• Ona tili kommunikativ kompetentsiyasi
  • Sotsiolingvistik kompetentsiya
  • ONA TILI VA ADABIYOT TA‘LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI, O‘QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA




    Download 0,69 Mb.
    bet8/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    ONA TILI VA ADABIYOT TA‘LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI, O‘QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA


    QO‘YILADIGAN ZARURIY MINIMAL TALABLAR
    Ta’limning barcha bosqichlarida ona tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishdan iboratdir.
    Ona tili kommunikativ kompetentsiyasi – ona tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyati.
    Kompetentsiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
    Lingvistik kompetentsiya -til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va tilning ifoda vositalarini (o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) egallashni nazarda tutadi.
    Sotsiolingvistik kompetentsiya -so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi.
    Pragmatik kompetentsiya - kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, egallangan bilimlarning amaliy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi.
    O‘quvchining mustaqil fikrlashi, o‘zgalar fikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili ta‘limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetentsiyasi bo‘yicha etarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi.
    Shu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi:
    1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetentsiya).



    1. Til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun etarli bilimlarni o‘zlashtirish (grammatik kompetentsiya).



    Ushbu mazmun asosan kommunikativ kompetentsiyani egallash orqali ona tilini o‘rgatishning umumta‘limiy maqsadini ko‘zda tutadi.




    1. Download 0,69 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ONA TILI VA ADABIYOT TA‘LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI, O‘QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA

    Download 0,69 Mb.