|
Kommunikatsiyali va axborotli tizimlarni loyihalashtirish mezonlari
|
bet | 15/20 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 113,98 Kb. | | #265614 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiKommunikatsiyali va axborotli tizimlarni loyihalashtirish mezonlari.
Markaziy vazifa – boshqaruv faoliyatida axborotlarning uzatilishini yaxshilash. Axborotlanganlik darajasi – talab qilingan axborotlar darajasining olingan aniq axborotlarga nisbati. Axborotlarga ehtiyoj ular o’rtasidagi farqlar, axborotlarning ta’minlanganligini ko’rsatuvchi yordamchi mezonlar quyidagilar hisoblanadi:
axborotlarning miqdori (to’liqlik);
uning ahamiyatliligi;
aniqliligi;
ishonchliligi;
tushunarliligi;
dolzarbliligi;
egiluvchanligi;
axborotli jarayonning iqtisodiy samaradorligi (axborotlardan olingan foydaning axborotlarga sarflangan xarajatlarga nisbati);
axborotlarning himoyalanganligi hisobi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari korxona miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlovchi axborotlar tizimlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Axborotlarning tizimlari quyidagilarga bo’linadi:
hududiy axborot tizimlari; • korporativ axborot tizimlari;
global axborot tizimlari.
Hududiy axborotlar tizimi – bu ichki kommunikatsiyalar vositasida tashkilot faoliyatini ta’minlovchi quyi axborotlar tizimlarining birlashmasidir. Hududiy (ichki) axborotlar tizimi quyidagi tizimosti axborotlar tizimlaridan tashkil topadi:
ma’muriy-taqsimlovchi tizimosti axborotlari;
ishlab chiqaruvchi tizimosti axborotlari;
moliyaviy tizimosti axborotlari;
iqtisodiy tizimosti axborotlari;
tijoratli tizimosti axborotlari;
innovatsion tizimosti axborotlari; • strategik axborotlar dasturi; • ijtimoiy axborotlar dasturi.
Korporativ axborotlar tizimi – bir korxonaning turli hududlarda faoliyat ko’rsatuvchi ob’ektlari ichki kommunikatsiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
|
| |