• Boshqaruv vazifalari
  • Boshqaruv texnologiyasi tushunchasi, jarayoni va vazifalari




    Download 113,98 Kb.
    bet12/20
    Sana25.06.2024
    Hajmi113,98 Kb.
    #265614
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
    Bog'liq
    Menejment texnologiyasi

    II.BOB. BOSHQARUV TEXNOLOGIYASI, JARAYONI, QARORLARI VA VAZIFALARI.

    2.1. Boshqaruv texnologiyasi tushunchasi, jarayoni va vazifalari.


    Boshqaruvga jarayon sifatida qarash lozim. Boshqaruv jarayoni – bu tashkilot resurslarini u tomonidan oʼz maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish boʼyicha uzluksiz, izchil bajariladigan, oʼzaro bogʼlangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yigʼindisi hisoblanadi.
    Boshqaruv vazifalari - boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan maʼlum tuzilmaga ega boʼlishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak boʼlgan harakat tushuniladi. Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va vazifalarning mazmuni tashkilotning turi (maʼmuriy, ijtimoiy, taʼlim va h.k), uning faoliyati koʼlami va sohalari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar koʼrsatish), boshqaruv ierarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, oʼrtacha yoki quyi darajasi), tashkilot ichidagi roli ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bogʼliq. Boshqaruvning tashkilotdagi vazifalari turli-tumanligiga qaramay faoliyatning bir xildagi turlari mavjud boʼladi. 1916 yilda ushbu kontseptsiyani birinchi boʼlib ishlab chiqqan А. Fayolning yozishicha, beshta dastlabki vazifalar mavjud boʼladi: boshqaruvni oldindan aytib berish va rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni bildiradi. Gap u yoki bu tashkilot xususiyatlari (oʼlchami, belgilanishi, mulkchilik shakllari va h.k) dan qatʼiy nazar boshqaruvning har qanday jarayoni tarkibiy qismlari boʼlgan vazifalar haqida ketmoqda, shuning uchun ularni umumiy deb ataydilar.
    Zamonaviy tadqiqotchilar boshqaruv vazifalarining boshqa roʼyxatini ishlab chiqqanlar: rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish (yoki buyruqlar berish), motivatsiya, rahbarlik, muvofiqlashtirish, nazorat, kommunikatsiyalar, tadqiqot qilish, baholash, qarorlar qabul qilish, xodimlarni tanlash va killilik va muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish. Аmalda boshqaruv boʼyicha har bir ishda umumiy boshqaruv vazifalari boshqarishdan bir oz farq qiladilar.
    Shunga karamay, boshqaruvning beshta umumiy vazifalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

    • rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish boʼyicha harakatlar rejasini tanlash);

    • tashkil etish (vazifalarni boʼlinmalar yoki xodimlar oʼrtasida taqsimlash va ular oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni oʼrnatish);

    • motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qoʼyilgan maqsadlarga erishishga ragʼbatlantirish);

    • muvofiqlashtirish (oqilona aloqalarni oʼrnatish yoʼli bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari oʼrtasida moslik va muvofiqlikni taʼminlaydi);

    • nazorat (haqiqiy erishish mumkin boʼlgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash).

    Boshqaruvning bu umumiy vazifalari kommunikatsiya va qarorlar qabul qilishning bogʼlovchi jarayonlari bilan birlashtirilganlar. Bu vazifalar oʼrtasidagi oʼzaro aloqa boshqaruvning har qanday jarayoni mazmunini koʼrsatib beruvchi doiraviy diagramma bilan taqdim etilishi mumkin.
    Diagrammadagi oʼqlarning koʼrsatishicha, rejalantirishdan nazoratga faqat jarayonni tashkil etish va ishlovchilarni undash bilan bogʼliq ishlarni bajarish yoʼli bilan harakatlanish mumkin. Diagrammaning markazida barcha qolganlarning muvofiqligi va oʼzaro hamkorligini taʼminlovchi muvofiqlashtirish vazifasi turadi. Boshqaruvning umumiy vazifalaridan har birini izchil koʼrib chiqamiz.
    Rejalashtirish boshqaruv jarayonining birinchi, gʼoyatda muhim vazifasi boʼladi. Аgar rejali koʼrsatkichlar yetarlicha asoslanmagan boʼlsa, tashkilot keyingi bosqichlarda qanchalik yaxshi ishlanmasin, natija past boʼladi. Shuning uchun boshqaruvning sifati rejalashtirishning toʼgʼri shakllantirilgan tamoyillariga bogʼliqdir. Rejalashtirish vazifasi quyidagi savollarga javob qaytarishga qaratilgan:

    • biz hozirgi vaqtda qaerda turibmiz? Menejerlar tashkilot haqiqat ham nimalarga erishishi mumkinligini aniqlash uchun, tashkilotning uning asosiy sohalari (moliya, xodimlar, marketing, ITTKI)dagi kuchli va zaif tomonlarini baholashlari kerak;

    • biz qaysi tomonga harakatlanishni xohlaymiz? Menejerlar tashkilotning atrof- muhitidagi imkoniyatlar va xavflarni baholab turib, tashkilotning maqsadlari qanday boʼlishi kerakligini va ularga erishishga nimalar xalaqit berishi mumkinligini belgilashlari kerak;

    -buni biz qanday qilmoqchimiz? Menejerlar tashkilot aʼzolari maqsadlarga erishmogʼi uchun nimalar qilishlari kerakligini hal qiladilar. Quyidagilar rejalashtirishning tamoyillariga qiradilar:

    • obʼektlarni ularning muhimliklari boʼyicha ranjirovka qilinishi;

    • rejaning muvofiqligi;

    • rejaning koʼp variantliligi;

    • koʼrsatkichlarning iqtisodiy asoslanishi;

    • strategik, taktik va joriy rejalarning izchilligi;

    • rejalashtirishni avtomatlashtirilganligi;

    • rejani tashqi muhitning parametrlari bilan moslashtirilganligi;

    rejaga bevosita tegishli boʼlgan shaxslarni rejalashtirish jarayonida ishtirok etishi.
    Bularga rioya qilish asoslangan rejani ishlab chiqishning majburiy sharti boʼladi.
    “Rejalashtirish” vazifasi koʼpincha maqsadni moʼljallashdan boshlanadi. Gap shundaki, agar tizimning maqsadlari berilmagan, tizimning mohiyati asoslanmagan boʼlsa, ularni belgilash, yaʼni maqsadni moʼljallash muhim vazifa boʼladi.

    Download 113,98 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 113,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv texnologiyasi tushunchasi, jarayoni va vazifalari

    Download 113,98 Kb.