• Boshqarish bo‘g‘ini
  • Menejmentning tashkiliy tuzilmalari va xorijiy modellari




    Download 113,98 Kb.
    bet8/20
    Sana25.06.2024
    Hajmi113,98 Kb.
    #265614
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    Menejment texnologiyasi

    1.3. Menejmentning tashkiliy tuzilmalari va xorijiy modellari
    Menejment strukturasi deganda menejment maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning ma’lum bir vazifalarini hal qilish uchun muayan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysunishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil etadi. Bunday struktura odatda «Boshqaruv apparati strukturasi» deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining bo’limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari va ularga xos bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo'limlar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. Boshqarishning maqsadlari, funksiyalari, vazifalari, ob’yektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy tuzilishlarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo'ladi.
    Boshqarish bo‘g‘ini - boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo‘limlaridir. Bu bo'limlar o'rtasidagi bog‘lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega.
    Boshqarish bosqichi - bu iyerarxiyaning muayan darajasida amal qiladigan bo‘g‘indir. Masalan: vazirlik
    —►birlashma— ►korxona —►sex —► uchastka Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga odatda, quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysunishini ko'rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir. Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidag munosabatlar tartibi axborot kabi boshqarishning tahskiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil etadi. Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo’lishi mumkin, Chunonchi:
    > butun milliy iqtisodiyotni boshqarish;
    > har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; > korxonalar ichidagi bo‘limlarni boshqarish.
    Boshqarish strukturasini guruhlash belgilari vositasida yanada yaqqollashtirish mumkin. Quyidagi belgilar boshqarish strukturasini aniqlovchi belgilari hisoblanadi.

    Download 113,98 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 113,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Menejmentning tashkiliy tuzilmalari va xorijiy modellari

    Download 113,98 Kb.