• Kommunikatsiyali jarayonning samarasi
  • Boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalar




    Download 113,98 Kb.
    bet14/20
    Sana25.06.2024
    Hajmi113,98 Kb.
    #265614
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    Menejment texnologiyasi

    2.2. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalar.
    Boshqaruv faoliyatini keng ma’noda har qanday tashkilotning murakkab muammolari- dan biri bo’lgan axborotlar almashinuvidan iborat deb ta’riflash mumkin. Kommunikatsiya – bu boshqaruv jarayonida qatnashuvchilarning o’rtalarida ishlarni bajarish bosqichlarining axborotlar bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi barqaror aloqa hisoblanadi.
    Kommunikatsiyaning maqsadi:
    1.Boshqaruvning ob’ektlari va sub’ektlari o’rtasidagi axborotlar almashinuvini tashkil qilish.
    2.Boshqaruv axborotlaridagi hissiy va intellektual jarayonlarni tartiblashtirish.
    3.Tashkilot va odamlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni belgilash.
    4.Tashkilotning ichki muhitiga umumiy qarashlarni shakllantirish.
    5.Tashkilotning vazifalarini bajarish maqsadlarida jamoaning ish faoliyatlarida o’zaro hamkorlik qilishi muhitini tashkil qilish.
    Menejmentda kommunikatsiyali jarayonlar – bu to’g’ri va teskari kanallar bo’yicha tashkiliy tizimlarning elementlari o’rtasidagi axborotlarning, jarayonlarning, voqe’liklarning bir-biriga munosabati va almashinuvi, natijalarning kelib Kommunikatsiyalarning tashkilotlardagi ahamiyati:

    1. Kommunikatsiya – tashkilotlarning faoliyatlari va rivojlanishidagi asosiy sharoitlardir.

    2. Kommunikatsiya boshqaruv qarorlarining darajalari va sifatini aniqlab, ularning tashqi muhit bilan o’zaro harakatlarini amalga oshiradi.

    3. Kommunikatsiya tashkilotning maqsadi va vazifalari, texnologiyalari, tarkiblari, odamlarning o’zaro harakatlari va faoliyatlarini ta’minlash yo’li bilan tashqi muhitning holatini tavsiflaydi.

    4. Kommunikatsiya tashkilot faoliyatining jarayonlarida norasmiy tarkibni yaratadi va rasmiy tarkiblarning unga yaqinlashuviga yordam beradi.

    Kommunikatsiyali jarayonning samarasi – bu xabarlarni qabul qilish natijasida “qabul qiluvchi”ning xulqida o’zgarishlarning hosil bo’lishi. Kommunikatsiyali jarayonning asosiy natijalari:

    1. “Qabul qiluvchi”ning bilimlaridagi o’zgarishlar.

    2. “Qabul qiluvchi”ning, shuningdek, individning barqaror tushunchalari bo’yicha belgilagan ko’rsatmalariga nisbatan o’zgarishlar. Kommunikatsiyalarda axborotli tizimlar. Boshqaruv mehnatining o’ziga xos xususiyatlarga egaligi quyidagicha ifodalanadi:

    1. Boshqaruv jarayonida moddiy – baholi narsalar yaratil- maydi, shuningdek, boshqaruv mehnati moddiy emas.

    2. Boshqaruvdagi mehnatning predmeti axborotlar hisoblanadi.

    3. Boshqaruvdagi mehnatning vositasi o’zgaruvchanligining muvofiqligiga to’g’ri kelgan kommunikatsiyali aloqa kanallari talablari bilan va aloqalarni qayta ishlovchi zamonaviy orgtexnika hisoblanadi.

    4. Boshqaruvdagi mehnatning mahsuloti qarorlarni turli axborotlar shaklida yechish hisoblanadi. Tashkilotlarda kommunikatsiyalarning rolini menejmentdagi uchta maktablar kontseptsiyalarining tashkiliy hulqlarini biri-biriga taqqoslash natijalarida ham ko’rish mumkin.


    Download 113,98 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 113,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalar

    Download 113,98 Kb.