|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 3/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgElektron pochta
|
|
|
Professor-o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali
|
|
|
orqali
|
|
ham amalga oshirilishi mumkin
|
|
|
munosabatlar
|
|
Elektron pochtani ochish vaqti:
|
15.00 dan 20.00 gacha
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
NAZARIY MATERIALLAR
(ma’ruzalar kursi)
1-MA’RUZA. ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI, O‘QUV DASTURLARI, DARSLIK VA METODIK
QO‘LLANMALAR MAZMUNIDAGI YANGILIKLAR
Reja:
Til va adabiyot ta‘limiga oid me’yoriy xujjatlar va ularning mazmun-
mohiyati.
Ona tili va adabiyot fanidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlari.
Ona tili va adabiyot ta‘limining maqsadi va vazifalari, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy minimal talablar.
O‘quv reja va o‘quv dasturlari, ularning tuzilishi, tarkibiy qismlari.
Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 140-sonli Qarori, Nizom talablari, o‘quvchilar soni, o‘quvchilarning maktablarga qabul qilinish yoshi, ularning xujjatlari, maktab filiallari, kuni uzaytirilgan guruhlar tadbirkorlik faoliyati, 187-sonli qaror, yangi DTSning maqsadi, mazmuni UO‘T fanlarni o‘rganish bosqichlari, DTS talablari A1, A2 daraja, dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qiyosiy tahlili. Til va adabiyot ta’limiga oid me’yoriy xujjatlar va ularning mazmun-mohiyati. Ona tili va adabiyot fanidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari, ona tili va adabiyot ta’limining maqsadi va vazifalari, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy minimal talablar. O‘quv reja va o‘quv dasturlari, ularning tuzilishi, tarkibiy qismlari.
TIL VA ADABIYOT TA‘LIMIGA OID ME‘YORIY XUJJATLAR VA
ULARNING MAZMUN-MOHIYATI
Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasi tubdan yangilanib, o‘qitishning ilg‘or usul va metodlarini amalda qo‘llash bo‘yicha ulkan tajriba to‘plandi. Ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quvlaboratoriya anjomlari, zamonaviy o‘quv-metodik baza tatbiq etilmoqda. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. Demak, umumiy o‘rta fanlarini o‘qitishga zamon talablari asosida yondashish, ta‘limda eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash davr talabi. Umumiy o‘rta fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta‘minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bo‘yicha davlat ta‘lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomilashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va
9
amaliyotga joriy qilish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror ta‘lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.
“Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash miliy dasturi talablari asosida qabul qilingan qarorda umumiy o‘rta ta‘limning yangi davlat ta‘lim standartlari ilova tarzda berilgan. Yangi DTSning maqsadi –umumiy o‘rta ta‘lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asosslangan holda tashkil etish, ma‘naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
|
| |