Amaldagi davlat ta‘lim standartlarining mazmuni




Download 0,69 Mb.
bet4/143
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#116605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

Amaldagi davlat ta‘lim standartlarining mazmuni:
  1. bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;



  1. tayanch o‘quv reja;



  1. o‘quv dasturlari;



  1. baholash mezonidan iborat edi.



Yangi, ya‘ni kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standarti tarkibidan:

  1. o‘quv fanining maqsad va vazifalari;



  1. umumiy o‘rta fanlarini o‘rganishning mazmuni;



  1. tayanch va fanga oid kompetentsiyalar;



  1. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari;


  2. tayanch o‘quv reja;



  1. o‘quv dasturlari joy oldi.



Ta‘kidlash joizki, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nik va malakalarini amalda qo‘llash layoqatini rivojlantirishga qaratilgan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihasi uch yil davomida respublikamizning 70 ta ta‘lim muassasalarida va Xalq ta‘limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta maktabida tajriba-sinovdan o‘tkazilib, takomillashtirildi.

Xususan, yangi DTSga fanga oid kompetentsiyalar bilan birga kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, miliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetentsiyalar elementlari ham kiritildi.


Kommunikativ kompetentsiya bolaning ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda muloqotga kirisha olishi, muomala madaniyatiga amal qilishi, moslashuvchan va hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatiga ega bo‘lishini nazarda tutadi1. Axborot bilan ishlash kompetentsiyasiga ega bola esa medimanbalardan zarur ma‘lumotlarni izlab topa olishi, saralashi, qayta ishlashi va ulardan samarali foydalanishi, media-madaniyatga ega bo‘lishi lozim.
Bunday o‘zgarishlar har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi sa‘y-harakatlarni kuchaytirishga muhim asos bo‘ladi. Bu kelgusida yuqori malakali va raqobatbardosh, kompetentli mutaxassis-kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada jadallashtiradi.
  1. Безрукова В.С. Педагогика. Проективная педагогика: Учеб. Пособие. –Екатеринбург, 1996



10



  1. Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaldagi davlat ta‘lim standartlarining mazmuni

Download 0,69 Mb.