XULOSA…………………………………………………………………………50




Download 113,98 Kb.
bet2/20
Sana25.06.2024
Hajmi113,98 Kb.
#265614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Menejment texnologiyasi

XULOSA…………………………………………………………………………50
TAYANCH IBORALAR……………………………………………….….……51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….…..52
































KIRISH.


Menejment texnologiyasi asosiy funksiyalari menejerlar faoliyatini yaxshilash uchun moʻljallangan keng turdagi apparat va dasturiy yechimlardan iborat. Texnologiya boshqaruvga xizmat qilish uchun moslashtirilganligi sababli texnologiyani aloqa, rejalashtirish, monitoring va nazorat kabi atamalar bilan ta'riflash mumkin. Texnologiya har bir xususiyatni qanday yaxshilashi mumkinligini tushunish undan raqobatdosh ustunlik uchun samarali foydalanishning kalitidir.
Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Har qanday ishlab chiqarish korxonlari yoki firmalari o’z faoliyatini boshlar ekan o’sha korxonada boshqaruv mexanizmi ishga tushadi. Har bir boshqaruvchi o’z faoliyatini gullab yashnashi yoki tanazzulga uchrashi uning chiqargan qarorlariga asosan bog’liq bo’ladi. Demak menejerning har bir chiqargan qarori korxona taqdirini hal qilar ekan. Menejerning qanchalik aniq va asosli qaror chiqarishi bu uning menejment haqidagi bilimlariga, ko’nikma va malakalariga bog’liqdir. Menejment qonunlari va tamoyillari uning poydevorini talab qiladi. Biz kundalik hayotimizda amal qilishimiz kerak bo’lgan qonun qoidalar yig’indisi Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya bizni turli hil havf-xatarlarni qilishimizga to’sqinlik qiluvchi norma hisoblanadi. Agar biz konstitutsiyamizga qarshi chiqsak, uning moddalarini qo’pol ravishda buzsak, bu biz uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xuddi shuningdek, har bir menejer xoh ishlab chiqarish korxonasi menejeri bo’lsin, xoh kichik biznes sub’yekti bo’lsin o’zi faoiliyat ko’rsatayotgan korxona yoki firmani boshqaruvini tashkil qilishda menejment tamoyillari va qonunlarini joriy etishsiz muvofaqiyatga erishishi qiyindir. Qisqa qilib aytganda, menejment qonunlari va tamoyillari boshqaruvining “Konstitutsiya”si hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Konstitutsiyaga amal qilmaslik o’zining salbiy oqibatlariga olib kelsa, menejerlarning boshqaruv Konstitutsiyasiga amal qilmasligi ham o’zining salbiy oqibatlariga ega. Hozirgi kunda menejmentni rivojlantirish bo’yicha yurtimizda ko’pgina chora tadbirlar o’tkazilmoqda. Haqiqatdan ham menejment tor doirali tushuncha emas. U har bir sohaning asosida yotadi. Har qanday boshqaruvni to’g’ri tashkil etishda menejmentning qonun qoidalarini, tamoyillarini bilmasdan turib, ushbu tarmoq sohasi boshqaruvini to’g’ri yo’lga qoyib bo’lmaydi.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy,kibernetikava boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar:makroiqtisodiyot,mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir.
Menejment - iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ulami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Menejment nafaqat biznesni qanday olib borishni tushunishga yordam beruvchi, balki turli-tuman vaziyatlarda xatoliklardan qochishni o‘rgatuvchi inson bilimlari sohasidir. Zamonaviy menejment ko‘pincha strategik rejalashtirish va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan duch kelmoqda, chunki tashqi muhitning to‘satdan va tez o‘zgarishi, asosan texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga boshqaruv strukturalari ham o‘zgarmoqda, ko‘proq nomarkazlashuv afzal ko‘rilmoqda. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolarning chiqishiga va original yondashuvlarning ishlab chiqilishiga moslashib bormoqda. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ketma-ketlikda bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi manyovrlar yangi vaziyatlarda ularni sarflashdagi aniqlikka qaraganda ko‘proq qadrlanadi. Menejmentni fan sifatida kiritish hozirgi paytda katta iqtisodiy yutuqlar, innovatsion o‘zgarishlar, inson mehnatiga umuman yangi bo‘lgan yondashuvlar, ijodiy individullikning rivojlanishi va boshqalar bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishlarning barchasini o‘rganish mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan hamda samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko‘maklashadi. Innovatsion o‘zgarishlar davrida fanni o‘rganish ehtiyoji kun sayin kengayib bormoqda. Zamonning o‘zi yangicha fikrlay oladigan, aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan rahbar xodimlarga talabni kuchaytirmoqda. Mazkur kurs ishi menejment fani doirasida o’rgangan bilimlarimni takrorlashga va mustahkamlashga xizmat qiladi degan, umiddaman.



Download 113,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 113,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA…………………………………………………………………………50

Download 113,98 Kb.