Ona tili fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy ta‘lim bitiruvchilarga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar
Bilishi kerak bo‘lgan:
Grammatik bilimlar: Fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar, ularning muhim belgilari, tushunchalar bilan bog‘liq grammatik atamalarni bilish.
Nutqiy kompetentsiya. O‘qish - harflarni to‘g‘ri talaffuzi, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qilishi, gap ohangi, gapdagi tinish belgilarining talaffuzi, sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish, so‘z urg‘ulari, murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuzi, mumtoz adabiyot namunalarini, so‘z, ibora va atamalarni to‘g‘ri talaffuzi, ma‘nosini anglash.
Fikrni og‘zaki bayon qilish- og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta‘sirchan bo‘lishi, monologik nutq, dialogik nutq mantiqiy jihatning aniq bo‘lishi, matn mazmunining mos bo‘lishi.
Fikrni yozma shaklda bayon qilish- matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, harf va tinish belgilarini to‘g‘ri yozish, husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish, so‘zlar orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilash, tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish, matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va ma‘nodoshlarini qo‘llay olish, matnda xatboshilarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta‘minlash, uyadosh so‘zlardan foydalana olish, diktant, bayon, insho, maqola, ish qog‘ozlari (xat, tabriknoma, tushuntirish xati, tilxat, ariza, ma‘lumotnoma, hisobot, ishonch xati, axborot) ni
17
yozish, sodda va murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf tanlash, xatboshini to‘g‘ri belgilash, til birliklarini fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, tahlil qilish.
Adabiy ta‘lim o‘z oldiga bir qator maqsadlarni qo‘yadi. Majburiy ta‘lim tizimidagi adabiy ta‘lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma‘naviy-axloqiy yo‘nalishlar ustuvorligini ko‘zda tutadi. O‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va qusur haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi, ularga ongli va jonli munosabat bildirishadi, shular asosida o‘zlaridagi axloqiy-ma‘naviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan ochiq hayotiy munosabatlarni aks ettirish zaruriyati esa o‘quvchilar og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojida muhim omil vazifasini ado etadi.
O‘quvchilar turli davr va mamlakatlarda yaratilgan , turlicha dunyoqarash va e’tiqodlarni aks ettirgan, badiiy asarlarning eng yuksak namunalari bilan tanishib boradilar. Shular asosida ularda olam va odamlarning rang-barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning bir butunligi haqidagi tasavvur va qarashlari shakllanib, kengayib, mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u olam va odamga tegishli bo‘lgan barcha hodisalarga emotsional (hissiy) munosabat bildira oladigan darajaga ko‘tariladi, qarashlar, dunyoqarashlar, nuqtai nazarlar xilma-xilligini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
|