§ 3.3. QUVURLARNI O`RNATISH, SINOVDAN O’TKAZISH VA TA’MIRLASH




Download 5,89 Mb.
bet10/323
Sana24.03.2017
Hajmi5,89 Mb.
#1845
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   323
§ 3.3. QUVURLARNI O`RNATISH, SINOVDAN O’TKAZISH VA TA’MIRLASH
3.3.1. Texnologik va umumiy ahamiyatga ega bo’lgan quvurlarni o’rnatish
Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan quvurlar texnologik va notexnologik turlarga bo`linadi. Texnologik quvurlarga texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun kerak bo`lgan xom-ashyo, yarim va yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasi hududi bo`yicha transportlash uchun ishlatiladigan quvurlar kiradi. Tashilishi kerak bo`lgan mahsulotning xususiyati, bosimi va haroratiga qarab texnologik quvurlar uchun legirlangan po`latdan, misdan, alyuminiydan, polietilendan, viniplastdan va shishadan tayyorlangan trubalar ishlatiladi. Bu trubalar armaturasi ham zanglamaydigan materialdan bo`lishi lozim.

Notexnologik quvurlarga bosimi 1 MPa gacha bo`lgan suv ta`minlovchi, yong`inga qarshi suv ta`minlovchi, xonani isitish va kanalizatsiya uchun ishlatiladigan quvurlar kiradi.

Bundan tashqari, texnologik jarayon uchun kerak bo`lgan issiq suv, suv bug`i, qisilgan havo, ammiak, namakob va boshqalarni tashish uchun quvurlar ishlatiladi. Ular umumiy ahamiyatga ega bo`lgan quvurlar deb ataladi va uglerodli po`latdan tayyorlanadi.

Texnologik quvurlar asosiy magistral va bog`lovchi quvurlarga ajratiladi. Asosiy magistral quvurlar orqali ishlab chiqarish sexlari va uchastkalariga mahsulot tashib beriladi. Asosiy magistral uvurlar diametri 50 mm dan kam bo`lmasligi kerak. Bog`lovchi quvurlar esa asosiy quvurlarni jihoz bilan bog`lashga xizmat qiladi.

Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:

1 - bosqichda quvur o`tadigan trassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 3.3.1 - rasmda ko`rsatilgan.

2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.

Mahsulot tashiladigan quvurlar to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi va tashiladigan mahsulot qovushqoqligiga qarab to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligining 1…5 % gacha qiyalik bilan o`rnatiladi, bunda mahsulot qancha quyuqroq bo`lsa, qiyalik shuncha katta bo`ladi.


Qiyalik i = h / AC (3.3.1)
bu yerda h - tushish balandligi, m; AC - to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi, m (3.3.1- rasm, e).



3.3.1 - rasm. Quvurlarni o`rnatish tayanchlari

a - shiftga osiladigan osma tayanch; b - xona polida o`rnatiladigan balandligi bo`yicha rostlanadigan tayanch; c - konsol; d - kronshteyn; e - quvur trassasini belgilash sxemasi.

Magistral quvur yo`llarini belgilash uchun geodezik asbob, ruletka, gidrostatik obtarozi va shoqul ishlatiladi.

Boshlang`ich nuqta A dan oxirgi nuqta C gacha gorizontal tor tortiladi. Faraz qilamiz qiyalik i=5 % yoki 0,05 ga va AC=12 m ga teng, unda tushish balandligi h=12·0,05= 0,6 m ni aniqlab, torni shu qiymatda pastga tushiriladi va D nuqtasida mahkamlab trassa yo`li belgilanadi. Tayanchlar orasidagi masofani hisoblab, tayanchlar turadigan nuqtalar joyi A, B, B', B'' va h.k. belgilanadi.

Ikki quvur tayanchlari orasidagi masofa L (sm da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:


(3.3.2)
bu yerda [σи ] – truba materiali uchun egilishga ruxsat etilgan kuchlanish, MPa, (zanglamaydigan po`lat uchun [σи ] = 139 – 146 МPа); W - truba qarshilik momenti, sm3; q - 1 m uzunlikdagi trubaning izolyatsiyasi bilan og`irligi, N.

Truba qarshilik momenti quyidagicha aniqlanadi:


W= [ 0,1 (D4d4)] / D, (3.3.3)
bu yerda D va d - trubaning tashqi va ichki diametri, sm.

Tayanch joylari aniqlangach, tayanchlar o`rnatiladi. Tayanch konstruktsiyalar o`rnatish aniqligining loyihada ko`rsatilgan qiymatlardan og`ishi sex ichidagi quvurlar uchun (yuqoridan qaraganda) ± 5 mm, sexlar orasidagi quvurlar uchun ± 10 mm, balandlik belgilari bo`yicha minus 10 mm, qiyalik bo`yicha +0,001 mm dan oshmasligi kerak. Quvur tayanch qismlarini bino devor va kolonnalariga mahkamlash uchun ПЦ-52 porshenli qurilish-montaj pistoleti ishlatiladi.

Qo`zg`almas tayanchlar tayanch konstruktsiyalarga payvandlanadi va xomutlar yordamida trubaga bog`lanadi. Legirlanlangan po`latli truba va uglerodli po`latli tayanch yoki xomut orasida tegib turgan joyini elektrkimyoviy korroziyadan himoyalash uchun yupqa alyuminiy tiqin qo`yiladi.

Kronshteynni devor teshiklariga o`rnatishda uning uchlarini 150 markali beton quyib mahkamlanadi. Bunday tayanchlarda faqat beton quyilganidan 7 kun o`tgandan keyin truba o`rnatilishi mumkin.



Quvur o`rnatishning ikkinchi bosqichida truba kesmalaridan yaxlit quvur yig`ish ishlari boshlanadi. Quvurlarni o`rnatish montaj loyihasi (ishchi chizmalari), detalirovka chizmalari, ish bajarish loyihasi bo`yicha va СНиП (Qurilish ishlari normalari va qoidalari)ning 3.05.05.84 "Texnologik jihozlar va texnologik quvurlar" qismining shartlariga rioya qilgan holda bajariladi.

Truba kesmalari bir-biriga ajraladigan birikma (mufta-rezbali yoki flanetsli birikma) va ajralmaydigan birikma (payvandchoklar) yordamida bog`lanadi.

Muftali birikma quyidagi tartibda yig`iladi: truba uchlariga ishlov beriladi, uning uchi tekis va truba o`qiga perpendikulyar bo`lishi ta`minlanadi. Perpendikulyarlik truba uchiga ugolnik qo`yib tekshiriladi, egovlanib tekislanadi. Truba uchidan 30-40 mm uzunlikdagi qismi ichki va tashqi tomoni tozalanadi va soda eritmasi bilan yuvilib artiladi. Truba uchiga dastlab kontrgayka o`tkaziladi, so`ngra mufta kiydirilib, rezbali birikma asbest shnuri va surikli moy bilan zichlanadi.

Flanetsli birikmalar katta diapazonli shartli bosim (tashiladigan mahsulotning harorati t=00С bo`lganda) va har xil tashiladigan mahsulotlar uchun mo`ljallangan. Bu birikmalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:



  • biriktiriladigan trubalar o`qlari o`qdosh bo`lishi kerak;

  • flanetslar zichlaydigan ishchi sirtlar truba o`qiga nisbatan perpendikulyar va bir- biriga nisbatan parallel bo`lishi kerak;

  • bu sirtlar yaxshi mexanik ishlov berilgan bo`lishi kerak;

  • flanetslarni biriktirilayotganda mahkamlovchi boltlar bir me`yorda "kesishish-kesishish" uslubida, ya`ni boltlar bir-biriga diametral qarama-qarshi juftlikda tortilishi kerak.

Flanetslar zichlaydigan ishchi sirtning truba o`qiga nisbatan perpendikulyarlikdan og`ishi quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

Flanetslar zichlaydigan ishchi

sirtining tashqi diametri, mm….. 25 - 60 60- 160 160- 400 400- 700 700-1000

Perpendikulyarlikdan og`ish, mm.. 0,15 0,25 0,35 0,5 0,6

Flanetsli birikmalarning asosiy turlari 3.3.2- rasmda ko`rsatilgan.



Quvurlarni flanetsli birikmalar yordamida birlashtirishda flanetslar orasiga loyiha hujjatlarida ko`rsatilgan yumshoq zichlash qistirmasi ishlatiladi. Ko`p tarqalgan zichlash qistirmalari: paronitli, asbest va ftoroplastli to`ldiruvchilar. Zichlash qistirmalarini o`rnatishdan oldin flanets yuzasi tozalanadi, paronitning ikki tomoniga esa quruq grafit surtiladi. Paronitli zichlash qistirmalari 00С dan past haroratda saqlangan bo`lsa, ularni ishlatishdan oldin 24 soat mobaynida xona haroratida saqlash kerak bo`ladi. Zichlash qistirmalari ichki diametri flanets ichki diametri Di< 125 mm bo`lganda undan 2-3 mm ortiq, Di >125 mm bo`lganda – 3-4 mm ortiq bo`lishi kerak. Qistirmaning tashqi diametri flanets bo`rtig`ining diametri Db < 125 mm va Db >125 bo`lganda undan mos ravishda 2-3 va 3-4 mm ortiq bo`lishi lozim.



3.3.2- rasm. Flanetsli birikmalar turlari

a - payvandchok yordamida; b - rezba yordamida; c - otbortovka yordamida; 1- truba; 2- bolt; 3- zichlagich; 4- flanets; 5- payvandchok; 6- rezbali birikma; 7- otbortovka.
Trubalarni payvandchok yordamida biriktirishda trubalarning bir-biriga nisbatan o`qdosh joylashishi, truba devorlari mos kelishi kerak. Payvandchok bilan trubalarni birlashtirishda truba devorlarining va chetlarining to`g`ri kelmasligi 3.3.1-jadvalga ko`rsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
3.3.1- jadval. Payvandlash bilan biriktiriladiyotgan elementlar tashqi qismlarining bir-biriga to`g`ri kelmaslikning ruxsat etilgan qiymatlari


Quvur turlari

Birlashtirilayotgan elementlar devorlari qalinligi S, mm

Elementlar tashqi qismlarining birg`biriga to`g`ri kelmasligining ruxsat etilgan qiymatlari, mm

Texnologik quvurlar

3-4,5

5-6

7-8

9-14

15 va dan ortiq

1

1,5

2

2,5

3

Suv bug`i va issiq suv uchun quvurlar

3 gacha

3 dan 6 gacha

6 dan 10 gacha

10 dan 12 gacha

20

0,25 S

0,1 S + 0,3

0,15 S

0,05 S +1

0,1 S, lekin 3 dan ko`p emas

Yonadigan, zaharli va qisilgan gazlar uchun quvurlar

Truba devori qalinligining 10 % miqdoridan ko`p bo`lmagan, lekin 3 mmdan ko`p emas

Agar birlashtiriladigan truba devorlari to`g`ri kelmasligi yuqorida ko`rsatilgan qiymatlardan katta bo`lsa, qalin elementdan ingichgasiga silliq o`tish ta`minlanishi kerak. Bu qalin elementga mexanik ishlov berish yo`li bilan bajariladi, bunda o`tish yuzasi qiyaligi (α) 150 dan oshmasligi kerak. Trubalarni payvandlash uchun oddiy elektr-yoy, gaz-atsitelen, zanglamaydigan po`lat uchun argon-yoy payvandlash ishlatiladi.

Tayyor bo`lgan quvur qismlariga loyihada ko`rsatilgandek maxsus belgi qo`yiladi. Bu belgi bilan ushbu quvur qismi qaysi jihoz yoki texnologik tizim uchun, qaysi sexga taaluqli ekanligi ko`rsatiladi. Belgini truba uchidan 50 mm masofada rangli bo`yoq bilan o`lchami 10 mm dan past bo`lmagan belgilar bilan qo`yiladi.

Bino ichida o`rnatiladigan quvur qismlarining (yig`ma birliklarining) maksimal o`lchami 0,8×1,5×6 m; bino tashqarisida o`rnatiladigan quvur qismlarining maksimal o`lchami 1,5×2,5×10 m bo`lishi kerak. Har bir truba yig`ma birligining chiziqli o`lchamidan og`ishi har bir metr uzunlikda ± 3 mm, lekin yig`ma birlik uzunligi bo`yicha ± 10 mm dan oshmasligi, o`qlar qiyshiqligi yig`ma birlik har bir metri uchun ± 1 mm, lekin quvurning to`g`ri uchastkasi uchun ± 8 mm dan oshmasligi kerak.

Quvur qismlarini o`rnatish ularni mashina va apparatlarga biriktirishdan boshlanadi. Bunda truba qismi mashinaga ulangandan keyin, ikkinchi uchini mashinaga og`irligi tushmasligi uchun vaqtincha biror tayanchga mahkamlanadi.

Quvur qismlarini o`rnatish ularni mashina va apparatlarga biriktirishdan boshlanadi. Bunda truba qismi mashinaga ulangan keyin, ikkinchi uchini mashinaga og`irligi tushmasligi uchun vaqtincha biror tayanchga mahkamlaydilar. Quvurlarni devordan o`tkazish uchun ularni gilza ichiga kiritadilar. Gilzalar ichki diametri devordan yoki to`siqlardan o`tkaziladigan trubaning tashqi diametridan 10-20 mm katta bo`lishi kerak. Gilzalar qurilish konstruktsiyasidan 50-100 mm chiqib turishi lozim. Gilza ichida payvandchok yoki flanets to’g’ri kelmasligi kerak. Gilza chetlari asbest bilan to`ldiriladi. Himoyalangan quvur bo`lsa, gilza ichki diametri himoya qatlamining o`lchamiga qarab olinadi. Agar devordan parallel ravishda bir-nechta truba o`tkazilsa ular tashqi dimetrlari orasidagi masofa 50 mm dan kam bo`lmasligi kerak. Himoyalangan trubalar uchun diametri Du = 25-40 mm bo`lganda oraliq 50 mm, diametri Du = 50-80 mm da - 85 mm, diametri Du = 100-150 mm da 90-95 mm, diametri Du = 200-300 mm da 100- 110 mm va diametri Du = 350-450 mm da 115-125 mm bo`lishi kerak.

Devor bo`ylab o`tqazilayotgan trubalar eshik yoki derazadan 0,5 m ga pastdan yoki yuqorisidan o`tkaziladi. Quvurlarni montaj qilishda barcha takelaj ishlari loyihada ko`rsatilgan mexanizm va qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Quvurni tayanchga qo`yib, 50 % boltlarni mahkamlagandan va 30 % gacha payvandchok uzunligini payvandlagandan keyin truba stropovkadan olinadi.

Payvandchoklar tayanchlardan 50 mm uzoqlikda joylashishi, bug` va issiq suv trubalari uchun bu kattalik 200 mm dan kam bo`lmasligi lozim.

Katta yoki juda kichik temperaturaga ega bo`lgan mahsulotlarni transportlashda quvurlar uzunligida issiqlik natijasida o`zgarish bo`ladi. Mahsulot temperaturasi 800С dan ortiq bo`lmaganda bu o`zgarishlar o`tkazgich (otvodlar) yordamida va tayanchlarni to`gri o`rnatish natijasida bartaraf qilinadi. Lekin boshqa holladarda kompensatorlar qo`yiladi. Bunda kompensator trubani harorati natijasida uzayish (kichrayish) ini bartaraf etish uchun sovuq holida loyihada ko`rsatilgan qiymatga tortiladi (qisiladi).

П-simon kompensatorlar maxsus ushlovchi qurilma yordamida o`rnatiladi va bu qurilma truba tayanchga mahkamlangan keyin olinadi (3.3.3-rasm).




3.3.3 - rasm. Trubani kompensator yordamida cho`zish (qisish) uchun

П-simon vintli moslama.

1 -rasporka; 2- truba kesmasi; 3- vtulka; 4- xomut; 5- kompensator yelkasi; 6- vint.




      1. Rangli metal va shishadan yasalgan quvurlarni o’rnatish

Rangli metalldan va qorishmalardan tayyorlangan quvurlar texnologik jihoz va po`lat quvurlar o`rnatilgandan keyin bajariladi. Trubalar po`lat trubalarda ishlatiladigan tayanchlarda o`rnatiladi. Qo`zg’aluvchan tayanchlarda truba va xomut orasida yog’och tiqin qo`yiladi.

Metall bo`lmagan quvurlar barcha qurilish va o`rnatish tugagandan keyin bajariladi. Polietilen va viniplast trubalarni o`rnatishda kronshteyn, osma tayanch va boshqalardan foydalaniladi, skobalar plastmassadan bo`lishi lozim. Metall skoba ishlatganda ularning chetlari o`tkir uchli bo`lmasligi kerak. Skoba va truba orasida rezina tiqin qo`yiladi. Polietilen turbalarni payvandlashda kontakli payvandlash, viniplast trubalar uchun esa prutokli payvandlash ishlatiladi.

Gorizontal o`rnatilayotgan polietilen trubalarda tashqi diametri 32 mm gacha bo`lgan trubalarda tayanchlar har biridan tashqi diametrining 12 martasiga to`g’ri keladigan masofalarda, tashqi diametri 32 mm dan katta bo`lganlari uchun esa – truba tashqi diametrining 8 martasiga to`g’ri keladigan masofalarda; viniplast trubalarda truba diametri 50 mm gacha bo`lganlari uchun – har 2 m da, diametri 50 mm dan katta bo`lgan trubalar uchun 2-2,5 m masofada o`rnatiladi. Vertikal o`rnatiladigan quvurlar uchun polietilen trubalarda tashqi diametrning 24 martasiga to`g’ri keladigan masofada, viniplast trubalar uchun har 2 m masofada tayanch qo`yiladi. Plastmassa va bug’ va issiq suv tashuvchi quvurlar orasida izolyatsiyani hisobga olgan holda 200 mm kam bo`lmagan masofa bo`lishi lozim.

Shisha quvurlar montaji quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: quvur trassasi belgilanadi, trubalardan zagotovka tayyorlash, tayanchlarni o`rnatish, quvur armaturasini o`rnatish, truboprovodni o`rnatish, to`g’rilash (rixtovka) va trubani tayanchga mahkamlash.

Truba trassasini belgilash aniqligini loyihada ko`rsatilgan chizmalar bo`yicha tekshiriladi va kronshteyn, osma tayanch va erdagi tayanchlar o`rnatiladi. Tayanchlar orasidagi masofa truba uzunligiga bog’liq, lekin ular orasidagi masofa minimal 500 mm, maksimal 3000 mm bo`lishi kerak. Diametri 50 mm gacha bo`lgan shisha trubalar 1 ta tayanchga, diametri 50 mm dan katta trubalar 2 ta tayanchga o`rnatiladi. Tayanchlar truba chetidan 250-300 mm masofada, bukilgan joylari chetidan 60-75 mm masofada o`rnatiladi. Tayanch konstruktsiyalarning o`rnatish holati loyihada ko`rsatilgandan og’ish darajasi: yuqoridan ko`rinishda ± 10 mm, belgilar bo`yicha – 10 mm, qiyalik bo`yicha + 0,001.

Shisha quvurlarni o`rnatishda quyidagi ishlar bajariladi:


  • kerak bo`lgan to`g’ri va bukilgan trubalar va detallar sonini aniqlash;

  • trubalar, biriktiruvchi va mahkamlovchi detallar va zichlagichlarni ko`rikdan o`tkazib, nuqsonini aniqlash;

  • trubalarni yuvib tozalash;

  • trubalarni belgilab kesish;

  • truba uchlarni tozalab jilvirlash;

  • flanetslar va rezina zichlovchi xalqalarni tayyorlash;

  • quvurni yig’ish.

Shisha trubalarni diametri 0,8-1,2 mm nixrom simni 220/127/36 V transformator elektr toki yordamida qizdirib kesadilar va kesilgan joy tezda suv bilan sovutiladi. Shisha truba olmos disk bilan maxsus qurilmada kesish mumkin.

Truba chekka sirti kesish va jilvirlashdan keyin truba bo`ylamasiga nisbatan 900 ni tashkil qilishi kerak. To`g’ri burchakdan ruxsat etilgan og’ish (mm da) truba diametrlari uchun: 40 mm da – 0,7; 50 mm da – 1,5; 75-200 mm da – 2.

Rezina detallar 00C dan past harorat saqlangan bo`lsa uni montajdan oldin 24 soat 150C dan past bo`lmagan haroratda saqlanadi.

Shisha trubalarni yig’ish (3.3.4. -rasm) va 3.3.2.- jadvalda ko`rsatilgan o`lchamlar bo`yicha bajarilishi lozim.





3.3.4- rasm. Shisha trubalar flanetsli birikmalariga tortuvchi rezina xalqalar qo`yish sxemasi

a – ikkita tortuvchi xalqali birikma; b- uchta tortuvchi xalqali birikma.

1,2,3 – tortuvchi xalqalar.


Trubalar yig’ish quyidagicha amalga oshiriladi: maxsus omburlar bilan flanetslar tortiladi va gaykali kalit yoki gaykaaylantirgich bilan birikma mahkamlanadi. Boltlar flanets diagonali bo`yicha bir maromda flanetslarni parallel siljishini hisobga olgan holda tortiladi. Tortuvchi xalqalar T-simon zichlagichni 2-3 mm bosib qo`ygan taqdirda birikma yig’ilgan hisoblanadi. Bunda flanetslar orasidagi masofa 4-6 mm bo`lishi lozim.

3.3.2.- jadval. Shisha trubalar flanetsli birikmalariga tortuvchi rezina xalqalar qo`yish optimal o`lchamlari.


Birikma turi

Truba diametri, mm

O`lchamlar, mm

A

V

S

Ikkita xalqali flanetsda

40

50

75



100

150-200


15

15

20



15

45


40

45

50



45

100


-

-

-



-

-


Uchta xalqali flanetsda

40

50

75



100

150-200


-

15

17



15

17


-

40

35



45

40


-

65

60



65

70

Shisha quvurlarni montaj qilishda ø 50 mm li trubalar yuzasi va qurilish konstruktsiyalari yoki jihoz orasidagi masofa 70 mm dan ka bo`lmasligi lozim, ø 50 dan 100 mm gacha bo`lgan trubalar uchun – 110 mm, ø 100 dan 200 mm gacha bo`lgan trubalar uchun – 120 mm. Devor yoki pol plitasi orasidan o`tadigan trubalarga gil’zalar kiydiriladi. Gil’za devor yuzasidan 5-10 mm, pol yuzasidan 10-20 mm chiqib turishi kerak. Shisha trubalar tayanchlarga mustahkam mahkamlaydilar, metall yuzalar va shisha orasiga 4-5 mm qalinlikdagi rezina tiqin qo`yadilar.


      1. Quvurlarni sinovdan o`tkazish

Texnologik quvurlar montaji tugagandan keyin ularni yuvib, ichini puflaydilar va sinovdan o`tkazadilar.



Sinov turlari: mustahkamlik va zichlikka tekshirish, sinov usullari esa - gidravlik va pnevmatik bo`ladi. Sinov turi va usulini, hamda sinov muddati va natijalarni baholash quvurlarni o`rnatish ishchi hujjarlarida ko`rsatilishi lozim. Agar ushbu ko`rsatmalar bo`lmasa, mustahkamlikka sinov bosimi qiymatini СНиП (Qurilish norma va qoidalari) 3.05.05- 84 "Texnologik jihoz va texnologik quvurlar" bo`yicha qabul qilinadi.

Zichlikka sinovdan o`tkazish bosimi ishchi bosimga teng bo`lishi kerak.

Ammiak o`tkazuvchi quvurlar mustahkamlikka tortish qismida 1,2 MPa, haydash qismida esa 1,8 MPa bosim bilan sinaydilar. Shu quvurlarni zichlikka tortish qismida 1 MPa, haydash qismida esa 1,5 MPa bosim bilan sinaydilar. Sovuqlik masalan, xladon-12 va xladon-22 o`tkazuvchi quvurlar uchun sinov bosimi: 1 va 1,6; 1,6 va 2 MPa ga to`g`ri kelishi kerak.

Plastmassali quvurlarni sinovdan o`tkazish faqat ularni payvandlashdan 24 soat o`tgandan keyin malga oshiriladi.



3.3.3 - jadval. Mustahkamlikka sinovdan o`tkazishda bosim P qiymati,

MPa (kg·k/sm2)

Quvur tayyorlangan material

Ishchi Р

Sinov paytidagi Р

Po`lat va plastmassa, emal va boshqa material qo`shilgan po`lat

0,5 (5) gacha
0,5 (5) dan katta

1,5 Р,

lekin 0,2 (2) dan kam emas

1,25 Р,

lekin 0,8 (8) dan kam emas

Plastmassa, shisha va boshqa materiallar

СНиП (Qurilish norma va qoidalari) 3.05.05-84 bo`yicha

1,25 Р,

lekin 0,2 (2) dan kam emas

Rangli metall va qorishmalari

СНиП (Qurilish norma va qoidalari) 3.05.05-84 bo`yicha

1,25 Р,

lekin 0,1 (1) dan kam emas

Gidravlik va pnevmatik sinovdan o`tkazishda sinov bosimi 5 daqiqa (shisha quvurlar uchun 20 daqiqa) saqlab turiladi va undan keyin bosim ishchi qiymatigacha tushiriladi. Sinov paytida aniqlangan nuqsonlar bartaraf qilinib, keyin yana sinovdan o`tkaziladi. Agar sinov paytida quvurlarning birikish joylari va payvand choklardar suyuqlik sizib o`tmasa va manometrda bosim tushib ketmasa, quvur sinovdan o`tgan hisoblanadi.

Quvurlarni ishlab chiqarishga topshirish dalolatnomalari har bir quvur tizimi uchun alohida tuziladi.

Quvurlarni issiqlik va sovuqlikni kam sarflashi, ishchilarning ish paytida issiq yoki sovuq sathlar bilan to`qnashib, shikast etkazmasligi, hamda quvurlar sathini korroziyadan saqlash maqsadida issiqlik izolyatsiyasi qilinadi. Himoya materialining issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti va zichligi kichik bo`lishi, yong`in va namga chidamli bo`lishi darkor.

Sovuq sathlarni himoya qilish uchun organik va anorganik (polistirol, penoplast va boshqa) materiallar ishlatiladi. Issiq sathlarni esa asbest shnur, asbozurit, shlakovata, penoplast va boshqalar bilan himoya qilinadi. Bug` va suv trubalari uchun gidroizolyatsion material bo`lib bitum, pergament, ruberoid va boshqalar xizmat qiladi.

Bug` o`tkazadigan quvurlar zangdan tozalanadi, atsetonda eritilgan alyuminiy kukuni bilan surtiladi, shlakovata va metall to`r, sim va stekloplastik bilan o`raladi, keyin moy bo`yoq bilan bo`yaladi. Diametri 20-32 mm bo`lgan bug` o`tkazuvchi quvurlar asbest shnur bilan o`raladi, gofrilangan karton, steklotkan bilan o`raladi va bo`yaladi.

Sovuqlik o`tkazuvchi quvurlar zangdan tozalanadi, moy bo`yoq bo`yaladi, izolyatsiya materiali o`raladi, namdan muhofaza qilish uchun pergament o’raladi, sim to`r bilan shtukaturka qatlami yotqiziladi. Qurigandan keyin bo`yaladi.

Bo`yoqlar rangi: sovuq suv - yashil, issiq suv - yashil bilan pushti, bug` - pushti qizil aralash, qisilgan havo - ko`k, ammiak - kul rang, vakuum - sariq.





      1. Quvurlarni ta`mirlash

Quvurlarni ishlatishda quyidagi nosozliklar uchraydi:



  • flanetsli, payvandli va muftarezbali birlashmalarda nosozlik;

  • ventil va jo`mraklarda nosozlik;

  • salnikli ziqlagichlar va trubalarning yeyilishi;

  • trubalarda darz paydo bo`lishi;

  • trubalarning uzilishi;

  • vibratsiya natijasida truba birlashmalari boltlari va rezbalarining bo`shashi.

Trubalar yeyilgan, uzilgan va darz ketgan bo`lsa, o`sha uchastka yangisiga almashtiriladi yoki payvandlash bilan ta`mirlanadi. Truba uchastkasini almashtirishda shu uchastka o`lchamlariga (diametr va uzunlik) mos yangi truba sektsiyasi tayyorlanadi. Bu quyidagi jarayonlardan iborat:

1. Tayyorlash jarayonlari (trubani tozalash, o`lchash, kesish, birlashtiruvchi uchlarni tozalash, kerak bo`lganda teshiklar ochish, bukish, otbortovka);

2. Yig`ish-payvandlash jarayonlari (fasonli detallarni yig`ish va payvandlash, quvur yig`inlarini yig`ish va payvandlash);

3. Yakuniy jarayonlar (tayyorlangan quvur uchastkasini yig`gandan keyin sinovdan o`tkazish).

Po`latdan tayyorlangan trubalarni kislorod-atsitelen gaz payvandlash va elektr-yoy payvandlash bilan kesish mumkin. Bunda truba uzunligini keraklisidan bir oz ko`proq o`lchanadi (chekka trubalar uchun zatogovka uzunligini 2-3 mm ga, o`rtadagilari uchun 4-5 mm ko`proq o`lchanadi). Po`lat trubalarni kesishning eng yaxshi usuli diskli arra bilan abraziv doira ishlatib kesish hisoblanadi. Arra kesish tekisligi truba o`qiga nisbatan perpendikulyarligi quyidagi qiymatlardan katta bo`lmasligi kerak: truba devori qalinligi 3 mm gacha bo`lganda - 0,5 mm; 3 dan 4,5 mm gacha - 1 mm va 5 mm dan katta bo`lganda - 1,5 mm.

Plastmassali trubalar disk arralari qurilma yordamida yoki shpindeli 1000-2000 ayl/min tezlikda aylanadigan tokarlik dastgohida kesiladi.

Shisha quvurlar ta`mirlanmaydi, yangisiga almashtiriladi. Ularni kesishda 0,8-1,2 mm diametrli nixrom sim o`raladi va 36 V kuchlanishli tok manbaiga ulanadi. Sim ochiq va qizil rangga kirganda ochiladi va suv sepiladi. Trubalar uchlari yirik donador karborund tosh bilan tozalanadi.

Konusli yoki shtutserli quvurlarni almashtirishda, ular odatda payvandlanadi. Ayrim hollarda esa konus va shtutser trubaga o`rnatiladi. Truba uchi razvaltsovkalanadi va birikma germetikligi ta`minlanadi. Shtutser truba bo`ylab siljimasligi uchun uni bir necha joyi trubaga kavsharlanadi. Ta`mirning bu usuli sodda, kam vaqt talab qiladi (15 daqiqa) va bunda quvurning xizmat muddati uzayadi.

Quvurlarni joriy ta`mirlashda quvur sektsiyalari orasidagi nozichliklar boltlarni tortish bilan yo`qotiladi, darz ketgan joyiga xomut qo`yiladi, paronit, asbest yoki rezina qistirmalar almashtiriladi va h.k. Kapital ta`mirlashda yeyilgan qismlar kesib olinadi, yangi qo`yiladi, payvandchoklar qayta payvandlanadi, nosoz armaturalar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi, tayanchlar holati tekshiriladi, darzlar payvandlanadi va h.k. Ta`mirlangan quvur uchastkasi o`rnatishdan keyin o`tkaziladigan sinov tartibi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi.

Yog` uzatiladigan quvurlar ta`mirlashdan oldin kaustik soda eritmasi bilan va issiq suv bilan yuviladi, so`ngra trubalar uchlari kuydiriladi. Bunda razvaltsovkalash osonlashadi. Trubalarning egilish joylarida ularning kesim yuzasi 10 % dan ortiq kamaymasligi lozim. Aks holda bu yerda bosim oshadi, yog` isiydi va napor kamayadi. Ulanish joylaridagi payvand choklari zanglab teshiladi. Gidroapparaturalar ulanish joylarida konussimon shtutser rezbasi yeyilganda, ular almashtiriladi.

Ta`mirlangan quvurlarga siqilgan havo yuborilib, germetiklikka tekshiriladi, so`ngra ishga tushiriladi.

Havo trubalar ulanish joylarida yoki pnevmoarmatura o`rnatish joylarida nuqsonlar paydo bo`ladi. Bunda zichlagichlar almashtiriladi. Nuqsonli joylar shisha material lentasi yoki epoksid elim shimdirilgan ip gazlama lenta bilan o`raladi.


ASOSIY TAYANCH IBORALAR:


1. Texnologik quvurlar;

2. Magistral quvur;

3. Flanetsli birikma;

4. Payvand-chokli birikma;

5. Pnevmatik va gidravlik sinash;

6. Truba kompensatori;

7. Quvurlarni izolyatsiyalash.


ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:

1 - bosqichda quvur o`tadigan trassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 7.1 - rasmda ko`rsatilgan.

2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.

* Quvurlarni sinov turlari: mustahkamlik va zichlikka tekshirish, sinov usullari esa - gidravlik va pnevmatik.

*Quvurlarni ishlatishda quyidagi nosozliklar uchraydi: flanetsli, payvandli va muftarezbali birlashmalarda nosozlik; ventil va jo`mraklarda nosozlik; salnikli ziqlagichlar va trubalarning yeyilishi; trubalarda darz paydo bo`lishi; trubalarning uzilishi; vibratsiya natijasida truba birlashmalari boltlari va rezbalarining bo`shashi.



TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR


        1. Texnologik quvurlar tayanchlari orasidagi masofani L aniqlash formulasini yozing.

        2. Quvurlar qanaqa turlarga bo’linadi?

        3. Po’latdan yasalgan quvurlarni o’rnatish tartibini gapirib bering.

        4. Rangli metall va qorishmalardan, plastmassadan va shishadan yasalgan quvurlarni o’rnatish tartibini gapirib bering.

        5. Quvurlar nima maqsadda issiqlik izolyatsiya qilinadi?

        6. Plastmassali quvurlarni mustahkamlikka tekshirish ularni payvandlashdan keyin necha soat o`tgandan keyin o`tkaziladi.

        7. Po`latdan yasalgan quvurlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering.

        8. Rangli metall va qorishmalardan yasalgan quvurlarnidlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering

        9. Shishadan yasalgan quvurlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering. U boshqa quvurlardan nimasi bilan farq qiladi?

        10. Quvurlarda uchraydigan nuqson va nosozliklarni gapirib bering.


O`QUV-USLUBIY TARQATMA MATERIALLARIGA MISOLLAR:


  • Tayanch ibora va tushunchalar.

  • Mavzu bo`yicha asosiy formulalar va jadvallar yozuvi.

  • Mavzu bo`yicha asosiy rasmlar.



III-bob BO’YICHA REZYUME
Nasoslarni o`rnatish quyidagi jarayonlardan iborat:

1) nasosni fundament yoki beton to`singa o`rnatish;

2) montaj o`qlari va gorizontal o`q bo`yicha tekshirish;

3) fundamentni sement suyuqligi bilan yopish;

4) nasosni nazoratdan o`tkazish;

5) nasosni sinovdan o`tkazish va ishlatish.

Kompressorli qurilmaning montajini rama-resiverni o`rnatishdan boshlaydilar. Keyin uning ustiga kompressor va elektrodvigatel' o`rnatiladi.

Markazdan qochma ventilyatorlarni quyidagi tartibda o`rnatiladi:

1) ventilyator o`rnatish o`qlari belgilanadi;

2) ishchi g`ildirakning muvozanati (balansirovkasi) tekshiriladi;

3) g`ilof holatining to`g`riligi tekshiriladi;

4) ventilyator joyiga o`rnatiladi;

5) ventilyator korpusi mahkamlanadi va ventilyatorni sinovdan o`tkaziladi.

Elektrodvigatellar yasalish shakliga qarab ularni beton poydevorga o`rnatilgan salazkada, jihoz staninasida joylashgan salazkada, bevosita jihoz staninasida va kronshteynda o`rnatiladi.

Nazorat o`lchov asboblari montaj qilishning 2 yo`li bor: joyida (shitsiz) – devorda, ustunda, jihozda hamda shitda va boshqarish pultida.

Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:

1 - bosqichda quvur o`tadigan trassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi.

2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarda o’rnatiladi.


III-bob BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR
AMALIY MASHG’ULOT № 1

Markazdan qochma nasoslarni o’rnatish, ta`mirlash va sozlash
Mashg’ulotning maqsadi: Markazdan qochma nasoslarning tuzilishi, o’rnatish, ta`mirlash va sozlash tartibini amalda o’rganish.

Kerakli jihoz, asbob va materiallar: markazdan qochma nasos elektrodvigatel va asosi bilan, kalitlar, yog`ochli obtarozi, shoqul, metall lineyka, shuplar komplekti, metall tiqinlar.

Umumiy tushunchalar III-bobning §3.2-da keltirilgan.
Mashg’lotni bajarish tartibi:
1. Markazdan qochma nasoslarning tuzilishi bilan tanishing.

2. Nasosni qismlarga ajrating.

3. Nasos detallarini nuqsonini barcha usullar bilan aniqlang.

4. Ta`mirtalab detallarga ta`mir usullarini belgilang.

5. Nasosni nazariy darslarda ko`rsatilgan tartibda yig`ing.

6. Nazariy darslarda keltirilgan ko’rsatmalarga asosan nasosni montaj qiling, bunda asosiy e`tibor nasosning gorizontal holatini rostlashga va vallar o’qdoshligini tekshirishga qaratilishi lozim.

7. Nasosni ishga tushirish ishlarini bajaring.

8. Bajarilgan ishlar haqida yozma hisobot tayyorlang.


Nazorat savollari:
1. Nasosning tuzilishi va ishlash printsipi.

2. Nasosni montaj qilishda qanaqa ishlar bajariladi?

3. Nasosning gorizontallik holati qanday rostlanadi?

4. Vallar o’qdoshligi qanday tekshiriladi?

5. Nasosdan ishga tushirish tartibi qanday ?

6. Nasosning printsipial sxemasini chizing.

7. Nasos ishlaganida qanaqa xarakterli nuqsonlar uchraydi?

8. Nasos qanday ta`mirlanadi?

9. Nasosni reviziyalashda nima ishlar qilinadi?

10. Nasosni sinovdan o`tkazishda nima qilinadi?


AMALIY MASHG’ULOT № 2

Markazdan qochma ventilyatorlarni

ta`mirlash va sozlash
Mashg’lotning maqsadi: Markazdan qochma ventilyatorlarning ta`mirlash, sozlash va o’rnatish tartibini amalda o`rganish.

Kerakli jihoz, asbob va materiallar: markazdan qochma ventilyator elektrodvigatel va asosi bilan, metall lineyka, kalitlar, shuplar komplekti, metall tiqinlar, ajratgich (s`yomnik), shtangentsirkul, azbest zichlagichlar.

Umumiy tushunchalar III-bobning §3.2-da keltirilgan.
Mashg’lotni bajarish tartibi:
1. Markazdan qochma ventilyatorlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishing.

2. Ventilyatorni nazariy darslarda ko`rsatilgandek qismlarga ajrating.

3. Tashqi ko`rish va mikrometraj usuli bilan ventilyator detallarining nuqsonini toping.

4. Nuqsoni topilgan detallar uchun ta`mirlash usulini belgilang.

5. Ventilyatorni yig`ing.

6. Ventilyator montaj o’qlari, poydevor boltlari uchun teshiklar va elektrodvigatel o’rni bo’r bilan belgilang

7. Ishchi g`ildirakning muvozanati (balansirovkasi) va g`ilofga nisbatan joylashishini nazariy darslarda ko`rsatilgandek tekshiring.

8. Ventilyator belgilangan montaj chiziqlari bo’yicha o’rnating.

9. Valning gorizontallik holati obtarozi va shoqul bilan tekshiring.

10. Ventilyator asosga mahkamlang.


Nazorat savollari:
1.Ventilyatorning tuzilishi va ishlash printsipi.

2. Ventilyator ishlaganida qanaqa nuqsonlar uchraydi?

3. Ventilyator kuragi, vali va g`ilofi qanday ta`mirlanadi?

4. Ventilyatorni qabul qilib olishda nimalarga e`tibor berishadi?

5. Ventilyatorni o’rnatish tartibini aytib bering.

6. Ishchi g`ildirak balansirovkasi qanday tekshiriladi?

7. Ishchi g`ildirak va g`ilof orasidagi oraliq qanday tekshiriladi?

8. O’rnatilgan ventilyator qaysi texnik talablarga javob berishi kerak?



III-bob BO’YICHA TEST SAVOLLARI TO`PLAMI
1. Reduktor va elektrodvigatellarni o`rnatishda ular vallari o`qlarining ruxsat etilgan parallel siljishi ........... bo`lishi kerak.

A) 0,5 mm

B) 0,7 mm

C) 0,2 mm

D) 1 mm.


  1. Texnologik truboprovodlarga tayanchlari orasidagi masofani L aniqlash formulasi:

A)

B)

C)

D)



3. Asosiy magistral quvurlar diametri ..... dan kam bo`lmasligi kerak

A) 100 mm

B) 50 mm

C) 150 mm

D ) 40 mm

4. Quvurlarni montaj qilishda qiyshiqlik ko`rsatgichi uchastka uzunligining ….... % tashkil qilishi kerak

A) 1-5 %

B) 5 – 10 %

C) 15 - 20 %

D ) 5 – 7 %

5. Flanetsli birikmalarni montaj qilishda flanetslarning ishchi yuzasi tekisligi truba o`qiga nisbatan ….. burchak ostida bo`lishi kerak.

A) 45 o



B) 90 o

C) 75 o

D ) 30 o

6. Texnologik quvurlardan ..... transportlanadi.

A) bug`;

B) issiq suv;

C) tayyor mahsulot;

D) siqilgan havo.

7. Texnologik quvurlar ......... tayyorlanadi.

A) zanglamaydigan po`latdan;

B) ruxdan;

C) uglerodli po`latdan;

D) cho`yandan.

8. Quvurlar nima maqsadda issiqlik izolyatsiya qilinadi?

A) korroziyadan saqlash;

B) ishchi-xodimlarni termik himoyalash uchun;

C) issiqlik va sovuqlikni tejash

D) hamma javoblar to`g`ri

9. Plastmassali quvurlarni mustahkamlikka tekshirish ularni payvandlashdan keyin ….... soat o`tgandan keyin o`tkaziladi.

A)24;


B)18;

C)14;


D)12.

10. Po`latdan yasalgan quvurlar ishchi bosimi 0,5 MPa bo`lsa, qanaqa bosim ostida mustahkamlikda sinovdan o`tkazish lozim?

A) 2P


B) 3P

C) 2,5 P

D) 1,5 P

11. Rangli metall va qorishmalardan yasalgan quvurlarni qanaqa bosim ostida mustahkamlikda sinovdan o`tkazish lozim?

A)3P;


D)2,5P;

C)2P;


D)1,25P

12. Gidravlik va pnevmatik sinovlar po`lat quvurlar uchun qancha vaqt ichida olib boriladi?

A)5 daqiqa;

B)10 daqiqa;

C)15 daqiqa;

D)20 daqiqa.

13. Gidravlik va pnevmatik sinovlar shisha quvurlar uchun qancha vaqt ichida olib boriladi?

A)35 daqiqa;

B) 30 daqiqa;

C)25 daqiqa;

D)20 daqiqa

14. Reduktor va elektrodvigatel vallarning qiyshiqlik darajasi qancha bo`lishi ruxsat etiladi?

A) b=0,4 mm;

B) b=0,3 mm;

C) b=0,1 mm;

D) b=0,2 mm.


15. Markazdan qochma nasoslarni o`rnatish va sozlash ketma-ketligi qanday?

A) 1.Nasosni fundament yoki maydonchaga qo`yish; 2. Nasosni reviziyalash; 3. Nasosning gorizontallik holatini tekshirish; 4. Nasosning fundament plitasiga tsementli eritma quyish; 5. Nasosni sinab ko`rish .

B) 1.Nasosni fundament yoki maydonchaga qo`yish; 2. Nasosning fundament plitasiga tsementli eritma quyish; 3. Nasosning gorizontallik holatini tekshirish; 4. Nasosni reviziyalash; 5. Nasosni ishga tushirish.

C) 1.Nasosning fundament plitasiga tsementli eritma quyish; 2. Nasosning gorizontallik holatini tekshirish; 3. Nasosni reviziyalash; 4. Nasosni sinab ko`rish va ishga tushirish.

D) 1. Nasosni fundament yoki maydonchaga qo`yish; 2. Nasosning gorizontallik holatini tekshirish; 3. Nasosning fundament plitasiga tsementli eritma quyish; 4. Nasosni reviziyalash; 5. Nasosni sinab ko`rish va ishga tushirish.

16. Montaj qilingan nasos qaysi texnik talablarga javob berishi kerak?

A) Ish paytida vibratsiya va begona shovqin bo`lmasligi; nasos rotori yuritmadan qaraganda soat strelkasiga qarshi aylanishi va normal holatda salnik 1 daqiqautda 15-20 tomchi suyuqlik o`tkazishi kerak.

B) Ish paytida vibratsiya va begona shovqin bo`lmasligi; nasos rotori yuritmadan qaraganda soat strelkasi bo`ylab aylanishi va normal holatda salnik 1 daqiqautda 30-40 tomchi suyuqlik o`tkazishi kerak.

C) Ish paytida vibratsiya va begona shovqin bo`lmasligi; nasos rotori yuritmadan qaraganda soat strel kasiga qarshi aylanishi va normal holatda salnik suyuqlik o`tkazmasligi kerak.

D) Ish paytida vibratsiya va begona shovqin bo`lmasligi; nasos rotori yuritmadan qaraganda soat strelkasiga qarshi aylanishi va normal holatda salnik 1 daqiqautda 40-50 tomchi suyuqlik o`tkazishi kerak.

17. Havo haydovchi kompressorni montaj qilish tartibi qanday?

A) 1. Rama-resiverni fundamentga o`rnatish. 2. Kompressorni fundamentga o`rnag`tish. 3. Elektrodvigatel vali va kompressor maxovigi o`qdoshligini rostlash. 4. Elektrodvigatelni fundamentga qotirish. 5. Kompressorni salt va bosim ostida sinovdan o`tkazish

B) 1. Rama-resiverni fundamentga o`rnatish. 2. Elektrodvigatel vali va kompressor maxovigi o`qdoshligini rostlash. 3. Kompressorni fundamentga o`rg`natish.. 4. Kompressorni salt va bosim ostida sinovdan o`tkazish5. Elektrodvigatelni fundamentga qotirish.

C) 1. Rama-resiverni fundamentga o`rnatish. 2. Elektrodvigatelni fundamentga qotirish.3. Kompressorni salt va bosim ostida sinovdan o`tkazish 4. Elektrodvigatel vali va kompressor maxovigi o`qdoshligini rostlash.. 5. Kompressorni fundamentga o`rnag`tish

D) 1. Rama-resiverni fundamentga o`rnatish. 2. Kompressorni fundamentga o`rnag`tish. 3. Elektrodvigatel vali va kompressor maxovigi o`qdoshligini rostlash. 4. Kompressorni salt va bosim ostida sinovdan o`tkazish 5. Elektrodvigatelni fundamentga qotirish.

18. Kompressor montajdan keyin qaysi texnik talablarga javob berishi kerak?

A) Ish paytida begona shovqin bo`lmasligi; podshipniklar isib ketmasligi; shatun quyi qismi va pog`onali val bo`yinchasi orasidagi oraliq 0,03-0,06 mm; moylash sistemasidagi bosim 0,1-0,15 MPa bo`lishi kerak.

B) Ish paytida begona shovqin bo`lmasligi; podshipniklar isib ketmasligi; shatun quyi qismi va pog`onali val bo`yinchasi orasidagi oraliq 0,1-0,2 mm; moylash sistemasidagi bosim 0,2-0,25 MPa bo`lishi kerak.

C) Ish paytida begona shovqin bo`lmasligi; podshipniklar isib ketmasligi; shatun quyi qismi va pog`onali val bo`yinchasi orasidagi oraliq 0,2-0,3 mm; moylash sistemasidagi bosim 0,3-0,35 MPa bo`lishi kerak.

D) Ish paytida begona shovqin bo`lmasligi; podshipniklar isib ketmasligi; shatun quyi qismi va pog`onali val bo`yinchasi orasidagi oraliq 0,03-0,06 mm; moylash sistemasidagi bosim 0,4-0,45 MPa bo`lishi kerak.

19. Markazdan qochma ventilyator montaj qilish tartibi qanday?A) 1. Korpus qotiriladi va ventilyator sinovdan o`tkaziladi.. 2. Ventilyator joyiga qo`yiladi va gorizontallik holati rostlanadi. 3. Ishchi g`ildirakning balansirovkasi tekshiriladi. 4. Ventilyator montaj chiziqlari belgilanadi

B) 1. Ventilyator montaj chiziqlari belgilanadi. 2. G`ilofning to`g`ri joylashganligi tekshiriladi. 3 Ishchi g`ildirakning balansirovkasi tekshiriladi. 4. Ventilyator joyiga qo`yiladi va gorizontallik holati rostlanadi. 5. Korpus qotiriladi va ventilyator sinovdan o`tkaziladi.

C) 1. Ventilyator yuviladi. 2. Ventilyator joyiga qo`yiladi va gorizontallik holati rostlanadi. 3. G`ilofning to`g`ri joylashganligi tekshiriladi. 4. Ishchi g`ildirakning balansirovkasi tekshiriladi. 5. Korpus qotiriladi va ventilyator sinovdan o`tkaziladi. D) 1. Ventilyator sinovdan o’tkaziladi. 2. Ishchi g`ildirakning balansirovkasi tekshiriladi. 3. G`ilofning to`g`ri joylashganligi tekshiriladi. 4. Ventilyator joyiga qo`yiladi va gorizontallik holati rostlanadi. 5. Korpus qotiriladi.

20. Montajdan chiqqan ventilyator qaysi talablarga javob berishi kerak?

A) Ventilyator bir maromda, turkisiz va begona shovqinsiz ishlashi kerak, havo so`radigan joyida 35x40 mm teshikli metall setka bo`lishi kerak.

B) Ventilyator bir maromda, turkisiz va begona shovqinsiz ishlashi kerak, g`ilofning ichki yuzasi tekis, qavariqsiz bo`lishi kerak.

C) Ventilyator bir maromda, turkisiz va begona shovqinsiz ishlashi kerak, havo so`radigan joyiga 25x30 mm teshikli metall setka bo`lishi, g`ilofning ichki yuzasi tekis, qavariqsiz bo`lishi kerak.

D) Ventilyator bir maromda, turkisiz va begona shovqinsiz ishlashi kerak, havo so`radigan joyiga 65x90 mm teshikli metall setka bo`lishi, g`ilofning ichki yuzasi tekis, qavariqsiz bo`lishi kerak.

21. Nasosning gorizontallik holatidan og`ishi 1m masofada qancha bo`lishi kerak?

A) 0,2 mm;

B) 0,15 mm;

*C) 0,1 mm;

D) 0,25 mm

22. Noriyalarni ishlatish natijasida qaysi qismlari yeyiladi?

A) Noriya trubalari, bosh va boshmoq qismi, lenta va zanjir, baraban va yulduzchalar, shnek;

B) Noriya trubasi va podshipniklar, lenta va zanjir, baraban va yulduzchalar, cho`michlar, shnek;

C) Noriya trubasi va podshipniklar, bosh va boshmoq qismi, baraban va yulduzchalar, cho`michlar, shnek;

D)* Noriya trubasi va podshipniklar, bosh va boshmoq qismi, lenta va zanjir, baraban va yulduzchalar, cho`michlar.

23. Markazdan qochma ventilyatorni o`rnatganda gorizontallik holati ……….. aniqlikda bo`lishi kerak.

A) 1 m uzunlikda 0,03 mm;

B) 1 m uzunlikda 0,05 mm;

C) 1 m uzunlikda 0,1 mm;

D) 1 m uzunlikda 0,2 mm

24. Kompressor karterini kerosin bilan yuvib, qish paytida ……….. moyi solinadi.

A) И-20;

B) И-40;

C) УС-20;

D) K-12.

25. Zanjirning osilish darajasi zanjirli uzatma o`qlararo masofasining ……. ga teng

A) 1 %;


B) 2 %;

C) 3 %;

D) 4%
III-bob TEST JAVOBLARI

1C, 2A, 3B, 4A, 5B, 6C, 7A, 8D, 9A, 10D, 11D, 12A, 13D, 14C, 15D, 16A, 17A, 18A, 19B, 20C, 21C, 22D, 23C, 24D, 25B


IV-bob. OZIQ-OVQAT SANOATI TEXNOLOGIK JIHOZLARINI O`RNATISH, SOZLASH VA TAMIRLASH TEXNOLOGIYASI


Download 5,89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   323




Download 5,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 3.3. QUVURLARNI O`RNATISH, SINOVDAN O’TKAZISH VA TA’MIRLASH

Download 5,89 Mb.