|
Menejment strukturasini belgilovchi omillar
|
bet | 9/20 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 113,98 Kb. | | #265614 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiMenejment strukturasini belgilovchi omillar:
-Strukturani aniqlovchi belgilar: menejment maqsadi; menejment funksiyalari va vazifalari; xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar guruhi; ish vaqti tartibi, interval va boshqalar.
-Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar: tashqi muhit; texnologiya; korxonaning kattakichikligi; biznes strategiyasi; xodimlar soni; qabul qilinadigan qarorlar tizimi; shakllangan struktura va boshqalar.
Strukturani optimallashtiruvchi belgilar: yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan, unchalik katta bo‘lmagan bo’limlar va bo‘g‘inlar; ko‘p bo’lmagan boshqaruv bo‘g‘inlari; o‘zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozirjavoblik; yuqori darajadagi unumdorlik; past darajadagi xarajatlar; ish jadvalining bevosita iste’molchilarga moslashtirilishi va h.k.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan boshqarish maqsadi, funksiyalari va vazifalari hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘pgina hollarda yangi korxona yoki muassasalarni tuzish paytida avval boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlaming tarkibi, boshqarish apparati shtatlari belgilanadi, keyin ular o'rtasida funksiyalar taqsimlanadi. Lekin bu jarayon aksincha boiishi kerak, ya’ni dastlab maqsadga binoan funksiyalar soni aniqlanishi, keyin esa, boshqarish strukturasini tashkil etishga kirishish kerak. Agar funksiya miqyosi uncha katta boim asa, u holda mazkur korxonada biron-bir bo‘linmani tashkil qilishga yoki qo‘shimcha lavozimni kiritishga hojat bo‘lmaydi.
Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalami muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuqtai-nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1.Boshqarish strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo’lishi kerak. Bo’g’in va bosqichlar sonining asossiz ko‘payib ketishi:
-boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishiga;
-axborotlarning o‘tish yo‘li va vaqtining cho‘zilib ketishiga;
-boshqarishda parallel ishlash va takrorlanishlarning vujudga kelishiga.
-boshqarishda mas’uliyatsizlik unsurlarining tug‘ilishiga va pirovardda boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi.
2.Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta’minlashi lozim.
Bu faoliyat joriy vazifalarni o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob’yektlarining joylashuvi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Menejmentning quyidagi asosiy tashkiliy tuzilmalari ma’lum. 1.3.1-chizma
|
| |