O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023




Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana22.02.2024
Hajmi9,79 Mb.
#160542
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
6.Internet ilovalar. Xajibayev Baxtiyor

Ko‘rinadigan nurlar. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, ko‘rinadigan nurlar, ya'ni, elektromagnit nurlanishlar 
spektrining bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlaridan iborat qismi 400 nm dan 800 
nm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunligidagi nurlanishlarni o‘z ichiga qamraydi. Inson 
ko‘zi ushbu diapazondagi elektromagnit nurlanishlarni sezish, qayd qilish va tahlil 
qilish uchun eng ideal vosita o‘laroq yaratilgandir. Buning ikkita sababiyati 
mavjud. Birinchidan, aytilganidek, ko‘rinadigan nurlar spektriga oid elektromagnit 
to‘lqinlar, ular uchun shaffof bo‘lgan yer atmosferasida deyarli hech qanday 
qarshilikka uchramasdan tarqaladi. Ikkinchidan, Quyosh sirtining harorati 
(taxminan 6000 °C) shundayki, Quyosh nurlari energiyasining eng yuqori nuqtasi 
aynan bizga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari diapazoniga to‘g‘ri keladi. Shunday 
qilib, sayyoramizdagi hayot va energiyaning bosh omili bo‘lmish Quyosh, o‘z 
energiyasinintg eng katta qismini aynan ko‘rinadigan nurlar diapazonida 
nurlantiradi; qolaversa, bizni o‘rab turgan atrof-muhit ham ushbu nurlar uchun 
deyarli mutlaqo shaffofdir. Shu sababli ham, inson ko‘zining evolyutsion 
taraqqiyoti natijasida, aynan ushbu turdagi elektromagnit to‘lqinlarni qabul 
qilishda moslashib qolgani bejiz emas. 
Yana bir bora ta'kidlash kerakki, fizika nuqtai nazaridan, odamga ko‘rinadigan 
yorug‘lik nurlari diapazoniga tegishli elektromagnit to‘lqinlarning (ya'ni, oddiy 
nurlarning) boshqa turdagi elektromagnit to‘lqinlardan hech bir farqi yo‘q. Ular 
elektromagnit nurlanishlar yaxlit diapazonning torgina bir qism(cha)sini tashkil 
qladi xolos. Bu turdagu nurlarning inson uchun ahamiyati shundaki, odam ko‘zi va 
miyasi biologik jihatdan faqat shu turdagi nurlarni qayta ishlash va tahlil qilishga 
yaraydigan qilib yaratilgandir (yana kim biladi deysiz, inson miyasi va 
tafakkurining biz bilmagan qanchada-qancha imkoniyatlari bo‘lishi mumkin...) 

Download 9,79 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023

Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish