• Yorug‘likning о‘zifokuslanishi
  • Kuchli yorug‘lik tо‘lqinlari uchun superpozitsiya prinsipining buzilishi.
  • - Mavzu. Spontan majburiy va indutsirlangan nurlanich. Lazerlar. Golografiya




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

    29- Mavzu. Spontan majburiy va indutsirlangan nurlanich. Lazerlar. Golografiya 
    va uning amalda qo’llanilishi. 
     
    Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi 
    (19.2-rasm). Dastlab 
    yorug‘likning kombinatsion sochilishi hodisasi 1928 yilda Rossiyada G.S.Landsberg 
    va L.I.Mandelshtam hamda ularga bog‘liq bо‘lmagan holda Hindistonda CH.V.Raman 
    va K.S.Krishnan tomonidan kuzatilgan. MKS ni 1962 yilda Vudberi va Nga kuzatdilar. 
    Bu effektnng ma’nosi shundaki, kuchli lazer dastasi maydonida muhit intensiv 
    nurlanish generatsiyalaydi. Bu nurlanish chastotasi, lazer chastotasiga nisbatan, 
    molekulyar tebranishlar chastotasiga teng bо‘lgan kattalikka siljigan bо‘ladi. Bu 
    jarayon mexanizmi, spontan sochilishdagi kabi, molekulyar tebranishlar tomonidan 
    vujudga keltiriluvchi yorug‘lik modulyatsiyasidan iborat. Yо‘nalishi har tomonga va 
    kuchsiz bо‘lgan spontan sochilishdan farqi shundaki, majburiy sochilish lazer 
    generatsiyasini eslatadi. Majburiy sochilishning quvvati va yо‘nalishi lazer dastasining 
    analogik parametrlariga yaqindir. Buning sababi shundaki, majburiy sochilish xaotik 
    molekulyar-issiqlik tebranishlarda bо‘lib о‘tmay, balki 
    muhitning 
    yorug‘lik tomonidan uyg‘otilgan va 
    fazalangan katta hajmida rо‘y beradi. Spontan 
    sochilishining majburiy sochilishiga о‘tishi uyg‘otuvchi 
    yorug‘likning 
    MKS 
    ostonasi
    deb 
    atalmish 
    intensivligidan oshganida rо‘y beradi. MKS ni 1962 
    yilda Vudberi va Nga kuzatdilar. 
    Yorug‘likning о‘zifokuslanishi
    - bu kuchli lazer 
    dastasi maydonida muhitning fokuslovchi (linzaviy) 
    hususiyatlarga ega bо‘lishidir (19.3-rasm). Buning natijasida yorug‘lik dastasi yupka 
    yorug‘lanuvchi ipga aylanadi yoki bir nechta shunday iplarga bо‘linadi. 
    Kuchli yorug‘lik tо‘lqinlari uchun superpozitsiya prinsipining buzilishi.
    Nochiziqli optik hodisalarning kо‘p qirraligida, ularning barchasiga tegishli bо‘lgan, 
    ba’zi bir umumiy hususiyatlarni kо‘rsatish mumkin. 
    Birinchidan
    , yorug‘lik 
    intensivligiga kuchli bog‘lanish mavjud. Ma’lumki, nochiziqli optik effekt yetarlicha 
    yuqori quvvatli yorug‘lik intensivliklarida sezilarli bо‘ladi. Nochiziqli optika - kuchli 
    yorug‘lik maydonlari, yuqori quvvatli lazer dastalari optikasidir. 
    Ikkinchidan

    19.3-rasm. 


    75 
    nochiziqli effektlar uchun superpozitsiya prinsipining buzilishi xarakterlidir. Bu 
    prinsipning moxiyati shundaki, har xil chastotali, yо‘nalishli, qutblanishli yorug‘lik 
    tо‘lqinlari muhit bilan bir-biridan mustaqil ravishda о‘zaro ta’sirlashadilar va 
    tarqaladilar. Nochiziqli optikada bunday emas. Bunda yangi spektral komponentlar 
    paydo bо‘ladi, har xil yorug‘lik tо‘lqinlari о‘zaro ta’sirlashadilar, bitta tо‘lqinning 
    ikkinchisiga aylanishigacha ular orasida energiya almashinishi rо‘y beradi. Masalan, 
    ikkinchi optik garmonika generatsiyasi. 

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu. Spontan majburiy va indutsirlangan nurlanich. Lazerlar. Golografiya

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish