|
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi
|
bet | 7/20 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 113,98 Kb. | | #265614 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiBoshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930—1950). M. Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obroli vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikning ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari — F.Gersberg, R.Laykert, D.Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan axloqiy fanlar konsepsiyalarini qollash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko'proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yoli bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: axloq haqidagi fanni to‘g‘ri qollash hamma vaqt ham alohida xodimning, ham umuman tashkilot samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, 12 V.Poreto, V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvida aniq fanlar — matematika, statistika, muhandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi operatsiya va vaziyatlar modeli tadqiqotlari natijalarini keng qollashni ko‘zda tutadi. Ammo Ikkinchi Jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarning rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni qollashga kuchli turtki bolgan bolsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon bergan, bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadi, demak aniqroq boladi.
Vaziyatli yondashuv (1960-yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qollash imkoniyati paydo bolgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyatlardan, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof-muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bolganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona «yaxshi» usuli yo‘q boladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali boladi. M.Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yiglndisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko‘proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin.
Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma’lum vaziyatlar bilan boglash zarur. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlarning o‘z ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur. Tizimli yondashuv (50-yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qollanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va, xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bolgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qollana boshlanganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini toliq darajada baholashning iloji yo‘q. Shunga qaramay, bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilim va nazariyalarni sintez qilish mumkin bolar. O‘zgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga ta’sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bolgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi boladi. Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qollashlari uchun tashkilotni o‘zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o'zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli maqsadlarga erishishga moljallangan kishilar, tuzilma vazifalari, texnologiya kabi o‘zaro boglangan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak. Jarayonli yondashuv (1920-yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qollaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bolib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bogliq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri, o‘z navbatida bir necha o‘zaro boglangan harakatlardan iborat boladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog’lovchi jarayonlari bilan birlashgan. Bunda rahbarlik (yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar. Quyida boshqaruvda yondashuvlar evolyutsiyasining chizmasi ko‘rsatilgan.
Yondashuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa ko‘rindiki, boshqaruv flkri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g‘oyalarni tug‘ilishiga yordam bergan. Har bir yondashuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit topa olganlar. Ammo so‘nggi tadqiqotlar va boshqaruv amaliyotini ko‘rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining faqat ayrim tomonlariga tegishli bolgan, olingan natijalar esa faqat ma’lum vaziyatlar uchungina to‘g‘ri bo‘lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli-tumanliroq bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi, oldin noma’lum bolgan tomonlarini ochganlar va mustahkam bolib ko‘ringan, ammo noto‘g‘ri qarashlarni ko‘rsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qo‘shganlar.
O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aytilganidek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qollagan turli xildagi murakkab kishilar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtayi nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bolganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino (IX—X asrlar), Yusuf Xos Xojib (XI—XII asrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII—XIV asrlar), Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XV asrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qollanma boladigan ko‘rsatmalar hisoblanadi. Masalan, «Qutadg‘u bilik», «Temur tuzuklari» va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 27 yil ichida bozor islohotlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Malikamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotga joriy etishga qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o'tkazish, bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda «O‘zbek modeli» deb aytiladi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
|
| |