• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 430,06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana03.12.2023
    Hajmi430,06 Kb.
    #110291
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    137 Yusupova Shahzoda 914-920
    Jumayeva Umidaxon Nasr, Kirish qismi, Ingliz tili grammatikasi (M.G\'apporov, R.Qosimova), 1-Laboratoriya узб, grafika m t 3 o\'lchovli, 3-ma’ruza po‘lat sortamenti-fayllar.org, Siydik haydovchi vositalarining klinik farmakologiyasi, Fan Qiyosiy pedagogika (3), Raqamli modulyasiya mustaqil ish , Test argos uz hech kimga bermang, bozor iqtisodiyoti, Снимок экрана 2023—12—20 в 18.02.46, universal ariza budjet, 11-sinf-informatika-dars-ishlanma
    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 9 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    915 
    w
    www.oriens.uz
    October 
    2021
     
    Tajriba sinov ishlarining asosiy maqsadi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga 
    algebraik materiallar, xususan tenglama va tengsizliklar, tenglama tuzib yechiladigan 
    masalalarga oid bilimlarni berishda an’anaviy ta’limga asoslangan metodlarning 
    samarasini tekshirish, o‘quvchilarda kuzatilgan natijalar qay darajada ekanligini 
    aniqlash, o‘quvchilarning olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmasining 
    shkllanganlik darajasini aniqlash, shu asosda ularni hayotga, kasbiy ko‘nikmaga 
    to‘g‘ri shakllantirish uchun ishlab chiqilgan nazariya va takomillashgan o‘qitish 
    uslublarini pedagogik amaliyotda sinab ko‘rishdan iborat deb belgilandi.
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    Pedagogik tajriba-sinov ishining vazifasiga o‘rganilayotgan hodisani kuzatishni 
    muntazam o‘zgartirish va uning tabiatini aniqlash uchun boshqa hodisalar bilan 
    bog‘lanishini o‘rnatish, mazkur jarayonni ongli o‘rganish va kelib chiqishini bilish 
    kiradi. 
    Tajriba-sinov ishlari maqsadidan kelib chiqan holda uni o‘tkazishdan oldin
    quyidagi vazifalar belgilanadi: 
    - O‘quvchilarda shakllangan tenglamalarni yechishga oid kompetensiyalarning 
    mavjud holatini o‘rganish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va 
    o‘qituvchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, suhbatlar tashkil etish, dars jarayoni 
    va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda muammo doirasidagi amalga oshirilayotgan 
    ishlarni kuzatish, ta’limning hozirgi holatiga nisbatan o‘qituvchilarning fikr-
    mulohazalarini o‘rganish va tahlil etish.
    - Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda matematikaga oid kompetensiyalarni 
    rivojlantirish imkonini beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash. Fan bo‘yicha Davlat 
    ta’lim standartlarida belgilangan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, 
    ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar hajmi, mazmuni aniqlash va tahlil qilish. 
    - O‘quvchilarda algebraik materiallarga oid kompetensiyalarni rivojlantirish 
    jarayonida ko‘zga tashlanayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish 
    chora-tadbirlarini belgilash. 
    - O‘quvchilarda algebraik materiallarga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga 
    xizmat qiluvchi samarali ta’lim texnalogiyalarini aniqlash. Takomillashgan ta’lim 
    me’todlari asosida tuzilgan dars ishlanmalar tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
    natijalarini tahlil etish, ulardagi matematikaga oid kompetensiyalari darajasini 
    aniqlash, o‘quvchilarning fanga oid mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ko‘rsatkichlarini 
    tahlil etish.



    Download 430,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 430,06 Kb.
    Pdf ko'rish