• 2.Internet ilovalarini ishlab chiqish haqida asosiy tushunchalar Internet
  • muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish




    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/101
    Sana22.02.2024
    Hajmi9,79 Mb.
    #160542
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
    Bog'liq
    6.Internet ilovalar. Xajibayev Baxtiyor
    480, Sherdorning elektronikadan 4-mustaqil ish (2), 15-mavzu1, Огохлантириш хати Амру Даврон ф х, NORTOJIYEV SHAHZOD. 3-SLAYD, «fizika, matematika va informatsion texnologiyalar» kafedrasi, Reja Ma\'lumotlar ombori tushunchasi. Ma\'lumotlar ombori yaratis-fayllar.org, Ma’lumotlar ombori-fayllar.org, 21352 1 3E95EDD8F9339EA090C9AC512862C1290A894067, k100001, 7 amaliy mashg’ulot; Shakar qo’shib tayyorlangan meva konservalar, jhkhj, Videonı redaktorlaw programmalıq, 1- LABORATORIYA ISHI
    muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish 


    Mavzu: Internet texnologiyasi. Internet ilovalarini ishlab chiqish haqida asosiy 
    tushunchalar 
    Reja: 
    1.Internet texnologiyasi.
    2.Internet ilovalarini ishlab chiqish haqida asosiy tushunchalar 
    Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (I) 
    orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma 
    uchun 
    ochiq 
    toʻplamidir. 
    Bu 
    maʼlumotlarning 
    asosiy 
    tashuvchi 
    protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, 
    internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini 
    minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. 
    Internet elektron 
    pochta, chat hamda 
    oʻzaro 
    bogʻlangan 
    sahifalar 
    va 
    boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. 
    Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro 
    bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va 
    makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda 
    global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan 
    boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni 
    saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha 
    variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. 
    koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. 
    Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa 
    departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. 
    Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) 
    tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga 
    toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy 
    kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha 
    kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-
    yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro 
    tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati 
    doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, 
    akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual 
    ulushiga bogʻliq boʻldi. 
    20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani 
    uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka 
    doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni 
    takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har 
    qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to 
    oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet 
    negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control 
    Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan 
    biri hisoblanadi. 


    Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa 
    departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch 
    taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu 
    jumladan mustaqillari ham). 
    80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. 
    Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 
    foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi 
    bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir 
    sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar 
    oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi 
    ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish 
    borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi. 
    Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, 
    oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni 
    boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish 
    mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering 
    Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar 
    "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-
    asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar 
    oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat 
    koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. 
    Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini 
    tashkil qildi (1999). 
    Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining 
    tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan 
    usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida 
    oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga 
    aylantirdi 
    hamda 

    informatsiya 
    texnologiyalari, 
    radio 
    eshittirish va 
    telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, 
    balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, 
    voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir. 
    Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, 
    teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. 
    k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha 
    vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat 
    faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, 
    iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; 
    istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va 
    jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita 
    vazifasini oʻtaydi. 
    Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari 
    provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), 
    Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya 


    manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning 
    barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo 
    kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. 
    Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy 
    yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan 
    aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi 
    lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan 
    koʻrsatila 
    boshladi. 
    Dastlab 
    Naytov 
    (http://www.naytov.com), 
    Uznet 
    (http://www.uznet.net Arxivlandi 2013-02-16 Wayback Machine saytida.) yoki 
    Istlink (http://www.eastlink.uz Arxivlandi 2020-06-12 Wayback Machine saytida.) 
    kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal 
    rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet 
    tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga 
    ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, 
    Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi 
    maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu 
    maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida 
    joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam 
    beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini 
    maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan 
    "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet 
    varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv 
    dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib 
    boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent 
    kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi 
    mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar 
    haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, 
    kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar 
    saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki 
    mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida 
    suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin. 
    Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy 
    varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi 
    elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda 
    Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan 
    tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" 
    varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000-yil fevral oyidan 
    boshlab Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot" 
    dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. 
    Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar 
    shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot 
    kutubxonasi, 
    Respublika 
    ilmiy-texnika 
    kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar 
    akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa. 


    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro axborot 
    tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-
    tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda 
    oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish 
    milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat. 
    Internetdan 
    foydalanuvchilar 
    soni, 
    mas, AQSH da 
    55 
    mln., Xitoyda 55 
    mln., Yaponiyada 8 
    mln.dan 
    oshib 
    ketdi. 
    Keyingi 
    oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani 
    egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet 
    tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali 
    taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. 
    Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet 
    tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).
    [1]
     
    Internet yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
    1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion 
    tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat 
    nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga 
    olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi 
    voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi. 
    Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy 
    Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-
    yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi. 
    1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim 
    Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi 
    va CERNda dastlabki 
    veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi 
    internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga 
    ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana 
    boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi. 
    Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq 
    arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning 
    yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng 
    katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi. 

    Download 9,79 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish

    Download 9,79 Mb.
    Pdf ko'rish