• Qo‘ziqorin pishirilgan suv.
  • Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho‘rva




    Download 142.17 Kb.
    bet7/27
    Sana09.03.2024
    Hajmi142.17 Kb.
    #169039
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
    Bog'liq
    2-mavzu
    Boymurov Marufbek, Buxoro davlat universiteti, import UIKit
    Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho‘rva. Bunday sho'rvanitayyorlashda ishlovdan o'tgan baliq va boshi, suzgich qanotlari, dumi, terisi,suyagi kabi ozuqali chiqitlari ishlatiladi. Okun oilasiga mansub okun, sudak, yershchva boshqa baliqlardan yaxshi qaynatma tayyorlanadi. Zog'ora baliq, sazan, lesh,vobla baliqlaridan qaynatma tayyorlash tavsiya etilmaydi. Chunki bu baliqlardantayyorlangan qaynatmaning mazasi taxir bo'ladi. Osyotr oilasiga mansub baliqlarningyirik suyaklari va boshi boiaklarga bo'linib, ko'zi va oyqulog'i olib tashlanadi vaqaynatmada mahsulot sifatida ishlatiladi.Ishlovdan o l ib tayyorlangan baliq. baliq chiqitlari qozonga solinib, ustidansovuq suv (1 kg mahsulotga 3—3.5 litr suv) quviladi va olovni balandlatibqaynatiladi. Qozondagi masalliq qaynab chiqqach, ustidagi ko'pigi olib tashlanadi.Xom ko'kat ildizi, to'g'ralgan piyoz solib past olovda 50—60 minut qaynatiladi.Qaynatma iste’molga tayyor holga kelgach, tindiriladi va elakdan o'tkazib. suzibolinadi.Osyotr oilasiga mansub baliq boshidan qaynatma tayyorlashda baliq boshiqozonga solinib, bir soat qaynatilgandan so'ng qozondan go'shti ajratib olinadi.kemirchak suyagi esa yumshoq holga kelguncha 1 — 1,5 soat davomida qaynatiladi.Tayyor qaynatma elakdan o'tkazib suziladi. Ajratib olingan baliq go'shti vayumshagan kemirchak suyagi bo'laklarga bo'linib, taom tarqatishda qo'shib boriladi.
    Qo‘ziqorin pishirilgan suv. Buning uchun yangi yoki quritilgan qo'ziqorinlarishlatiladi. Quritilgan qo'ziqorin saralanadi, tozalab yuviladi. biroz sovuq suvdabo'ktirilib (10—15 minut) qotib qolgan tashqi mahsulotlari ivitiladi. Yuvib tashqimahsulotlardan holi qilingandan so'ng, 1 kg qo'ziqoringa 7 litr sovuq suv solinib,3—4 soat davomida bo'ktiriladi. Qo'ziqorin suzilib, chayib tashlanib, o'zi bo'ktirilgansuvida 1.5—2 soat davomida pishiriladi. Tayyor qo'ziqorin suzib olinib, qumqoldiqlari qolgan bo'lsa, suvda yuvib tashlanadi, qaynatma esa biroz tindirilib,yuzidan suzib, elakdan o'tkaziladi. Qum qoldiqlari bo'lishi ehtimoli bo'lgani uchunelakdan o'tkazilayotgan qaynatmadan biroz qoldiriladi. Tayyor qo'ziqorin maydato'g'ralgan holda yoki qiymalovchi mashinadan o'tkazilgan holda qaynab turgansuyuq taom tayyor bo'lishidan 5—10 minut avval solib ishlatiladi.



    Download 142.17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




    Download 142.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baliqdan tayyorlanadigan qaynatma quruq sho‘rva

    Download 142.17 Kb.