|
Boshqaruv qarorlari, ularning turlari va qabul qilish bosqichlari
|
bet | 17/20 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 113,98 Kb. | | #265614 |
Bog'liq Menejment texnologiyasi2.3. Boshqaruv qarorlari, ularning turlari va qabul qilish bosqichlari
Boshqaruv qarorlari :
Hujjat (qaror, buyruq, tadbirlar rejasi va h.k. )
Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni oʼz ichiga oluvchi jarayondir.
Boshqaruv qarorlari quyidagi alomatlari boʼyicha tasniflanadi:
tovarning yashash davrasi bosqichlari boʼyicha;
menejment tizimining tizimchalari boʼyicha;
faoliyat sohalari boʼyicha;
koʼlamlilik boʼyicha;
ishlab chiqarishni tashkil etish boʼyicha;
maqsadlarning turlari va miqdori boʼyicha;
harakatlarning davomiyligi boʼyicha (strategik, taktik, operativ);
vazifalarning bajarilishi boʼyicha;
taʼsir koʼrsatish obʼektlari boʼyicha;
rasmiyligi boʼyicha (rasmiy va norasmiylar);
foydalanilgan axborotlar boʼyicha;
aks ettirish shakllari boʼyicha;
qarorlarni qabul qilish darajalari boʼyicha (yakka shaxs, boʼlinma yoki tashkilot darajasida);
turkumlashtirilganlik darajasi boʼyicha (kuchsiz turkumlashtirilgan–
dasturlashtirilmagan va yuqori darajada turkumlashtirilgan –dasturlashtirilgan);
mazmuni boʼyicha (ekologik, ijtimoiy, tashkiliy, ilmiy, texnik va h.k.);
taʼsir koʼrsatishning chuqurligi boʼyicha (bir bosqichli , koʼp bosqichli);
qarorning yoʼnalishi boʼyicha (tashkilot ichida ѐki uning tashqarisida);
qaror qabul qiladigan shaxs boʼyicha (yakka shaxsli ѐki guruhli);
majburiylik darajasi boʼyicha (qatʼiy xarakterga ega, tavsiya xarakteriga ega);
ierarxiyaning qarorlarni shakllantirishda ishga tushiriladigan bosqichlarning soni boʼyicha;
oqilonaligi boʼyicha oqilonalilar (oqilona asoslanganlar, maqsadga muvofiqlar) va oqilona boʼlmaganlar.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish – “markaz” boʼlib, tashkilotning faoliyati uni atrofida aylanadi. Qarorni boshqaruv mehnatini natijasi, uni qabul qilinishi va amalga oshirilishini esa – ushbu natijaga olib boruvchi jaraѐn sifatida koʼrib chiqish mumkin. Qarorlarning qabul qilinishi tashkilotning buguni va kelajagi oʼrtasidagi uzilishni qisqartiradi. Ushbu jaraѐn tashkilot faoliyatini rejalashtirishning asosida ѐtadi, chunki reja - maqsadlarga erishish uchun resurslarni joylashtirish boʼyicha qarorlar majmuasidir. Toʼgʼri qarorlar qabul qilish uchun bilimlar va tajriba talab qilinadi. Bunda yana fahmfarosat ham katta rol oʼynaydi. U oʼz ichiga oldindan sezish, tasavvur etish, farosatlilikni oladi. Farosatning rivojlanishi bu muammo bilan bogʼliq barcha narsani butun jaraѐn davomida miyada saqlab qolishni bilishdir. Muammo va uning yechimini umumiy va bir vaqtda qamrab olish farosati rivojlangan menejerga bosqichdan boschqichga tez oʼtishga imkon beradi. Juda koʼp hollarda tajribali rahbarlar, toʼgʼri qaror qabul qilib, buni qanday qilganlarini tushuntirishga qiynaladilar. Qarorlarni qabul qilish, amalga oshirish bir necha pallalar va bosqichlardan iborat boʼlgan murakkab jaraѐndir. Qaror qabul qilishning zarurligini tan olish pallasi oʼz ichiga bir necha bosqichlarni oladi:
muammoni tan olish;
muammoni shakllantirish;
muammo va maqsadni hal qilish mezonlarini belgilash.
Tashkilotda muammoning mavjudligini tan olish ѐki tan olmaslik uchun vaziyatni oʼrganish darkor. Muammoning tan olinishi uni hal qilish uchun muhim shart boʼladi, chunki agar muammo mavjud boʼlmasa, uni hal qilish ham talab etmaydi. Jarayon turkumlashtirilgan va turkumlashtirilmagan muammolar uchun har xil oʼtadi. Birinchi navbatda muammoni tan olish yetarlicha toʼgʼri oʼtadi, ikkinchisida - tashkilotni rivojlanish yoʼnalishi va uning atrof - muhiti haqidagi aniq axborotlari mavjud boʼladi.
Muammoni shakllantirishda u ehtimolli, inqirozli yoki takrorlanuvchi sifatida belgilanishi mumkin. Takrorlanuvchi muammolar turkumlashtirilganlarga, ehtimol boʼlgan va inqirozlilar esa turkumlashtirilmaganlarga kiritiladi. Demak, turkumlashtirilgan muammolar uchun dasturlashtirilgan yechimlar, turkumlashtirilmaganlariga esa - dasturlashtirilmagan yechimlar zarur.
Muammoni belgilash va shakllantirish menejerga uni boshqa muammolar bilan bir qatorda ranjirovka qilishga imkon beradi, unda muammolar eng muhimdan kamroq ahamiyatligiga keltiriladi. Muvaffaqiyatli qarorning mezonlarini belgilashda ikki turdagi mezonlar – “biz qilishimiz kerak” va “biz istaymiz” tanlab olinadi. Ikkinchi holda istalgan maqsadlar koʼrib chiqiladi. Ikkinchi mezon ehtimol boʼlgan variantlar haqida oʼylashga majbur qiladi, bunda ideal boʼlganlari istisno qilinmaydi.
Qarorlar qabul qilish pallasi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
muqobillarni ishlab chiqish;
muqobillarni baholash;
muqobillarni tanlab olish.
Koʼpgina muqobil qarorlar oldingi tajribadan maʼlumdir. Аmmo koʼpincha noѐb muammolar vujudga keladilar. Bu holda ijodiy yondashuv zarur. Muqobillarni qidirib topishning quyidagi usullari mavjud: “aqliy hujum”, takliflarni ilgari surish vaziyatning guruhli tahlili, sabab – natijaviy diagramma, fikrlar kartasi. Barcha aniqlangan muqobillar solishtirilishlari va baholanishlari kerak. Ularni baholash miqdoriy va sifat oʼlchovchilari yordamida salbiy va ijodiy tomonlarni aniqlashni koʼzda tutadi. Bunda quyidagi usullar koʼllaniladi: Kopner-Tregoening mezonli solishtirishi, maqsadlar yoki qarorlar daraxtining toʼlov matritsasi, keyingisi ѐrdamida qarorlarning umumiy koʼrinishi: tanlovlar, xatarlar va ehtimol boʼlgan natijalarni olish mumkin. Qarorlarning muqobil variantlarini solishtirishni amalga oshirish uchun ular u yoki bu mezonlar boʼyicha solishtiriladigan koʼrinishga olib kelinishi kerak. Shunga qaramay muqobil variantlar u yoki bu mezonlar boʼyicha farqlanadilar. Vazifa ularni mezonlarning kattaroq miqdori boʼyicha solishtirishini taʼminlashdan iboratdir. Modellashtirish boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirishning muhim jihati boʼladi, u oʼz navbatida mantiqiy, fizik va iqtisodiy – matematikaga boʼlinadi. Mantiqiy modellashtirish asosida qarorni tanlashni belgilab beruvchi omillarning tahlili ѐtadi. Fizik modellar mutanosib ravishda bir necha marta kichiklashtirilgan va turli materiallardan tayѐrlangan tabiiy obʼektlardan iborat boʼladi. Ular obʼyektning estetik, butlovchi va boshqa taʼriflarini tekshirish uchun materiallarni tejash maqsadida kichiklashtirilgan koʼrinishda tayyorlanadilar. Iqtisodiy-matematik modellashtirish iqtisodiy hodisalarni matematik modellar bilan aks ettirishdan iborotdir.
|
| |