Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi




Download 113,98 Kb.
bet4/20
Sana25.06.2024
Hajmi113,98 Kb.
#265614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Menejment texnologiyasi

Tahlil usullari

Mazmuni

1

Tizimli yondashuv

• Boshqariluvchi ob’yekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi.
Bu yondashuv turlicha bo‘lishi mumkin:
-tizimli-kompleks yondashuv;
-tizimli-funksional yondashuv;
-tizimli-tarkibiy yondashuv;
-tizimli-kommunikatsion yondashuv;

2

Kompleks yondashuv

• Boshqariluvchi ob’yekt boshqa ob’yektlar bilan o ‘zaro bog'lanishda va aloqadorlikda qaraladi

3

Tarkibiy yondashuv

• Boshqariluvchi ob’yekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o ‘rganiladi.

4

Vaziyatli yondashuv

• Boshqanluvchi ob’yektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning m a’- qul uslubi qo‘llaniladi.

5

Integratsion yondashuv

• Boshqanluvchi ob’yekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kopmleks, tarkibiy yondashuv) bilan birgalikda boshqariladi

6

Modellashtirish usuli

• Boshqanluvchi ob’yekt bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayorlanadi

7

Iqtisodiy matematik yondashuv

• Optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo‘llash

8

Kuzatish usuli

• Boshqanluvchi ob’yekt to‘g ‘risidagi m a’lumotlami rejali, ilmiy, uyushtirilean asosda to ‘plash usuli.

9

Eksperiment usuli

• Boshqaruv jarayonida boshqariluvchi ob’yektga nisbatan namunaviy usullami qoMlash

10

Sotsiologik kuzatuv usuli

• Boshqarish maqsadida turli so‘rovnomalar, suhbatlar, testlar, infrato‘zilmaviy tahlillar o ‘tkazish

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullaming hammasidan uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
Umumiy ko‘rinishda boshqaruv ikkita obyektning maqsadiga qaratilgan o‘zaro hamkorligidan iborat bo‘lib, bunda ulardan biri boshqaruv subyekti o‘rnida, boshqasi esa boshqaruv obyekti o‘rnida bo‘ladi. Bu o‘zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir:

  • boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatish impulslari (boshqaruv buyruqlari)ni jo‘natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega bo‘ldilar;

  • boshqaruv obyekti ushbu impulslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi. Boshqaruv sub’yekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv ob’yekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bo‘ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv sub’yekti, ishchilar esa – boshqaruv ob’yektlari bo‘ladi. Tashkilotning tijorat direktori bo‘linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’yekti, ko‘rsatilgan bo‘linmalar – boshqaruv ob’yektlari bo‘ladilar.


Download 113,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 113,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi

Download 113,98 Kb.