• Adabiy –nazariy bilimlar
  • Adabiy jarayonlar
  • Adabiyot fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining bitiruvchilariga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar




    Download 0,69 Mb.
    bet12/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    Adabiyot fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining bitiruvchilariga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar
    Bilishi kerak bo‘lgan:
    Tushunchalar: Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning estetik, tarbiyaviy, ta‘limiy ahamiyati, badiiy so‘z qudrati, so‘zning ifoda imkoniyatlari, so‘z orqali inson ruhiy olami, his-tuyg‘ulari hamda tabiat manzaralarining tasvirlanishi, adabiyot va ma‘rifat, adabiyot va ma‘naviyat, adabiyot va tarbiya, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti namunalari va ularning ijodkorlari, adabiy tur va janrlar haqida umumiy bilimga ega bo‘lish.
    Adabiy –nazariy bilimlar: xalq og‘zaki ijodi: maqol, topishmoq, tez aytish, ertak, rivoyat, hikoyat, masal, lof, latifa, afsona, xalq qo‘shiqlari, doston va uning turlariga xos qonun-qoidalar; epik tur va uning janrlari: hikoya, qissa, romanga xos nazariy tushunchalar; lirik tur va uning janrlari: she’r, ruboiy, qit’a, g‘azal, tuyuq, muxammas, masnaviy va boshqalarga xos qonun-qoidalar; dramatik tur va uning janrlari: drama, komediya, tragediyaga xos nazariy tushunchalar; syujet, kompozitsiya, obraz, prototip, badiiy asar tili, ijodiy metod, uslub, she’riy san’atlar va ularga oid nazariy qoidalar.
    Adabiy jarayonlar: adabiyot so‘z san’ati ekanligini, o‘zbek adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz sharq adabiyoti, zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti, adabiy-badiiy asarlar mazmuni, g‘oyasi va muammosi, ijodkorlarning hayoti va ijodi, asosiy va ikkinchi darajali voqealar, asar qahramonlarini tavsiflash, o‘zaro qiyoslash, matnning tezis va rejalari, muallif nuqtai nazari, asarga nisbatan o‘z nuqtai nazarini asoslash, adabiyot tarixining asosiy tamoyillari, adabiy qahramonlarning ma‘naviy olami, jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyotining jahon adabiyotidagi o‘rni, roman janri, badiiy asarda milliy ruh ifodasi, ruhiy tahlil, adabiyotdagi komil inson tasviri, tashxis, musammat, lirik qahramon obrazi, tragik obrazlar va hayot haqiqati, so‘z san’atining obrazliligi, tarixiy-adabiy jarayonga xos asosiy qonuniyatlar, adabiy tur va janrlar, muayyan bir badiiy asarning turi va janri, asar badiiyatiga xos xususiyatlar.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyot fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining bitiruvchilariga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar

    Download 0,69 Mb.