§4.3. ARALASHTIRISH, SHAKL BERISH VA PRESSLASH JIHOZLARNI O`RNATISH, TA`MIRLASH VA SOZLASH
4.3.1. Aralashtitirish jihozlari
Farsh aralashtirgichlar. Konserva mahsulotlari ishlab chiiarishda go`shtli va sabzavotli farsh tashkil etuvchilarini aralashtirish uchun farsh aralashtirgichlar ishlatiladi. Sanoatda Л5–ФM2–M–150 va Л5–ФM2–M–340 rusumli farsh aralashtirgichlar ko`p ishlatiladi, ularning texnik xarakteristikasi 4.3.1-jadvalda keltirilgan.
4.3.1-jadval. Farsh aralashtirgichlar texnik xarakteristikasi
Ko`rsatgichlar
|
Л5–ФM2–M–150
|
Л5–ФM2–M–340
|
Tog’ora hajmi, m3
To`lish koeffitsienti
Yuritma elektrodvigatel quvvati, kVt
vintniki
tog’orani to`nkaruvchiniki
Gabarit o`lchamlari, mm
Massasi, kg
|
0,15
0,75
3
0,27
1630×730×980
466
|
0,34
0,75
5,5
1,1
1980×910×1235
980
|
Farsh aralashtirgich staninadan, tog’oradan, aralashtiruvchi vintlardan, qopqog’dan, aralashtirish vintlarining va tog’orani to`nkaruvchining yuritmalaridan iborat. Stanina profilli po`latdan payvandlab ishlangan, tog’ora va qopqoq zanglamaydigan po`latdan tayyorlangan. Aralashtiruvchi vint yuritmasiga elektrodvigatel, ponasimon tpsmali va tishli uzatma kiradi. Tog’orani to`nkaruvchi yuritmasiga elektrodvigatel, chervyakli reduktor va chervyachli uzatma kiradi. Qopqopni 0,25 m ko`targanda aralashtiruvchi vintlar yuritmasi avtomatik tarzda ishdan to`xtalishi uchun qurilma mavjud.
Farsh aralashtirgich montajga yig’ilgan holda keladi. Oldindan qurilgan fundamentga takelaj mexanizmlari bilan o`tqaziladi va obtarozi yordamida gorizontallik holatini tekshiriladi. Bunda gorizontallikdan ruxsat etilgan og’ish qiymati 1 m uzunlikda 0,1 mm ni tashkil qilishi kerak. Fundamentga mashina M18 fundament boltlari bilan mahkamlanadi. Fundamentda bo`yi bo`yicha suv oqib tushishi uchun kanalcha o`yilgan bo`lishi kerak.
Mashinani sinovdan o`tkazishdan oldin yuritma tasmalari tortilganligi, barcha moylanadigan joylari moylash kartasi bo`yicha moylanganligi, aralashtiruvchi vintlarning ikki yo`nalishda (soat strelkasi bo`yicha va unga qarshi) aylanishi, tog’oraning to`nkarishi, qopqog’ni ochganda avtomatik qurilmaning ishlashi tekshiriladi.
4.3.1– rasm. Farsh aralashtirgich Л5–ФM2–M
1–stanina; 2–aralashtirgich yuritmasi; 3–tog’ora; 4–aralashtirish vintlari; 5–qopqoq; 6–tog’orani to`nkarish yuritmasi; 7–to`nkarishni chegaralovchi; 8–reduktor; 9–elektrodvigatel; 10–elektrqurilma; 11–elektrodvigatel.
Mashinani salt holatda sinovdan 2 soat mobaynida o`tkaziladi, bunda vintlarning aylanishi, podshipniklar holati kuzatiladi. Vintlar erkin aylanishi va ular uchlari va tog’ora devori orasidagi oraliq 3 mm dan oshmasligi kerak. Bu oraliqni vintlar yuritmasidan turib valda o`rnatilgan rostlovchi vintlar yordamida rostlash mumkin. Podshipniklar isish darajasi 50˚C dan oshmasligi lozim.
Mashinani yuklama ostida ishlatish paytida asosiy e`tibor uzatmalarning (tasmali, tishli, chervyakli uzatmalarning) holatiga, moylash rejimiga rioya qilishga, podshipniklarning isib ketmasligiga qaratiladi. Agar sinov paytida farshga moylash moddasi aralashsa, podshipnik tsapfalarida va karterda salnikni zichlagichlarni qattiqroq tortish kerak.
Mashinani yuvishda elektrodvigatellarda suv tushmasligi kerak.
Asosiy yeyiladigan detallari: aralashtirish vintlari, ularni ushlab turadigan valning podshipniklarda tayanib turadigan bo`yinchasi va vintlar mahkamlangan joyi. Ularni ta`mirlash detallarni qayta tiklash usullari bo`yicha olib boriladi.
Farsh aralashtirgichlarda uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo`llari 4.3.2- jadvalda keltirilgan.
4.3.2- jadval. Farsh aralashtirgichlarda uchraydigan nosozliklar va
ularni bartaraf qilish yo`llari
Nosozlik va buzilish
|
Keltirib chiqaruvchi sabab
|
Bartaraf etish yo`li
|
Asosiy elektrodvigatel qattiq isiyapti
Aralashtirgich ishlayotganida toqorada shovqin eshitilyapti
Toqora to`nkarilgandan keyin farsh qoraroq rangda bo`lib, qisman ifloslangan
|
Motor korpusida suv kirib, obmotkasi namlangan
Vint vali podshipniklari nosoz
Podshipnik vkladishlari ishdan chiqqan va vint toqora devoriga tegyapti
Toqora yuzasi eyilgan yoki yuzasida zang paydo bo`lgan. Bunday holda mashina ishi butunlay to`xtatiladi.
|
Motorni ochib, obmotkani quritish
Podshipnik korpusini ochib, nosozlikni bartaraf etish
Podshipnikni ta`mirlash yoki almashtirish kerak, vintning toqora devoriga tegishini bartaraf qilish kerak
Zanglangan joylar tozalanadi, toqoraning eyilgan joylari oziq ovqat sanoatida ishlatiladigan toza rux bilan qoplanadi.
|
Davriy ishlaydigan xamir qorish mashinasi. Davriy ishlaydigan TMM-1M rusumidagi xamir qorish mashinasi 39 % dan kam bo`lmagan namligi bo`lgan xamir va oparani 140 l sig’imli qozonda qorish uchun ishlatiladi. Bu mashina kichik quvvatli non va konditer mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qo`llaniladi. Mashina poydevorga o`rnatilgan plita, stanina, qoruvchi organ, qo`zg’aluvchan qozon- D-140 va yuritmadan iborat. Qorish organining yurgizuvchi mexanizmi chervyakli g’ildirak va sharnirli vilkadan iborat. Chervyakli g’ildirak aylanganda qoruvchi organ uchi konus shaklida, 2,09 rad burchak ostida qayrilgan richag murakkab shaklda aylanadi. Qo`zg’aluvchan qozon pastki qismida chervyakli shesternyasi bor. Bu shesternya chervyak bilan ilashmaga kirib, qozon majburiy aylantiriladi. Chervyak valiga o`rnatilgan krivoship, o`q va tyaga yordamida qozon qalpog’i ko`tarilib tushiriladi. Mashina yuritmasi elektrodvigatel va ponasimon tasmali uzatmadan iborat. Qalpoq tushirilganda friktsion yarimmufta elektrodvigateldan aylanayotgan shkiv diskining ichki sirtiga yopishadi va qorish organiga harakatni etkazadi. Qorish tugagandan keyin qalpoq ko`tariladi va qozon hamda qorish organi harakati to`xtatiladi.
TMM-1M rusumidagi xamir qorish
mashinasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, t/sut.................................................7
Xamir uchun qozon sig’imi, m3 .............................0,140
Kuraglar aylanish chastotasi, ayl/min ...... ............ 24,9
Elektrodvigatel quvvati, kVt ...................... ..............2,2
Gabarit o`lchamlar, mm .................................1325 × 795 × 1110
Massa, kg ...................................................................293
Xamir qorish mashinasini montajga yig’ilgan holda mexanik uslubda olib kelinadi va oldindan tayyorlab qo`yilgan tayanchga o`rnatiladi. Gorizontallik va vertikallik holati obtarozi va shoqul bilan tekshiriladi. Gorizontallikdan uzunlikka og’ish 0,05 mm , balandlik belgisi bo`yicha ± 5 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mmdan ko`p bo`lmasligi kerak. Gorizontallik holati fundament plita tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi. Mashina holati yuqoridagi talablarga javob bergandan keyin tayanchga to`rt dona M20 anker boltlari bilan mahkamlanadi. Ishlatishdan oldin himoya moylash qatlami olinadi, ponasimon tasmalar tarangligi tekshiriladi, qorish organi aylanish mexanizmi korobkasiga mashina moyi quyiladi, boshqa ishqalanish yuzalari moylanadi, tasmali uzatma uchun himoya to`sig’i qo`yiladi. Qozonni fundament plitasiga ehtiyotlik bilan zarbasiz etaklab qo`yiladi. Qozonning plitaga to`g’ri o`tirishi va chervyakning qozon chervyakli shesternyasiga ilashishi tekshiriladi. Qorish organi kuragi va qozonning ichki yuzasi orasidagi oraliq 2-3 mm ni tashkil qilishi kerak. Qorish organini qo`l bilan aylantirish uchun elektrodvigatel vali ikkinchi uchida maxovik o`rnatilgan.
4.3.2- rasm. TMM-1M rusumidagi xamir qorish mashinasi
1- to`siq-qalpoq; 2- richag; 3- sharnir vilkasi; 4- krivoship; 5- yulduzcha stupitsasi; 6- maxovik; 7- stanina; 8- elektrodvigatel; 9- zanjirli uzatma; 10- yulduzcha; 11- bosh reduktor; 12- biriktiruvchi valik; 13- qoruvchi organ; 14- maydoncha-asos; 15- chervyakli reduktor; 16- disk; 17- yo`naltiruvchi kurak; 18- uch g’ildirakli karetka; 19- sig’im; 20- shlitsali vtulka; 21- flanets; 22- kvadrat xvostovik; 23- karetka stupitsasi.
Mashina salt holatda 2 soat mobaynida ishlatadiladi. Sinov paytida mashina hamma mexanizmlari silliq, zarbsiz va isimasdan ishlashi kerak. Podshipniklarning isib ketish harorati 600C dan oshmasligi kerak.
Xamir qorish mashinasini ta`mirlashda yuritma uzatmalari, qoruvchi organ richagi va podshipniki, krivoship, fundament plitadagi chervyakli shesternya holati ko`riladi. Xamir qorish mashinasida uchraydigan nosozliklar va ularni yo`qotish yo`llari 4.3.3.- jadvalda ko`rsatilgan.
4.3.3- jadval. TMM-1M xamir qorish mashinasida uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo`llari
Nosozlik va buzilish
|
Keltirib chiqaruvchi sabab
|
Bartaraf etish yo`li
|
Mashina ishlayotganida qozon to`xtab-to`xtab, zarba bilan aylanadi.
Mashina ishlayotganida qozon ichida zarba bo`ladi
Mashina ishlayotganida qoruvchi organ va qozon begona tovush bilan harakatlanyapti
|
Chervyakli shesternya tishlar eyilgan
Qorish organi qozon tagligiga tegyapti
Qozon devori deformatsiyaga (ovallik) uchragan
Qoruvchi organ yuritmasidagi chervyakli reduktor karterida moyning va qozondagi chervyak va chervyakli g’altak tishlarida moylash materialining yo`qligi yoki kamligi
Qorish organining podshipnigi yoki qozon tsapfasidagi podshipnik ishdan chiqqan
|
Ishdan chiqqan chervyakli shesternyani yangisiga almashtirish
Mashinani to`xtatib, o`rnatuvchi vint va richeg sharniridagi gaykani susaytirib, qoruvchi organ valini 3-5 mm ko`tarib, gayka va vintni mahkamlash kerak
Qozon ovalligini to`g’rilash kerak
Chervyakli reduktor karteriga ko`rsatgichigacha moy quyish, chervyak va g’altak tishlariga solidol surtish kerak.
Podshipniklarni yangisiga almashtiriladi.
|
Uzluksiz ishlaydigan xamir qorish mashinasi. I8-XTA-6 rusumli xamir qorish mashinasi xamir va xom xamirni (oparani) uzluksiz qorib berish uchun mo`ljallangan.
Bu mashina stanina, qorish sig’imlari, aralashtiruvchili ta`minlovchi, barabanli un o`lchab beruvchidan iborat. Qoruvchi sig’im ustidan ikkita organik shishadan yasalgan qopqop bilan yopilgan. Qoruvchi sig’im shakli tog’oraga o`xshagan bo`lib, zanglamaydigan po`latdan yasalgan. Sig’im ichida sig’imdan chiqib turgan tebranish podshipniklariga tayanib turgan 2 ta parallel vallar joylashgan. Bu vallarga echib olinadigan qorish kuraklari o`rnatilgan. Bu vallar elektrodvigatel, tsilindrik reduktor va tsilindrik tishli uzatmadan tarkib topgan yuritma orqali harakatlantiriladi.
I8-XTA-6 rusumidagi xamir qorish mashinasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, t/sut...............................................30 gacha
Qorish tog’orasi sig’imi, m3 .........................................0,42
Kuraklar aylanish chastotasi, ayl/min ...............///....... 48
Elektrodvigatel quvvati, kVt .............................//////......4,0
Gabarit o`lchamlar, mm ......................................1900 × 560 × 2234
Massa, kg .......................................................................800
Mashina montajga yig’ilgan holda keladi. Mashina o`rnatiladigan joyda asosiy montaj o`qlari belgilariga qarab fundament quriladi. Mexanik ravishda 4.3.4 - rasmda ko`rsatilgan spropovkalash sxemasiga asosan ko`tarish krani yoki boshqa takelaj mexanizmi yordamida poydevorga mashina qo`yiladi. Mashinaning gorizontallik holati mashina asosining tekis yuzasiga obtarozini 2 marta bir-biriga perpendikulyar ravishda qo`yib tekshiriladi. Vertikallik holati shoqul yordamida tekshiriladi. Gorizontallikdan og’ish 1 m uzunlikga 0,05 mm, balandlik belgisi bo`yicha ± 5 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mmdan ko`p bo`lmasligi kerak. Gorizontallik holati mashina asosi tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi. Mashina poydevorga 12 dona M16 va M12 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi.
4.3.3-rasm. I8-XTA-6 rusumidagi xamir qorish mashinasi
1- un ta`minlovchi; 2- un dozatori; 3- olinadigan qopqop; 4,5 - joyida turuvchi qopqoplar; 6- qoruvchi sig’im; 7- stanina; 8- un balandligi haqida signal beruvchi moslama; 9- teshik; 10- to`siqlar; 11- boshqarish pul’ti.
Mashina montaji tugagandan keyin un olib keladigan quvur, xamir olib chiqiladigan qurilma va avtomatik o`lchab beradigan stantsiya o`rnatiladi. Oxirgisini poldan 250 mm yuqorida o`rnatiladi.
Mashinani ishlatishdan oldin qorish vallari va tog’ora devorlari orasidagi oraliq tekshiriladi: qorish vallari va tog’ora tagligi orasidagi oraliq 2,5 mm dan; tog’ora devorlari orasidagi oraliq 5 mm dan; kurak va tog’ora yon tomoni orasidagi oraliq 2 mm dan ko`p bo`lmasligi kerak. Sharnirli birikma holati ko`riladi: u bir me`yorda qayrilishi kerak. elektrodvigatel va reduktor vallari o`qdoshligi, tishli uzatma ilashmasi, qopqoqning korpusga zich yopishishi (qorpus va qopqoq orasidagi yopish nuqtalarining barchasida tirqish 1,5 mm dan ko`p bo`lmasligi kerak), blokirovka mexanizmi tekshiriladi. Tog’ora begona predmetlardan tozalanadi. Reduktor moy bilan va maslyonkalar quyuq moylash materiali bilan to`ldiriladi.
4.3.4- rasm. I8-XTA-6 mashinasini spropovkalash sxemasi
Mashina birinchi salt holatda 2-3 soat mobaynida sinovdan o`tkaziladi. Ishlashi normal holatda bo`lsa, poshipniklar isib ketmasa, begona shovqin bo`lmasa, mashina yuklama ostida 4 soat mobaynida tekshiriladi. Bunda unni o`lchab beruvchi stantsiya ishi tekshiriladi. Un miqdori va qorilayotgan xamir konsistentsiyasi qabul qilingan retseptura bo`yicha bo`lishi kerak. Ishlash paytida shovqin, zarba paydo bo`lsa mashina to`xtatiladi, sababi aniqlanib bartaraf qilinadi.
Xamir qorish mashinasida uchraydigan nosozliklar va ularni yo`qotish yo`llari 4.3.4- jadvalda ko`rsatilgan.
4.3.4-jadval. I8-XTA-6 xamir qorish mashinasida uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo`llari
Nosozlik va buzilish
|
Keltirib chiqaruvchi sabab
|
Bartaraf etish yo`li
|
Mashinani ishga tushirganda qoruvchi vallar aylanmaydi
Ishlayotgan mashina qorish tog’orasida zarba va tirnalish tovushi eshitiladi
Mashina yuritmasi baland ovozda ishlaydi
Qorish valining podshipniklari haddan tashqari isiydi
Mashina yuritmasi katta yuklama bilan ishlaydi va ko`p marta o`z-o`zidan o`chadi
Uchqun sachrashi ko`rinadi, izolyatsiya yonish hidi seziladi
Xamir qoruvchi mashina ishlasada xamir qorilmaydi
|
Elektr toki olib keluvchi apparaturada kuchlanish yo`q
Tog’oraga qattiq begona predmet tushgan
Qoruvchi kuraklardan biri tog’ora devoriga tegadi.
O`rnatuvchi shtift joyidan chiqqan yoki singan va skrebok tog’oraning yon devoriga uriladi.
Qoruvchi val qiyshayib, kuraklar tog’ora devoriga tegadi.
Xamir qoruvchi val va reduktor shesternyasi o`qdoshligi yo`q.
Yuritma shesternyalari
kam moy bilan ishlaydi.
Shesternya tishlari yeyilgan.
Podshipnik korpusida xasta paydo bo`lgan.
Podshipnik korpusining boltlari haddan tashqari qattiq tortilgan.
Moylash materialining yo`qligi
Qorilayotgan xamir namligi juda past, xamir qattiq
Elektrsim uzilgan, izlayatsiyasi shikast etgan.
Qoruvchi vallar bir-biriga nisbatan noto`g’ri aylanyapti
|
Magnitli puskatellarda va klemmalarda kuchlanish borligi tekshirilib, nosozlik bartaraf etiladi
Mashina to`xtatib tog’oradan begona predmetni olib tashlash kerak
Qoruvchi valga kurak xvostovikini qo`yib, mahkamlovchi gaykalarni qattiq tortish kerak
Singan shtiftni olib,skrebokni joyiga o`rnatib, valga mahkamlash lozim
Qoruvchi val olinib, rixtovka qilinib joyiga yana montaj qilinadi.
Reduktor holati tekshirilib o`qlar qiyshiqligi yo`qotiladi
SHesternya tishlariga moy surtiladi.
Shesternyalar ta`mirlanadi yoki yangisiga almashtiriladi.
Xasta yo`qotiladi
Boltlar bir oz bo`shatiladi
Qalpoqli maslenka bilan podshipnik korpusiga moy beriladi
Mashina dozatorini rostlab, 10-15 s ichida berilayotgan unni tarozida o`lchash lozim
Tezda elektrodvigatelni o`chirib, elektrsimni almashtirib, izolyatsiyani qayta qo`yiladi
Elektrodvigatel klemmasi almashtirib ulanadi
|
4.3.2. Shakl berish jihozlari
Xamirga shakl berish mashinasi. XTЗ-1 rusumli xamirga shakl berish mashinasi bug’doy unli xamirga shakl berish uchun qo`llaniladi. Mashina yuritmasi elektrodvigatel va ponasimon tasmali uzatma orqali bajariladi. Tasmali uzatmaning etaklanuvchi shkivi xamirni yozadigan golovkaning pastki valiki valiga o`rnatiladi. Bu valning ikkinchi uchida shesternya o`rnatilgan. Bu shesternya tishli uzatmalar orqali harakatni ustki qo`zg’almas valikka va ko`taruvchi transportyorning etaklovchi barabaniga etkazadi. Etkazib beruvchi transportyor esa zanjirli uzatma orqali harakatlantiriladi.
XTЗ-1 xamirga shakl berish mashinasi
texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, dona/min ...............................100 gacha
YUritma quvvati, kVt .........................................1,1
Gabarit o`lchamlar, mm ........................2770 × 6957 × 1330
Massa, kg ............................................................510
Mashina zavod-tayyorlovchidan qadoqlangan yashiklarda olib kelinadi. Montaj joyiga mexanik uslubda keltiriladi. Mashina montaj o`qlari belgilanadi va polga o`rnatiladi. Gorizontallik holati obtarozini mashinaning xamir yozadigan golovkasi korpusining ustki yuzasiga qo`yib tekshiriladi. Bunda gorizontallik holati aniqligi 1 m uzunlikga 0,1 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi. Mashina polga 4 dona bolt bilan mahkamlanadi. Yoziladigan golovkali mashina staninasi o`rnatilgandan keyin ko`taruvchi transportyor, poddon va ko`targich o`rnatiladi; transportyor qiyalik burchagi 80 (0,1745 rad) dan oshmasligi lozim. Bu ko`targichning rostlanadigan vintini aylantirib rostlanadi. Mashina o`rnatilgandan keyin barcha korriziyaga qarshi qatlamlar tozalanadi. Xamir bilan kontaktda bo`ladigan qiladigan barcha ishchi organlar vetosh bilan artiladi, sovun yoki sodaning issiq eritmasi va sovuq suv bilan yuviladi, quruq qilib artiladi va eritilgan margarin surtiladi.
4.3.5- rasm. XTЗ-1 xamirga shakl berish mashinasi
1-tashuvchi transporter; 2- profil beruvchi qalqon; 3- shakl beruvchi transportyor; 4,6,15- shturvallar; 5- havo keladigan nasadka; 7, 9,10,12,13 - valiklar; 8- etkazuvchi transportyor; 11- stanina; 14- egiluvchan panjara; 16-yo`naltiruvchi.
Mashinani ishlatishdan oldin ponasimon va zanjirli uzatmalar tarangligi va valiklar orasidagi oraliqlar tekshiriladi: yo`naltiruvchi va xamir yoziladigan valiklar oralig’i 0,15 mm ; xamir yoziladigan valiklar oralig’i birinchi juftlik uchun 5-12 mm; ikkinchi juftlik uchun 3-9 mm; ko`taruvchi transporter lentasi va presslovchi plita oralig’i 0,2 kg massali xamir zuvalasi uchun 25-30 mm, 0,44 kg uchun – 35-45 mm, 1,1 kg uchun – 45-55 mm; ko`taruvchi transporter lentasi va shakl beruvchi plita oralig’i 0,2 kg massali xamir zuvalasi uchun 20-25 mm, 0,44 kg uchun – 30-40 mm, 1,1 kg uchun – 40-50 mm bo`lishi kerak. Hamma ishqalanadigan detallar L markali yog’li solidol bilan moylanadi. elektrodvigatel shkivini qo`l bilan aylantirib, ishchi organlarning bir-necha marta aylanashi ta`minlanadi. Hamma mexanizmlar normal ishlashiga ishonch hosil qilgandan keyin mashina salt holatda ishga tushiriladi va 2 soat sinovdan o`tkaziladi.
Mashinani har bir smena oxirida elektrodvigatelning o`chirilgan holatida tozalash kerak. Barabanning ishchi sirtini shetka va kurakcha bilan barabanni aylantirib tozalanadi. Ishqalanayotgan yuzalar moyidan xabardor bo`lib turish lozim. Har oyda bir marta podshipniklar moylash holati tekshirilib boriladi.
Xamirga shakl berish mashinasini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy nosozliklar va ularni yo`qotish usullari quyidagi 4.3.5- jadvalda keltirilgan.
4.3.5- jadval. Xamirga shakl berish mashinasini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy nosozliklar va ularni yo`qotish usullari
Nosozlik va buzilish
|
Keltirib chiqaruvchi sabab
|
Bartaraf etish yo`li
|
Xamir bo`laklari mashina ishchi organlariga yopishib qoladi
Xamirga ishlov berishda ikkiga bo`linadi
Xamirga shakl beruvchi qism yo`naltiruvchiga yopishib qolyapti
Xamir bo`laklari noto`g’ri shakl bilan chiqadi
Transporter lentasining barabandan bir tomonga qochishi
|
Mashina ishchi organlari yaxshi yuvilmagan.
Ishchi organlar yaxshi quritilmagan.
Xamir bo`laklarini ishlov berishga bir me`yorda berilmasligi oqibatida
xamir bo`laklarining ishchi organlar sirtiga yopishib qolishi
Pichoqlar va shakl beruvchi valiklar orasidagi oraliq oshgan
Presslovchi yoki shakl beruvchi plitaning qiyshayishi
Tortuvchi baraban qiyshayishi
Lenta noto`g’ri tikilgan
|
Ishchi organlarni mukammal tozalash
Berilayotgan havoni miqdorini ko`paytirish yoki yo`nalishini rostlash kerak
Xamir bo`laklarini berishni rostlash
Shakl beruvchi baraban ustiga un sepish miqdorini ko`paytirish
Pichoqlar va shakl beruvchi valiklar orasidagi oraliqni rostlab, ular orasini 0,15 mm qilish kerak
Ko`tarish mexanizmlari yordamida plita holatini rostlash
Tortuvchi baraban holatini rostlash
Lentani ochib, to`g’ri tikish
|
ШР-1 M rusumidagi shakl beruvchi mashina . Shakarli pechen’elarga shakl berish uchun rotorli shakl beruvchi mashina ШР-1 M ishlatiladi. Mashinaning asosiy ishchi organlari bo`lib yuklovchi voronka, yuzasi ariqchali valik, shakl beruvchi rotor, tozalovchi pichoq va lentali tranporter xizmat qiladi. Lentali tranporter yuritma va tortuvchi baraban hamda yo`naltiruvchi roliklardan iborat.
Mashina elektrodvigatel, ponasimon tasmali uzatma va tezliklar variatori orqali harakatlantiriladi. Tezliklar variatori orqali ishchi organlar harakat tezligi rostlanadi. Tranporter harakat tezligini esa yuritma barbani yuzasidagi qo`zg’aluvchan segmentlarni ochish orqali kattalashtirib o`zgartirish mumkin. Pichoq holati ikki tomonlama chervyak-vintli mexanizm hisobidan rostlanadi. Qabul qiluvchi voronka yuqorisiga himoya panjara o`rnatilgan. ehtiyot panjara yuqoriga ko`tarilganda elektrodvigatelni o`chirish moslamasiga tegib ketadi va o`chirgich elektrodvigatel ishini avtomatik ravishda to`xtatadi.
Shakl beruvchi ШР-1 M mashinasining
texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, kg/soat.... .......................................1000
Shakl beruvchi rotor o`lchamlari, mm:
uzunligi..........................................................................800
diametri.........................................................................200
aylanish chatotasi ayl/min...........................................10-18
Yuritma quvvati, kVt ...................................................6,6
Gabarit o`lchamlar, mm ...................................2000 ×1665 × 1242
Massa, kg .....................................................................2000
4.3.6– rasm. ШР-1 M shakl beruvchi mashina umumiy ko`rinishi.
1- tezlik variatori; 2- lotok; 3,5- chervyak-vintli mexanizm; 4- qo`zg’almas pichoq; 6- valik; 7- ta`minlovchi voronka; 8- eletrodvigatelni o`chirish moslamasi; 9- shakl beruvchi rotor; 10- yuritma barabani; 11- baraban; 12- yo`naltiruvchi roliklar; 13- transporter; 14- elektrodvigatel; 15- yo`naltiruvchi pichoq.
Mashinani o`rnatishdan oldin asosiy montaj o`qlariga qarab poydevor quriladi. Mexanik yo`l bilan mashina montajga olib kelinib poydevor ustiga qo`yiladi. Gorizontallik holati tekshiriladi. Bunda gorizontallik holati aniqligi 1 m uzunlikga 0,1 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi. Mashina fundamentga 4 dona M20 poydevor boltlari bilan qotiriladi. Mashinani salt holatda sinovdan o`tkazishda transportyor lentasining barabandan chap yoki o`ngga chiqib ketishi yoki barabanga nisbatan sirpanib, harakatlanmay qolishini tortuvchi va rostlovchi mexanizm orqali bartaraf etiladi. Mashina sinov paytida begona shovqinsiz bir me`yorda ishlashi kerak. Salt holat sinovi ikki soat davom etadi.
HOM-2 rusumidagi karamelni sovutish mashinasi. Bu mashina karamel massasini uzluksiz ravishda sovutish va unga retsepturada ko`zda tutilgan qo`shimchalarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda qo`shish uchun mo`ljallangan bo`lib karamel ishlab chiqaruvchi mexanizatsiyalashtirilgan uzluksiz yizimlarda qo`llaniladi va zmeevikli vakuum- apparatdan keyin o`rnatiladi.
Karamelni sovutish mashinasi (4.3.7 - rasm) qabul qilish voronkasi 3, aylanadigan sovutish barabanlari 5 va 6, qiya sovutish plitasi 7, kristalik kislota, essentsiya va oziqaviy bo`yoqlarni dozalash uchun dozatorlar 8 va 9, o`raladigan tarnovchalar 10, cho`zuvchi tishchali g’ildirakchalar 11 dan iborat. Barabanlar 5, 6 va qiya plita 7 ning ichi bo`sh bo`lib, ular uzluksiz ravishda 12-180C temperaturga ega bo`lgan vodoprovod suvi bilan sovutiladi. Mashinaning ishchi organlari elektrodvigatel 1, reduktor 2, tishli va zanjirli uzatmalar sistemasi yordamida harakatlantiriladi.
Namligi 1,5-3 % gacha, qaynatilgan karamel massasi vakuum-apparatdan qabul qilish voronkasi 3 ga quyiladi, aylanadigan sovutish barabanlari 5 va 6 orasidan o`tadi va qalinligi 4-5 mm va eni 400-500 mm bo`lgan tasma ko`rinishida qiya sovutish plitasi 7 bo`ylab uzluksiz harakatlanadi. Pastki sovutish barabani yuzasi bo`ylab o`tish paytida karamel massasi tasmasida yopishish oldini oladigan va 12- 300 burchak ostida o`rnatilgan qiya sovutish plitasi bo`ylab yaxshi o`tishni ta`minlaydigan qobiq hosil bo`ladi. Bunday burchakdagi qiyalikda massa plita bo`ylab bir tekis tezlik bilan sirpanadi. Barabanlar 5 va 6 orasidagi tirqish maxovik 4 bilan rostlanadi. Plita 7 ustida, o`rovchi tarnovchalar oldida dozatorlar 8 va 9 o`rnatilgan. Ulardan karamel massasining tasmasi yuzasiga ma`lum nisbatda uzluksiz ravishda kristalli limon kislotasi, bo`yoq, essentsiya beriladi. Sovutish plitasining pastki qismida karamel massasi tarnovchalar 10 orasidan o`tishi paytida tasma chetlariga o`raladi. Bunda tasmaning sovugan qobig’i ustiga, qo`shimchalar esa uning ichida qoladi. Keyin massa cho`zuvchi tishchalar 11 orasidan o`tkaziladi. U tasmaning plita bo`ylab bir tezlikda harakatlanishini ta`minlaydi va qisman bosadi.
Mashinaning unumdorligini qabul qilish voronkasida o`rnatilgan to`siq yordamida, karamel massasi tasmasining qalinligini o`zgartirish yo`li bilan rostlash mumkin.
Karamel massa tasmasi sovutish mashinasidan taxminan 20 s vaqt ichida o`tadi. Bu vaqtda 125-1300C dan 90-950C gacha sovutiladi. Massaning oxirgi temperaturasini sovutiladigan suvning miqdori va tasmaning qalinligini o`zgartirish yo`li bilan rostlash mumkin.
4.3.6- rasm. Karamelni sovutish mashinasi NOM-2 umumiy ko`rinishi.
HOM-2 tipidagi karamelni sovutish
mashinasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, kg/soat.... ...............................................700 gacha
Sovutish sirti yuzasi, m2…................................................... 0,6
Sovulatiladigan karamel joylashgan
lenta harakat tezligi, m/min.................................................5
YUritma quvvati, kVt .......................................................1,0
Gabarit o`lchamlar, mm .........................................2000 × 960 × 1760
Massa, kg .............................................................................775
Sovutish mashinasi montajga yig’ilgan holda keladi. Mashina poydevrga o`rnatilib, gorizontallik holati obtarozini yuklovchi voronkaning tekis joyiga ikki marta o`zaro perpendikulyar ravishda o`lchash orqali aniqlanadi. Gorizontallik holati aniqligi 1 m uzunlikg a 0,3 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina oyoqlari tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi va poydevorga to`rt dona M16 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi. Mashinaga sovuq va ishlatilgan suv quvurlari biriktiriladi. Barcha podshipniklar va mexanizmlar konsistentli moy bilan surtiladi. Ishlatishdan oldin yuritmadagi zanjirlar echilgan holda barabanlar qo`l bilan aylantiriladi: ular ravon va turtkisiz aylanishi kerak. Yulduzchalarga zanjir o`tkaziladi va mashina bir soat mobaynida salt holatda sinovdan o`tkaziladi.
4.3.3. Presslash jihozlari
ЛПЛ-2 M rusumidagi press. Shnekli makaron presslari xamir qorish va xom makaron mahsulotlariga shakl berish uchun qo`llaniladi. ЛПЛ-2 M rusumidigi shnekli press quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: uzatma reduktori 1; me`yorlovchi qurilma 2; xamir qorish mexanizmi 3; presslovchi qism 4; shishiruvchi qurilma 5; quvurlar tizimi va presslovchi qobiq 6; stanina 7 ; kesish mexanizmi; aylana matritsalar to`plami va vakuum tizimi
4.3.7- rasm. ЛПЛ-2 M makaron pressi umumiy ko`rinishi.
Me`yorlovchi qurilma unni me`yorlovchi shnekli me`yorlagichdan, cho`michli suv me`yorlagich va uzatma reduktorlaridan iborat. Reduktor konstruktsiyasi cho`michli suv me`yorlagich barabanining uzluksiz harakatini ta`minlaydi.
Xamir qorish mexanizmi ichiga diametri 60 mm li val joylashtirilgan zanglamaydigan po`latdan yasalgan tog’oradan iborat. Valga quyidagi ketma-ketlikda ishchi organlar mahkamlangan: tog’ora yon devorlariga yopishgan xamirlarni tozalovchi pichoq ; tog’orada xamir sathini talab darajasida bo`lishini, xamirni qayta ishlanishini va tog’ora ichida harakatini ta`minlovchi etti dona parrak ; presslovchi qobiqqa xamir kirishini ta`minlovchi turtgich.
Xamir qorish mexanizmidan presslash qobig’iga kiradigan xamir miqdori zaslonka yordamida boshqariladi.
Xamir qorgich yuqoridan uning valiga o`rnatilgan kulachokli mufta orqali muhofazalangan panjara bilan biriktiriladi. Qopqoqni ochish faqatgina xamir qorgich vali aylanishi to`xtagandan keyingina mumkin bo`ladi.
Presslovchi qobiq ikki tomonida flanetslari mavjud bo`lgan tsilindrik quvurdan iborat. Qobiq bir flanets bilan asosiy uzatmaning reduktoriga, ikkinchi flanets bilan presslovchi kalakga qotiriladi. Qobiq ichiga uch yo`lli zveno bilan tugallanadigan bir yo`lli presslovchi shnek o`rnatilgan. SHnek o`rtasida o`ramli parrakni ajratish joyi mavjud va bu erda xamirning o`tuvchi kanal orqali harakatini ta`minlash maqsadida shayba o`rnatilgan.
Presslovchi qobiqning oxirida suv ko`ylagi mavjud bo`lib, bu ko`ylak orqali vodoprovod suvining tsirkulyatsiyasi amalga oshiriladi.
Presslovchi kallak yaxlit konstruktsiyali gumbazsimon shaklda bo`lib bir dona aylana matritsani o`rnatish uchun mo`ljallangan. Presslovchi kallakning ichki hajmi 9 dm3 ni tashkil qiladi.
Shishiruvchi qurilma elektrodvigatelga o`rnatilgan markazdan qochma ventillyator va aylana teshiklari mavjud soplodan iborat. Soplodagi teshiklar aylanasining diametri 8 mm ni tashkil qilib, havo o`tishi uchun foydali qismi 45-50 % dan iborat. Soploga ventillyator orqali berilayotgan havo teshiklar orqali o`tib ho`l makaron mahsulotlarini shishiradi.
Quvurlar tizimi issiq va sovuq suv berish hamda to`kish maqsadida va presslash qobig’ini vakuum nasos bilan birlashtirish uchun ishlatiladi.
Press staninasi payvandlangan karkasdan iborat bo`lib, unga pressning ishchi jihozlari qotiriladi. Bundan tashqari staninaga to`siqli maydoncha va pressga xizmat ko`satish uchun norvoncha ham mahkamlanadi.
Pressning vakuum tizimi xamir o`tkazish kanalida atmosfera bosimidan past bosimni ushlab turishi uchun xizmat qiladi. Bu esa o`z navbatida xamir massasidagi bug’-havo aralashmasini ajratib olishga sabab bo`ladi hamda xamirning zich strukturasini hosil qiladi.
Makaron pressining barcha asosiy qismlari staninaga o`rnatilgan. Montajdan oldin loyihada ko`rsatilgandek o`lchov-belgilash ishlari olib boriladi. Montajga press mexanik tarzda ko`tarish mashinasi yoki mexanizmi yordamida 4.3.8- rasmda ko`rsatilgan spropovkalash sxemasi asosida olib kelinadi, oyoqlariga mos ravishda poydevor quriladi. Poydevor ustiga quyilib, gorizontallik va vertikallik holati obtarrozi, shoqul yordamida tekshiriladi. Gorizontallik holati aniqligi 1 m uzunlikga 0,08-0,1 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina oyoqlari tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi va fundamentga to`rt dona M20 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi. Mashinani ishlatishdan oldin barcha ishchi mezanizmlar moylash joylarig moy surtiladi va qo`l bilan aylantiriladi. Barcha ishchi organlar engil aylanishi kerak.
Pressni ishlatish natijasida qoruvchi vallar podshipniklari, qoruvchi kuraklar, matritsalar eyilishi, kuraklarni mahkamlovchi boltlar sinishi, dozator va yuritma mexanizmlari ishdan chiqishi mumkin. Eyilgan matritsa, podshipniklar, singan boltlar yangisiga almashtiriladi, qolgan barcha ishchi organ va mexanizmlar yuqorila ko`rib o`tilgan ta`mir usullari bilan ta`mirlanadi.
4.3.8- rasm. Pressni spropovkalash sxemasi
ASOSIY TAYANCH IBORALAR:
-
To’lish kjeffitsienti;
-
Elektruritma quvvati;
-
Davriy va uzluksiz ihlash rejimi;
| -
O’rnatish ketma-ketligi;
-
Gorizontallik va vertikallik holati;
-
Salt holatda va yuklama ostida sinovdan o’tkazish.
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
* Farsh aralashtirgich Л5–ФM2–M montajga yig’ilgan holda keladi. Oldindan qurilgan fundamentga takelaj mexanizmlari bilan o`tqaziladi va obtarozi yordamida gorizontallik holatini tekshiriladi. Fundamentga mashina M18 fundament boltlari bilan mahkamlanadi. Asosiy yeyiladigan detallari: aralashtirish vintlari, ularni ushlab turadigan valning podshipniklarda tayanib turadigan bo`yinchasi va vintlar mahkamlangan joyi. Ularni ta`mirlash detallarni qayta tiklash usullari bo`yicha olib boriladi.
*Xamir qorish mashinasini montajga yig’ilgan holda mexanik uslubda olib kelinadi va oldindan tayyorlab qo`yilgan tayanchga o`rnatiladi. Xamir qorish mashinasini ta`mirlashda yuritma uzatmalari, qoruvchi organ richagi va podshipniki, krivoship, fundament plitadagi chervyakli shesternya holati ko`riladi.
*XTЗ-1 rusumidagi xamirga shakl berish mashinasi mexanik yo`l bilan montajga olib kelinib poydevor ustiga qo`yiladi. Gorizontallik holati tekshiriladi. Mashina fundamentga 4 dona M20 poydevor boltlari bilan qotiriladi. Mashina sinov paytida begona shovqinsiz bir me`yorda ishlashi kerak. Salt holat sinovi ikki soat davom etadi.
* Montajga ЛПЛ-2 M usumidagi press mexanik tarzda ko`tarish mashinasi yoki mexanizmi yordamida olib kelinadi, oyoqlariga mos ravishda poydevor quriladi. Poydevor ustiga quyilib, gorizontallik va vertikallik holati obtarrozi, shoqul yordamida tekshiriladi. Pressni ishlatish natijasida qoruvchi vallar podshipniklari, qoruvchi kuraklar, matritsalar eyilishi, kuraklarni mahkamlovchi boltlar sinishi, dozator va yuritma mexanizmlari ishdan chiqishi mumkin. Eyilgan matritsa, podshipniklar, singan boltlar yangisiga almashtiriladi, qolgan barcha ishchi organ va mexanizmlar yuqorila ko`rib o`tilgan ta`mir usullari bilan ta`mirlanadi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
-
Farsh aralashtirgichlar texnik xarakteristikasi va montaj qilish tartibini tushuntiring.
-
Farsh aralashtirish mashinasini salt holatda va yuklama ostida sinovdan o’tkazush tartibi.
-
TMM-1 M rusumidagi xamir qorish mashinasini montaj qilish qanday amalga oshiriladi?
-
И8-XTA- 6 rusumidagi uzluksiz ishlaydigan xamir qorish mashinasi tuzilishi, ishlash printsipi va montaj qilish ketma-ketligini tushuntirib bering.
-
I8-XTA-6 rusumidagi xamir qorish mashinasida uchraydigan nosozliklar nimalardan iborat va ularni bartaraf qilish yo`llari haqida ma`lumot bering.
-
XTЗ-1 rusumidagi xamirga shakl berish mashinasini montaj qilish, uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish usullari.
-
ШР-1M rusumidagi shakl berish mashinasining texnik xarakteristikasi va montaj qilish tartibi, uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish usullari.
-
ЛПЛ-2 M usumidagi presslash mashinasini montaj qilish tartibi, uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish usullari.
O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:
-
Tayanch ibora va tushunchalar.
-
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.
-
Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.
|