|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 23/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000dars ishlanmasi № 5
Dars mavzusi: “ Microsoft Excel electron jadvalida hujjatlarni bosmaga
chiqarish”
Dars turi: Amaliy mashg‘ulot.
Dars tipi: Yangi bilim berish va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish, mustahkamlash darsi.
Dars vaqti: 80 daqiqa.
Darsda qo‘llaniladigan
usullar: a) yangi pedogogik texnologiya usullari: „Blits-
o‘yin“, „Moychechak“, „Miya hujumi“
b) o‘quvchilar bilan induvidual ishlash usullari.
Darsda qo‘llaniladigan
nazorat turlari: Og‘zaki, yozma, kompyuterlashgan.
Dars o‘tish joyi: kompyuter xonasi.
Kafedra maqsadi: Amaliy darsda yangi ilg‘or pedagogik texnologiya usullarini qo‘llashni ko‘rsatish.
Dars maqsadlari.
O‘quv maqsadi:
Nazariy bilimlarni mustahkamlsh.
Excel dasturini ishga tushirishni o‘rgatish.
Excel dasturida ishlashni o‘rganish, mustahkamlashni o‘rgatish.
Excel dasturida elektron jadvallar yaratish va bosmaga chiqarishni o‘rgatish.
Excel dasturda ishini yakunlash usullarini o‘rgatish.
Ma’naviy maqsadi:
Milliy g‘oya va milliy mafkurani o‘quvchilar ongida shakllantirish.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tanlagan kasblariga muhabbatni kuchaytirish.
O‘quvchilarda bajarayotgan ishlariga ma’suliyat bilan qarashni, javobgarlik his tuyg‘ularini tarbiyalash.
Mavzularni o‘rganish borasida ma’naviy barkamil mutaxassislarni tarbilalash.
Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni va mustaqil muloxaza yuritishni shakllantirish.
yangi pedagogik texnalogiya usullarini qo‘llash yordamida o‘quvchilarning fikirlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
|
| |