O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023




Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana22.02.2024
Hajmi9,79 Mb.
#160542
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
6.Internet ilovalar. Xajibayev Baxtiyor

Infraqizil to‘lqinlar: 
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan 
boshalb, 8000 atom diametri (taxminan 800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikdagi 
elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson 
bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik 
tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga 
yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. o‘sha buyumdan, yoki 
olovdan taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil 
nurlanishning o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, 
o‘ljasining tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning 
qayerda va qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham 
mavjud. 
Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida 
elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari
zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish 
sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati 
infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular 
bizga «qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat 
odamlarni yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning 
joylashbuvini ham aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan 
texnika va inshootlar, termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach
o‘ziga singdirib olgan issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil 
detektorlar esa aynan shu narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar 


harbiy maqsadlarda va qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi. 
Xususan, ko‘chki, yoki, vayronalar ostida qolgan tirik odamlarni izlab topishda, 
ularining tanalari taratayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishni shunday detektorlar 
vositasida qayd etiladi va ularning turgan joyi aniqlanadi. 

Download 9,79 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023

Download 9,79 Mb.
Pdf ko'rish