ular ham sun'iy yo‘dosh aloqasini ta'minlashda, hamda boshqa muhim
telekommunikatsion tizimlarda keng qo‘llanadi. Biz uylarimiz tomlarida ko‘rib
ko‘nikib qolgan odatiy sun'iy yo‘ldosh likopchasi (parabola antennasi
tarelkasi)ning o‘lchamlari, aynan shunday turdagi elektromagnit to‘lqinlardan bir
nechtasining
uzunligiga
tengdir.
Ushbu ko‘rinishdagi elektromagnit to‘lqinlarning
nisbatan qisqaroqlari sanoatda,
hamda, maishiy turmushda o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Uzoqqa bormay,
har birimizning oshxonalarimizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli pechlarni eslash
kifoya. Mikroto‘lqinli pechning ishlash mohiyati,
klistron deb
ataluvchi
qurilmadagi elektronalrning o‘ta tezkorlik bilan aylanishi tamoyiliga bog‘liqdir.
Ushbu aylanish natijasida elektronlar muayyan chastotadagi o‘ta yuqori chastotali
elektromagnit nurlanishlarni tarata boshlaydi va ushbu nurlanishlarni suv
molekulalari osonlik bilan o‘ziga singdiradi (yutadi). Mikroto‘lqinli pechga taom
qo‘yilganida, taom tarkibidagi suv molekulalari o‘ziga
kelib tushayotgan
mikroto‘lqinlarning energiyasini yutib oladi hamda natijada tezkorlik bilan
harakatlana boshlaydi. Molekulalarning ushbu jadal harakati natijasida tarkibida
ushbu molekulalar bo‘lgan taomning qizishi (isishi yuzaga keladi).
Boshqacha
aytganda, taomni
tashqaridan turib qizdirish-isitishni amalga oshiruvchi oddiy
pech
yoki,
duxovkalardan
farqli
o‘laroq,
mikroto‘lqinli
pech
mahsulotni
ichidan isitadi.