• 2dncosr=m  munosabatdan aniqlanadi. Ravshanki, r
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

    R1
    plastinkaga tushadi. 
    R1
    plastinka 
    orqali o‘tgan 
    AV
    nur 
    S1
    ko‘zgudan qaytadi va yana 
    R1
    plastinkaga tushib, qisman undan 
    o‘tadi va qisman 
    AO
    yo‘nalishda qaytadi. 
    AS
    nur 
    S2
    ko‘zgudan qaytadi va 
    R1
    plastinkaga 
    tushib qisman 
    AO
    yo‘nalishda o‘tadi. 
    AO
    yo‘nalishda tarqalayotgan ikkala (
    1 va 2
    ) to‘lqin 
    L
    manbadan chiqayotgan ajratilgan to‘lqinlar bo‘lgani uchun ular o‘zaro kogerent bo‘ladi va 
    bir–biri bilan interferensiyalasha oladi. 
    2
    nur 
    R1
    plastinkani uch marta, 
    1
    nur esa bir marta 
    kesib o‘tgani uchun, 
    1
    nur yo‘liga 
    R1
    plastinka bilan bir xil bo‘lgan 
    R2
    plastinka qo‘yiladi: bu 
    plastinka oq yorug‘lik bilan ishlaganda muhim bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l farqini 
    kompensatsiyalash 
    maqsadida 
    qo‘yiladi.. 
    Bu interferension manzara 
    S2
    ko‘zgu bilan 
    S1
    ko‘zguning 
    R1
    plastinkadagi mavhum 
    S

    1
    tasviri orasida hosil bo‘lgan havo qatlamidagi interferensiyaga mos keladi. Halqalarning 
    burchakli diametri interferometr yelkalari uzunliklarining farqi va interferensiyaning tartibiga 
    bog‘liq ravishda 
    2dncosr=m

    munosabatdan aniqlanadi. Ravshanki, 
    r
    burchakning qiymati 
    juda kichik bo‘lganda ko‘zguning chorak to‘lqin uzunligi qadar surilishi ko‘rish maydonida 
    yorug‘ halqaning qora halqa o‘rniga va aksincha, qora halqaning yorug‘ halqa o‘rniga 
    tushishiga 
    mos 
    keladi. 
    Ko‘zgular rostlash vintlari vositasida to‘g‘rilanadi. Ko‘pincha ko‘zgular shunday 
    o‘rnatiladiki, bunda ekvalent havo qatlamining qirrasiga parallel joylashadigan teng qalinlik 


    124 
    interferension polosalari ko‘rinadi. Ko‘zgular orasidagi masofalar katta bo‘lganda 
    interferensiyalavchi nurlar orasidagi yo‘l farqi g‘oyat katta (106 

    dan ortiq) qiymatlarga 
    yetishishi 
    mumkin, 
    ya’ni 
    millioninchi 
    chamasidagi 
    poloslar 
    ko‘rinadi. 
    Ravshanki, bu holda monoxromatiklik darajasi juda yuqori bo‘lgan yorug‘lik manbalari 
    kerak. V.P.Linnik 
    «mikrointerferometr»
    yasadi, bu asbob Maykelsonning kichik 
    interferometri bo‘lib, odatdagi mikroskopga kiygiziladi. Bu asbob sirtdagi juda mayda 
    notekisliklarni kuzatish va o‘lchashga imkon beradi hamda sirtlar sifatini tekshirishda 
    ishlatilishi mumkin.
    Ammo ikki nurning interferensiyalashishi tufayli vujudga keladigan manzaraning bir 
    kamchiligi mavjud: ekrandagi yoritilganlik maksimumdan minumumga tomon asta-sekin 
    o‘zgarib boradi. Boshqacha qilib aytganda maksimumlar yoyilganroq bo‘lib, umumiy fonda 
    unchalik aniq ajralib turmaydi. Interferension manzaraning keskinligini oshirish uchun ikki 
    emas, balki ko‘proq kogerent nurlarning interferensiyalashishidan foydalanish lozim. Shuning 
    uchun 
    ham 
    hozirgi 
    vaqtda 
    asosan 
    ko‘p 
    nurli 
    interferometrlar 
    ishlatiladi.
    Yuqoridagi rasmda Maykelson interferometrining zamonaviy korinishi tasvirlangan bo'lin 
    talabalar shu jihozda tajriba ishlarini olib borishadi. 

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish