|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 25/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000O‘quv qo‘llanma va adabiyotlar:
O‘qituvchilar uchun qo‘llanma va adabiyotlar:
X.Xolmatov, N.Taylaqov. “Infarmatika va hisoblash texnikasi” 181-184 bet.
U Yuldashev. “Infarmatika” 173-175 bet.
A.Axmedov. “Informatika” 143-144 bet.
O‘quvchilar uchun adabiyotlar:
U Yuldashev. “Infarmatika” 173-175 bet.
A.Axmedov. “Informatika” 143-144 bet.
Ma’ruzalar matni.
Dars bosqichlarining mazmuni.
Tashkiliy qism.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi. Davomatni tekshiradi. Oquv xonasining tozaligini, mashg‘ulotga tayyorligini, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiladi.
O‘qituvchining kirish so‘zi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotning mavzusi, rejasi bilan tanishtiradi.Bugungi darsda yangi pedogogik texnoligiyanig “Moychechak”, “Miya hujumi”, “Blits” usullaridan foydalanishini aytib o‘tadi. Bugungi mashg‘ulot maqsadini aytib, o‘quvchilar diqqatini darsga jalb etadi va ularni darsni o‘zlashtirishga tayyorlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarga baholash mezoni haqida gapirib, baho fishkalaridan foydalanishini ta’kidlaydi. Baholashda:
<< 5 >> ball uchun qizil fishka;
<< 4 >> ball uchun yashil fishka;
<< 3 >> ball uchun sariq fishka;
<< 2 >> ball uchun oq fishka;
ekanligini eslatib o‘tadi.
O‘qituvchilarning egallagan amaliy ko‘nikmalarni bajarish darajasini tekshirish
O‘qituvchi o‘tiladigan yangi mavzuni uyga vazifa qilib berib yuborgan bo‘ladi. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mustaqil o‘rganib kelgan bilimlarini innovasion texnologiyalardan biri bo‘lgan “Miya hujumi” usulidan foydalanib tekshiradi. Sinf doskasiga yangi mavzu bo‘yicha savollar yoziladi:
Excel elektron jadvali imkoniyatlari;
Excel dasturini ishga tuishirish;
Excel dasturi darchasi elementlari;
Yacheyka va diapozon;
Ish varag‘ini nomlash;
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish;
Ma’lumotlarni alifbo bo‘yicha tartiblash;
Formulalar bilan ishlash;
Excelda hujjatni saqlash va ishni yakunlash
To‘g‘ri javoblar to‘plami stolda turadi. O‘qituvchi doskaga o‘quvchilarni chiqaradi. O‘quvchilar savollarni to‘g‘ri kelgan javob bilan to‘ldiradilar va o‘z ishlarini izoxlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarini javoblarini hisobga olib, baho fishkalarini tarqatadi. O‘qituvchi uyga berilgan vazifani tushuntirib beradi, o‘quvchilarning javoblarini to‘ldiradi, xato va kamchiliklarni aytib o‘tadi.
|
| |