• Rentgen nurlari.
  • O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023




    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/101
    Sana22.02.2024
    Hajmi9,79 Mb.
    #160542
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
    Bog'liq
    6.Internet ilovalar. Xajibayev Baxtiyor

    Ultrabinafsha nurlari 
    Ultrabinafsha nurlar diapazoniga, bir necha ming atom diametriga teng to‘lqin 
    uzunligidagi elektromagnit nurlanishlardan boshlab, atiga bir nechta atom 
    diametriga teng uzunlikdagi nurlanishlar kiritiladi (400-10 nm). Spektrning ushbu 
    qismidagi nurlanishlar tirik organizmlarning faoliyati uchun jiddiy ta'sirlar 
    ko‘rsatadi. Quyosh spektridagi yumshoq ultrabinafsha nurlari (to‘lqin uzunligiga 
    ko‘ra ko‘rinadigan nurlar spektriga yaqin bo‘lgan ultrabinafsha nurlari) muayyan 
    dozalarda terining kuyishini (qorayishni) keltirib chiqaradi. Quyosh nurlari 
    tarkibidan qabul qilingan ultrabinafsha nurlari dozasi ortib ketsa esa, inson terisida 
    o‘tkir kuyishlar - chandiqlar va boshqa nojo‘ya oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. 
    Qattiq (qisqa to‘lqinli) ultrabinafsha nurlar esa, tirik to‘qimalar uchun halokatli 
    ta'sir qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi ultrabinafsha to‘lqinlarda jarrohlik 
    asboblarini sterilizatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha 


    nurlar tibbiy anjomlar va buyumlar sirtidagi barcha mikroorganizmlarga qiron 
    keltirib, bemorlarni infeksion xastaliklardan saqlab qoladi. 
    Yer yuzida yashovchi barcha tirik organizmlar, Quyoshda keluvchi va halokatli 
    ta'sir qudratiga ega bo‘lgan qattiq ultrabinafsha nurlanishlarning ta'siridan 
    mustahkam tabiiy qalqon bilan himoyalangan bo‘lib, ushbu himoya qalqoni 
    vazifasini, Yer atmosferasining ozon qatlami bajaradi. Agar mazkur tabiiy 
    qalqonimiz bo‘lmaganida, balki yerdagi hayot faqat okeanlar tubidagina mavjud 
    bo‘larmidi... 
    Rentgen nurlari. 
    Bir necha atom diametrlaridan boshlab, bir necha yuz atom yadrosi diametrlariga 
    teng to‘lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlarni Rentgen nurlanishlari deb 
    ataymiz. Rentgen nurlari organizmning yumshoq to‘qimalari orqali to‘siqsiz o‘tib 
    bora oladi va tananing qattiq qismlari - suyaklardagina akslanadi. Shu sababli ham 
    rentgen nurlarning tibbiy tashxis uchun ahamiyati beqiyosdir. Huddi 
    radioto‘lqinlar singari, rentgen nurlarining ham kashf etilish, hamda, ularning 
    insonga amaliy ko‘mak berishga o‘tishi orasidagi vaqt tafovuti juda qisqa 
    muddatni tashkil qiladi. Rentgen nurlarini 1895-yilda olmon olimi Vilgelm Konrad 
    Rentgen (1845-1923) kashf qilgan bo‘lib, oradan bir necha oy o‘tib, ushbu fizik 
    kashfiyotdan Parij kasalxonalaridan birda bemorning singan suyagini ko‘rish 
    uchun foydalanilgan. Tez orada ushbu amaliyot butun dunyo tibbiyot 
    muassasalarida ommalashib ketdi. Shunisi qiziqki, o‘sha davr farang gazetalari
    rentgen nurlarining kiyim-kechaklardan ham o‘ta olishi haqida shov-shuv qilib 
    yozarkanlar, ushbu nurlarning tibbiy tashxis vositasi sifatidagi ahamiyati haqida 
    lom-mim deyishmagan ekan... 

    Download 9,79 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami internet ilovalarini ishlab chiqish toshkent – 2023

    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish