asbest zichlagich ishlatilmaydi.

20. AВ-2 rusumidagi vertikal avtoklavlarni o’rnatishda chuqurlik qiymati qancha bo’lishi kerak?

A) 1,1 m;

B) 2,2 m;

C) 3,3 m;



D) 4,4 m.
IV-bob TEST JAVOBLARI

1D, 2B, 3D, 4D, 5A, 6A, 7B, 8C, 9A, 10C, 11D, 12B, 13D, 14D, 15A, 16B, 17B, 18B, 19B, 20B

TAVSIYA QILINADIGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari-T.:“O`zbekiston”, 2009.-56 b.

  2. Гальперин Д.М., Миловидов Г.В. Технология монтажа, наладки и ремонта оборудования пищевых производств – М: Агропромиздат, - 1990 г. – 399 с. – (Учебники и учебн. пособия для студентов ВУЗ)

  3. Гальперин Д.М. Монтаж и наладка технологического оборудования предприятий пищевой промышленности. Справочник – М: Агропромиздат, 1988 г. -320 с.: ил.

  4. Горбатов В.М. и др. Монтаж, наладка, эксплуатация и ремонт оборудования, - М.: Пищевая промышленность, 1985.-576 с.

  5. Shomurodov T., G’afurov K., Bafoyeva G. Qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik jihozlarini ta’mirlash va o’rnatish: Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma.- T.: Sharq, 2007.-192 b.

  6. G’afurov K.X. "Texnologik mashina, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash asoslari" fanidan ma’ruzalar matni (5520700 - "Texnologik mashina va jihozlar" va 5140900 - Kasb ta`limi (Texnologik mashina va jihozlar) bakalavr yo’nalishi bo’yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun)-Buxoro: Texnotasvir, 2008 y.- 200 b.

  7. "Texnologik mashinalar, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash asoslari" fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma” // 5520700 - "Texnologik mashina va jihozlar" va 5140900 - Kasb ta`limi (Texnologik mashina va jihozlar) bakalavr yo’nalishi bo’yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun // -Buxoro: Texnotasvir, 2008 y. - 44 b.

  8. "Texnologik mashinalar, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash asoslari" fanidan amaliy mashg’ulonlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma” // 5520700 - "Texnologik mashina va jihozlar" bakalavr yo’nalishi bo’yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun // - Buxoro: Texnotasvir 2008 y. - 58 b.

  9. Бекмуродова Н. Чилангарлик ишлари (амалий машғулотлар): Касб-ҳунар коллежлари учун қўлланма.-Т.:”Меҳнат”, 2002.-224 б.

  10. Ачкасов К., Вечера В. Ёш слесарь учун справочник. -Т.: «Меҳнат” нашриёти, 1991 й.

  11. Тартаковский М.А., Царев А.Г. Ремонт и монтаж оборудования. -M: Агропромиздат, 1987. - 264 с.

  12. Красов В.В. Ремонт и монтаж предприятий молочной промышленности. – М.: Легкая и пищевая промышленность, 1982. – 240 с.

  13. Борисов Ю.С. Организация ремонта и технического обслуживания оборудования. -М.: Машиностроение, 1978.- 360 с.

  14. Монтаж технологического оборудования/ Под ред. В.З.Маршева. -М.: Стройиздат, 1983. – 584 с.

  15. Иванов К.А. Организация ремонта технологического оборудования мясокомбинатов. Справочник. – М: Агропромиздат, 1991 г. – 224 с.: ил.

  16. Лебедев Е.И. Устройство, монтаж и обслуживание хлебопекарного оборудования. – М.: Легкая и пищевая промышленность, 1984 – 312 с.: ил.

  17. Лазарев И.А. Ремонт и монтаж оборудования предприятий пищевой промышленности.– М.: Легкая и пищевая промышленность, 1981. – 224 с.

  18. Михелев А.А., Сигал М.Н. Справочник по эксплуатации технологического оборудования хлебопекарных предприятий.–М.: Пищевая промышленность, 1976. – 328 с.

  19. Михелев А.А. Справочник по хлебопекарному производству, Т.1.Оборудование и тепловое хозяйство -2-е изд., перераб. и доп.–М.:Пищевая промышленность, 1977. – 366 с.

  20. Ситников Е.Д., Качанов В.А. Оборудование консервных заводов. – М.: Легкая и пищевая промышленность, 1981. – 248 с.

  21. Головань Ю.П., Ильинский Н.А., Ильинская Т.Н. Технологическое оборудование хлебопекарных предприятий – 3-е изд., перераб и доп. – М.: Агропромиздат, 1988 – 382 с.:ил.

  22. Лунин О.Г., Драгилев А.И.,Черноиванник А.Я. Технологическое оборудование предприятий кондитерской промышленнос-ти. – 3-е изд., перераб. и доп. –М.: Легкая и пищевая пром-сть, 1984 -384 с.

  23. Гатилин Н.Ф. Проектирование хлебозаводов. – М.: Пищевая промышленность. – М.: Высшая школа, 1978. – 360 с.

  24. Малогабаритное оборудование хлебопекарных предприятий / Н.В.Тульский, Э.В.Теплицкий, В.П.Руденко, В.В.Маслов/.-М.: Пищевая промышленность, 1976. – 271 с.

  25. Тульский Н.В., Рденко В.П. Машины и агрегаты приготовления теста. – М.: Пищевая промышленность, 1978. – 496 с.

  26. Буров Л.А., Медведев Г.М. Технологическое оборудование макаронных предприятий. - М.: Пищевая промышленность, 1980.– 246 с.

  27. Маршалкин Г.А. Производство кондитерских изделий. Учебник. – М.: Колос, 1994. – 272 с.

  28. Маршалкин Г.А. Технологическое оборудование кондитерских фабрик. Учебник.– М.: Легкая и пищевая промышленность, 1984. – 448 с.


TEXNIK ATAMALARNING IZOHLI LUG’ATI


Download 5,89 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   323




Download 5,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§4.8. JIHOZLARNI O`RNATISH, SOZLASH VA TA`MIRLASHDA

Download 5,89 Mb.