Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi




Download 113,98 Kb.
bet18/20
Sana25.06.2024
Hajmi113,98 Kb.
#265614
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Menejment texnologiyasi

Iqtisodiy model –iqtisodiy hodisa yoki jarayonni ilmiy abstraktsiyalashdan foydalanish bilan chizmali tasavvur qilish, uning oʼziga xos alomatlarini aks ettirishdir. Matematik modellar – har qanday faoliyatni muvofiqlashtirish vazifalarini hal qilishning asosiy vositasidir. Oʼzining mohiyati boʼyicha modellar – rejaviy hisoblashlarning vositasidir.
Ularning iqtisodiy tahlil va qarorlarni muvofiqlashtirish uchun qiymati shundan iboratki, ular rejaviy vazifalarning keskinligini baholash, uskunalar, resurslar turlari va h.k. Limitlashtiruvchi guruhini belgilashga imkon yaratadilar. Hodisa va jarayonlarni matematik modellashtirish tadqiqot qilinaѐtgan obʼekt haqida aniq tasavvurni olish, uning ichki tuzilishi va tashki aloqalarini taʼriflash va miqdoriy bayon qilish imkoniyatini beradi.
Iqtisodiy-matematik model haqiqatga adekvat boʼlishi, oʼrganilayotgan obʼyektning muhim tomonlari va aloqalarini aks ettirishi kerak. Har qanday iqtisodiy–matematik modelni qurish uchun oʼziga xos alomatlar mavjud. Modellashtirish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga ajratish mumkin:

  1. oʼrganilayotgan hodisa yoki jarayonga xos boʼlgan qonunlar va uning tuzilishi xususiyatlari haqidagi empirik maʼlumotlarni tahlil qilish (tahlil asosida modellar shakllantiriladi);

  2. modellashtirish ѐrdamida masalani yechish mumkin boʼlgan usullarni aniqlash; 3) olingan natijalarni tahlil qilish.

Qarorlar qabul qilish jarayoni muqobillarni tanlash bilan yakunlanadi. Bunda uchta usuldan foydalaniladi: oldingi tajribani hisobga olish, tajriba oʼtkazish, tadqiqot va tahlil qilish. Birinchi usul boshqalarga qaraganda koʼproq qoʼllaniladi. Аmmo shuni nazarda tutish kerakki, rejalashtirishda hamma vaqt ham oldingi tajribani hisobga olish mumkin emas, chunki u vaziyatli xarakterga ega boʼladi. Аgar u sinchiklab tahlil qilinsa va buning natijasida muvaffaqiyatlar yoki muvaffaqiyatsizliklarning sababi aniqlansa, u foydali boʼladi. Tajriba oʼtkazishda bitta yoki bir nechta muqobillar amaliyotda tekshiriladi, Masalan, yangi vazifaga belgilash koʼpincha stajirovkani borishida tekshiriladi. Bu usul keng qoʼllaniladi, ammo uni oʼtkazish, qoidaga koʼra, katta xarajatlarni talab qiladi. Bundan tashqari, menejerda tajribadan keyin ham boʼlgʼusi vaziyat hozirgisini takrorlashiga shubha boʼladi, shuning uchun uning natijalari har tomonlama koʼrib chiqilishi va tahlil qilinishi kerak. Tadqiqotlar va tahlilni oʼtkazish muqobillarni yigʼishning gʼoyatda samarali usuli hisoblanadi. U muammoni uning eng muhim oʼzgaruvchanligi, cheklashlari va asoslari oʼrtasidagi oʼzaro aloqalarini qidirib topish asosida hal qilish hamda muammoni tashkiliy qismlarga ajratish va oʼrganishni koʼzda tutadi. Qarorlarning turli modellarini ishlab chiqishda kompyuterlardan foydalaniladi. Qarorni bajarish bosqichi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:

  • qarorning bajarilishini tashkil etish;

  • qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish, faoliyat va qarorga tuzatishlar kiritish; - qarorni bajarish boʼyicha faoliyatini baholash.

Qarorni bajarilishini tashkil etish koʼpgina kishilar harakatlarini muvofiqlashtirishni koʼzda tutadi. Menejer kishilarni qarorni bajarishga undashi kerak. Buning uchun qarorni bajarish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqish, huquq va majburiyatlarni ishtirokchilar orasida, ularning qobiliyatlaridan samarali foydalanishni hisobga olish bilan taqsimlash zarur. Yana axborotlar almashinuvi uchun kommunikatsion tarmoqni qurish, ishtirokchilar oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularning manfaatlarini muvofiqlashtirish kerak. Yana qarorning bajarilishini borishida oʼz ichiga xato va yutuqlarni topish tizimini oluvchi axborotlarni olish mexanizmini ishlab chiqish zarur, u harakatlarga tuzatish kiritish imkoniyatini beradi. Birinchi manbalardan olingan axborotlar eng yaxshi hisoblanadi, chunki bu holda muammo va ularning yechimlari toʼgʼriroq baholanadi va menejerning muammoni hal qilishga manfaatdorligini qoʼli ostidagilarga koʼrsatishga imkoniyat paydo boʼladi. Shunday qilib, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishi va ularni amalga oshirilishi bu yerda oqilona jaraѐn sifatida, yaʼni qarorni bajarish va muammoni bartaraf etish uchun oʼtish kerak boʼlgan bosqichlar seriyasi sifatida berilgan.

XULOSA
Axborotni tahlil qilish va uning asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish boshqaruv texnologiyasini tashkil etadi. Boshqaruv tizimidagi ierarxiya mas'uliyatni boshqaruvning quyi bo'g'inlariga o'tkazish, qarorlar qabul qilish jarayonini va boshqaruv tashkilotining o'zini markazlashtirish va markazsizlashtirish muammolarini hal qiladi.
Boshqaruv tizimining ishlash jarayoni uni takomillashtirish va ratsionalizatsiya qilish bo'yicha ishlarni o'z ichiga oladi, chunki zamonaviy boshqaruv qarorlar qabul qilishning oqilona usullariga asoslanadi.
Boshqaruv tizimi sifatida boshqaruvga yondashuvning har bir jihati uni statika va dinamikada o'rganishni talab qiladi; global, mahalliy faoliyat doirasida; hozirgi va kelajak uchun. Va bu maqsadlarni shakllantirishda, ularga erishish uchun ta'sir qilish usullarida, kompaniya strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishda, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida, kompaniyaning boshqariladigan ob'ekt sifatida ishlashida namoyon bo'ladi.
Menejmentning yakuniy maqsadi ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish va texnik va texnologik bazani rivojlantirish, shuningdek, bir vaqtning o'zida inson resurslaridan samarali foydalanish orqali kompaniya faoliyatida rentabellikni yoki rentabellikni ta'minlashdir. har bir xodimning malakasi, ijodiy faolligi va sadoqatini oshirish.
Korxonaning rentabelligi uning ishlab chiqarish va sotish faoliyatining samaradorligini ko'rsatadi, bunga xarajatlarni (xom ashyo, materiallar, energiya, mehnat, moliyalashtirish xarajatlari) minimallashtirish va ishlab chiqarish natijalaridan daromadni maksimal darajada oshirish - mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali erishiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish va jamiyat dinamikasi sharoitida boshqaruv uzluksiz rivojlanish holatida bo'lishi kerak. Buni ta'minlash uchun tendentsiyalar va imkoniyatlar bo'yicha tadqiqotlar olib borish, rivojlanishning muqobil va yo'nalishlarini tanlash kerak.


Download 113,98 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 113,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi

Download 113,98 Kb.