|
AMALIY MASHG‘ULOT MAZMUNI 1-mavzu. Mumtoz she’r sanatlari bilan ishlash
|
bet | 140/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgAMALIY MASHG‘ULOT MAZMUNI 1-mavzu. Mumtoz she’r sanatlari bilan ishlash
Hijo va juzvlar haqidagi tushunchalarni amaliyotda mustahkamlash. Hijo va juzvlarning xususiyatlari. Ruknlar va bahrlar, ularning tuzilishi va turlarini mumtoz badiiy asarlar tahlili misolida o‘rganish. Badiiy san’at turlari. Muhammas, musaddas, musamman, musabba singari she’r san’atlarini tushuntirish. She’r san’atlarini aniqlash yo‘llari.
2-mavzu. Adabiyot darslarida qiyinchilik tug‘diradigan mavzular bilan
ishlash
Adabiyot darsliklarida qiyin bo‘lgan mavzularni o‘rgatish metodikasi. Nazariy ma’lumotlarni oson o‘qitish yo‘llari. She’rlarni tahlil qilish texnologiyasi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar o‘quv bloklari doirasidagi ijodiy
topshiriqlar, keyslar, o‘quv loyihalari, texnologik jarayonlar bilan bog‘liq vaziyatli masalalar asosida amaliy ishlarni bajaradilar.
Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy ta’lim uslublari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil holda o‘quv va ilmiy adabiyotlardan, elektron resurslardan, tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘chma mashg‘ulotlar
Ko‘chma mashg‘ulotlar mutaxassislik modullari doirasida fan va texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar talablar darajasida moddiy-texnika ta’minoti, mazkur malaka toifasi bo‘yicha o‘qituvchi va mutaxassislari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim
191
maktablari va ijtimoiy soha tashkilotlarida tashkil etiladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limda tegishli o‘quv dasturida keltirilgan mavzular bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar beriladi.
Dasturning axborot-metodik ta’minoti
Modullarni o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar, ilmiy jurnallar, internet resurslari, multimedia mahsulotlari hamda boshqa elektron va qog‘oz variantdagi manbalardan foydalaniladi.
192
|
| |