• Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.
  • Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi




    Download 113,98 Kb.
    bet16/20
    Sana25.06.2024
    Hajmi113,98 Kb.
    #265614
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Menejment texnologiyasi

    Global axborotlar tizimi – chegaralanmagan miqdorlardagi foydalanuvchilar (korxonalar, tashkilotlar)ni ta’minlovchi tashqi kommunikatsiyalar hisoblanadi. Tashqi kommunikatsiyalar asosida faoliyatlar ko’rsatadigan zamonaviy axborotlar tizimiga internet komp`yuter tizimi misol bo’la oladi.
    Tashqi axborotlar tizimlari (Global axborotlar tizimi- GAT) quyidagilar:

    • Jamoat bilan axborotlar tizimlari;

    • Iste’molchilar bilan axborotlar tizimlari;

    • Hududiy tarkiblar bilan axborotlar tizimlari;

    • Federal tarkiblar bilan axborotlar tizimlari;

    • Xalqaro tarkiblar bilan axborotlar tizimlari.

    Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.
    О‘zbekistonda davlat boshqaruvining demokratik, xalqsevar usuli mamlakatda olib borilayotgan keng kо‘lamli, tarixiy islohotlar, avvalambor xalq bilan muloqot asosida g‘oyat adolatli va xalqchil siyosat negiziga asoslanadi. Boshqaruvning yangi texnologiyalaridan, qirralaridan biri hisoblanmish “Xalq qabulxonalari” ga ikki milliondan ortiq arizalar bilan murojaat etgan yurtdoshlarimizga kо‘rsatilgan amaliy yordamdemokratik tamoyillarga suyangan davlatning xalq farovonligi yо‘lida olib borgan amaliy tadbirlaridandir. Madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish borasidagi islohotlar, avvalo, madaniyat, san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohasidagi yangilanish jarayonlari bunga yaqqol misol bо‘la oladi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar, kо‘lamli loyihalarning samaralari kо‘zni quvontirgani kabi, boshqa sohalardagi singari madaniyat va san’at sohasi tizimida hamqator kamchiliklar, nuqsonlar mavjud. Muhtaram
    Prezidentimizning “Madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bо‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etishga, aholiga madaniy xizmat kо‘rsatishda oqsoqlikka yо‘l qо‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskalarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur”deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Madaniyat va san’atning boshqaruv faoliyatida axborot-kommunikatsiyalarning ahamiyati sohaga yangi va mazmunli faktlar, ish faoliyatiga taalluqli tezkor, aniq ma’lumotlar yig‘indisi tushuniladi. Yangi va tezkor axborotlarni samarali boshqarish jarayonida uning holatini tо‘laqonli aks ettiradigan ob’yekt bilan sub’yekt faoliyati birinchi о‘rinda turadi. Madaniyat va san’at sohasi faoliyati uchun axborotlar birlamchi mehnat vositasidir. Harakatlanayotgan axborot kо‘lami ijtimoiy ruhiyatimiz, mehnat faoliyatimizga sezilarli ta’sir kо‘rsatayotgani har kungi ish unumdorligida sezilib turadi. Albatta, axborotning haqqoniyligi va aniqligi boshqaruv faoliyatining izchilligini ta’minlashi, axborotlar sifati, uning bahosi va foydaliligi, operativ va ishonchliligi alohida ahamiyatga ega. Kech va noaniq axborotlar о‘z qimmatini yо‘qotadi, axborotlarning turlari turlicha:
    -kadrlar, huquqiy, meyoriy, statistik, analitik xarakterga ega axborotlar;
    -maqsadi va vazifasiga kо‘ra о‘zgarmaydigan, qayta ishlash jarayonida о‘z qimmatini yо‘qotmaydigan, kо‘p marta foydalanish imkoniga ega bо‘lgan axborotlar tezkor zamonning о‘ziga xos information manbai sanaladi. Axborot oqimlari turiga qarab, guruhlarga bо‘linadi, axborotlar oddiy va murakkab axborot tizimi sifatida shakllangan. Mavjud axborotni turlariga qarab, qayta ishlab, tizimga solib, ma’qul qarorlar qabul qilinadi, ijrosi nazoratga olinadi va ushbu qarorlar о‘z vaqtida quyi bо‘g‘inlarga havola etiladi. Tashkilot faoliyatiga katta ta’sir kо‘rsatadigan tezkor va aniq axborotlar о‘z joyida, maqsadli ishlatilishi lozim. Rahbarning bilimdonligi, uzoqni kо‘ra bilishi yangi ma’lumotlardan qay darajada foydalanishiga bog‘liq.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qaror 2018 yil 19 fevralda imzolangan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari tо‘g‘risida” gi Prezident Farmoni О‘zbekistonda yurtimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish, aholini sifatli axborot-kommunikatsion vositalar orqali tezkor va puxta axborot manbalari bilan ta’minlash sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Davlat rahbarining Farmoni oliy ta’lim sohasida axborotlarni vaqtida yetkazish borasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universitetiga talabalar uchun mustaqil ravishda о‘quv rejalar, dasturlar, bitiruvchilar uchun Malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, professor-о‘qituvchilar tarkibi mehnatini о‘qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib, faqat ta’limga xos tadbirlar asosida ish vaqti hisobga olinishi asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan ilmiyuslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning rag‘batlantirilish huquqi haqida batafsil ma’lumot beradi va ushbu vazifalarni bajarish uchun dasturil amal bо‘lib xizmat qiladi.
    Mantiqan о‘ylab qaralsa, inson hayotining har lahzasi axborot olish, axborot berish, axborotni idrok etish, axborotni tahlil qilish, axborotni qiyoslashdan iboratligi, yangi va aniq axborotsiz boshqaruv faoliyatining mazmuni yо‘qligini his etish mumkin. Muloqot inson hayotida eng muhim jarayondir. Rahbar bilan xodimlar orasidagi muloqot rahbarlarning о‘zaro muloqotidan farq qilishi tabiiy. Xodimlar bilan bо‘ladigan muloqotlar samarali bо‘lishi rahbarning nutq mahoratiga ham bog‘liqdir. Rahbar faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etar ekan, qabul qilinayotgan farmoyish yoki qarorlarning ijrosini tо‘la ta’minlash, xodimlar va tashkilot faoliyatining tashkil etilishi, nazorat va x odimlar faoliyatini rag‘batlantirish jarayonlari ham albatta muloqot orqali amalga oshadi. Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda о‘z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish imkoniyati yuksalib boradi. Xodimlarga ta’sir etish, ularga mehnat faoliyatida g‘ayrat bag‘ishlash, tashkilot maqsadi sari yetaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot orqali ta’minlanadi. Shunday tezkor jarayonda yoshlar о‘rtasida kommunikativ muloqotni faollashtirish, kommunikativ kompetentlikni shakllantirish muhim natija beradi. Inson yaratilganidan boshlab nutq, fikr, ishora, harakat orqali о‘zining muloqotga kirishish tabiatini namoyon etdi.
    Boshqaruv vazifalarini bajarish, yakka shaxslar va ijtimoiy guruhlar oʼrtasidagi oʼzaro hamkorliklar, kommunikatsiya va axborotlarni almashtirish vositasida amalga oshiriladi. Аxborot va kommunikatsiya tushunchalari oʼzaro bogʼlanganlar, ammo kommunikatsiya oʼz ichiga nimani uzatilishi (axborotni) va u qanday uzatilishini oladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiya va tadbirlarni bajarilishi bilan bogʼliqdir:

    • axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish;

    • qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish; - bajarilgan qarorlar boʼyicha maʼlumotlarni tizimlashtirish va saqlash.

    Kommunikatsiyalar bu faoliyatni amalga oshirishning asosiy usuli hisoblanadi. Kommunikatsiyalar ham jarayon, ham hodisa sifatida koʼrib chiqiladi. Jarayon sifatida kommunikatsiyalar odamlar oʼrtasida axborotlar almashuvining tamoyillari va qonunlarini aks ettiradilar, hodisa sifatida tegishli tashkiliy shakllardagi tashkilotlar doirasidagi odamlar oʼrtasidagi belgilangan meʼyorlar (qoidalar, yoʼriqnomalar, holatlar)dan iborat boʼladilar.
    Kommunikatsiya jarayonida axborot bitta subʼektdan boshqasiga uzatiladi. Аlohida shaxslar, guruh va tashkilotlar subʼektlar boʼlishlari mumkin. Kommunikatsiyalarning quyidagi tipologiyasi qabul qilingan:

    • tashkilot va tashqi muhit oʼrtasidagi kommunikatsiyalar;

    • boʼlinmalar oʼrtasidagi kommunikatsiyalar;

    • ishlab chiqarish va boshqaruv bosqichlari boʼyicha boʼlinmalar ichidagi kommunikatsiyalar;

    • shaxslararo kommunikatsiyalar; - norasmiy kommunikatsiyalar.

    Kommunikatsiyalar istalgan javobni olish maqsadida takliflar, fikrlar, luqmalar yoki hissiyotlarni ogʼzaki va boshqacha shaklda ( yozma shakl, imo-ishora, biror vaziyatda turish, oxirigacha aytmaslik va h k.) uzatish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Kommunikatsiyada uning ishtirokchilari koʼrish, eshitish va his qilishga kodir boʼlishlari hamda maʼlum koʼnikmalarga va oʼzaro tushunishning maʼlum darajasiga ega boʼlishlari kerak. Boshqaruv uchun shaxslararo kommunikatsiyalar muhim ahamiyatga egalar, chunki koʼpgina boshqaruv masalalari kishilarning bevosita muloqotida hal etiladi. Uni bir necha bosqichlardan tashkil topgan jarayon sifatida koʼrib chiqish darkor. Joʼnatish bosqichida joʼnatuvchi jarayon ishtirokchilariga uzatish uchun moʼljallangan axborotni loyihalashtiradi va kodlashtiradi, yaʼni oʼzini yakka shaxs sifatida belgilaydi (“men kimman”) va nimani uzatishni istayotganligi maʼnosini shakllantiradi.
    Keyin uzatish uchun moʼljallangan axborot kodlashtiriladi. Аvvaliga axborot manbalari (tovush, nur, harorat, xid, did, jismoniy harakat) tanlab olinadi, keyin ular maʼlum shakl (nutq, matn, rasm, harakat)da tashkil etiladi.
    Joʼnatma uzatuvchi (shaxs, texnik vosita, kimyoviy yoki jismoniy holat) vositasida uni manziliga yetkazib beruvchi uzatuvchi kanalga kelib tushadi. Joʼnatma yoki signalni uzatish boshlanishi bilanoq, shu paytdan boshlab joʼnatish bosqichi yakunlanadi va uzatilayotgan axborotni olish bosqichi boshlanadi. Kanal joʼnatmani qabul qiluvchiga chiqaradi, u ushbu joʼnatmani olinishini qayd etadi. Joʼnatma yoʼnaltirgan shaxs oluvchi deb ataladi. U olingan joʼnatmani qayd etadi va uni tushunarli maʼnoda koddan chiqarishni amalga oshiradi. Koddan chiqarish ostida joʼnatmani qabul qilish, uni tushunish va baholash koʼzda tutiladi. Joʼnatmalar asosan buzilgan holda boʼladilar. Bu kommunikatsiya jarayonida shovqinni mavjudligi bilan bogʼliqdir. Tashkiliy tashkil qiluvchilar (koʼp bosqichlilik, boshqarish koʼlami va x k.) uning manbalari boʼlishlari mumkin.
    Shuni taʼkidlash kerakki, internetning global axborot supermagistrali va korporatsiyalarning mahalliy tarmogʼi menejerlar uchun maʼlumotlarni yigʼish va ishlab chiqish texnologiyasini tubdan oʼzgartiradi va eng asosiysi, teng xuquqli mijozlarni vertikal byurokratizmsiz masofaviy aloqa qilishlarini taʼminlaydi, yaʼni hamkorchilik xarakteridagi gorizontal vaqtincha tuzilmalarni shakllantiradi. Аxborot tizimlari ishning sifatiga tashxis qoʼyish va uni tahlil qilish uchun axborot sifati tushunchasi mavjud, u odatda quyidagi parametrlar bilan baholanadi: tuzatilganlik, ziddiyatsizlik, aniqlik, jadallik, relevantlik (tegishlilik). Noverbal axborotlar, yaʼni joʼnatuvchi tomonidan soʼzlardan foydalanmasdan joʼnatilgan axborotlar ham gʼoyatda muhim rol oʼynaydi.



    Download 113,98 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 113,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi

    Download 113,98 Kb.