Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi




Download 113,98 Kb.
bet19/20
Sana25.06.2024
Hajmi113,98 Kb.
#265614
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Menejment texnologiyasi

Tayanch iboralar.
Menejment- bu bu mennat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni tashkil etish, boshqarishdir. U inglizcha so’zdan olingan bo’lib, boshqaruv san’ati, boshqaruv hokimiyati degan ma’noni anglatadi.
Struktura- lotincha so‘z bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog'liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatidir.
Kommunikatsiya – bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir.
Axborot oqimi – axborotlarning manbaalardan iste’molchilargacha harakatlanishidir.
Boshqaruv jarayoni – bu tashkilot resurslarini u tomonidan oʼz maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish boʼyicha uzluksiz, izchil bajariladigan, oʼzaro bogʼlangan harakatlari majmuasidir.
Menejer – bu boshqaruv faoliyati bilan shug’ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo’yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo’lgan odamdir.
Korporativ axborotlar tizimi – bir korxonaning turli hududlarda faoliyat ko’rsatuvchi ob’ektlari ichki kommunikatsiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Global axborotlar tizimi – chegaralanmagan miqdorlardagi foydalanuvchilar (korxonalar, tashkilotlar)ni ta’minlovchi tashqi kommunikatsiyalar hisoblanadi.
Motivatsiya – oʼzini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Markaziy vazifa – boshqaruv faoliyatida axborotlarning uzatilishini yaxshilash.
Axborotlanganlik darajasi – talab qilingan axborotlar darajasining olingan aniq axborotlarga nisbati.
Muvofiqlashtirish – boshqaruvning boshqaruv tizimi elementlari oʼrtasidagi oʼzaro aloqa va muvofiqlikni ular oʼrtasida oqilona aloqalar (kommunikatsiyalar)ni oʼrnatish yoʼli bilan taʼminlashga qaratilgan vazifasidir.
Korporatsiya - (lot. corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aktsiyadorlar jamiyati, biron bir faliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui.
Strategiya – bu so’z grekcha so’zdan olingan bo’lib, “general san’ati”, “general mahorati” degan ma’nolarni anglatadi.



Download 113,98 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 113,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi

Download 113,98 Kb.