|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 1/17 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 168,68 Kb. | | #130469 |
Bog'liq Kitob 2972 uzsmart.uz O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIS’HYeR NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI TARIX TA’LIM YO’NALIS’HI
«O’ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI
«MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MAShINASOZLIK SANOATINING RIVOJLANIShI»
MALAKAVIY BITIRUV IShI
Bajaruvchi: Suyunova Nigora Ilmiy rahbar: dos. M.I.Nasrullayev
Malakaviy bitiruv ishi “O’zbekiston tarixi” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2013 yil majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya yetildi. (bayonnoma № ).
Kafedra mudiri: dos.R.Sh.Holiqulov
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2013 yil iyundagi majlisida himoya qilindi va foizga baholandi (bayonnoma № )
YaDAK raisi:
A’zolari:
Samarqand-2013
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………..
|
3-5
|
I-BOB. O’ZBEKISTON MASHINASOZLIK SANOATI
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA…..……………
|
6-31
|
I.1. Mashinasozlik sanoatidagi vaziyat…………………..……...........
|
6-17
|
I.2. Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish omillari………………….
|
17-28
|
I.3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mashinasozlik sanoatini
rivojlantirish muammolari va istiqbollari…………………………….
|
29-31
|
II-BOB. MASHINASOZLIK SANOATINING RIVOJLANISHI…
|
32-50
|
II.1. O’zbekistonning yangi zamonaviy avtomobillar ishlab
chiqaradigan mamlakatga aylanishi………………………………….
|
32-37
|
II.2. «O’z DEU avto» qo`shma korxonasining eksport strategiyasi…..
|
37-47
|
II.3. Qo’shma korxonalar va ularning mashinasozlikni
rivojlantirishdagi o’rni va roli…………………………………………
|
47-50
|
XULOSA………………………………………………………………
|
51-53
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………….....
|
54-56
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O’zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, uning barcha sohalardagi xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi o’rnini yaxshilab borish ko’p jihatdan uning ichki geosiyosiy tuzil-masi – viloyatlar (mintaqalar) salohiyatidan har tomonlama foydalanishga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi davrda mamlakatimiz oldida turgan ustivor vazifalar qatorida “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikasiya va modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur”, deb ta’kidlaydi1.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.
O’zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanishi ma’lum bir bos-qichni bosib o’tgan, o’z tarixiga ega bo’lgan sohalardan biri. Sobiq sho’rolar davrida o’lkamizda qishloq xo’jaligi mashina-lari ishlab chiqaradigan «Tashselmash»,
«O’zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash»
1 Каримов И. А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир - Т.: “Ўзбекистон”, 2010, 18-б.
hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
Sobiq Ittifoqning o’nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O’zbekistonda yig’ilar edi, xolos. Bu O’zbekiston mashinasozlik industriyasini rivojlantirishga emas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o’zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo’lib, u 1993 yilning mart oyida «O’zDEU-avto» nomi bilan ro’yxatdan o’tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik keng rivojlanish yo’lida borishni davom etmoqda.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joizdir. Jahon mamlakatlari tarixi guvoxdik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlargina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSh, G’arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O’zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
|
| |