|
Menejmentning tushunchasi va mohiyati
|
bet | 3/20 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 113,98 Kb. | | #265614 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiI.BOB. MENEJMENTNING RIVOJLANISH TARIXI VA NAZARIY ASOSLARI.
1.1.Menejmentning tushunchasi va mohiyati.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan tavsifga binoan u:
boshqaruv hokimiyati va san’ati;
resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar, degan ma’nolami anglatadi
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni resurslami, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai-nazardan boshqaruv — bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment - bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to‘liq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbir sifatida ko‘p omillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik, ijtimoiy-psixologik va boshqa rivojlanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. Menejment ko‘p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san’atni, mahoratni, u tomonidan qo‘llaniladigan usul va uslublaming keng to‘plamini, boshqarish va tadbirkorlik malakalarini talab etadi. Har qanday tashkilot, korxona, muassasa, firma, korporatsiya va kompaniya tirik organizmdir. Menejment - bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyat yuritayotgan korxonaning optimal xo‘jalik natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini tashkil qilish bilan bogMiq bo'lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali imkoniyatlar o‘rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment - bu kasbiy faoliyat, fan va san’atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish, nazorat, tashkilot ichidagi o‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlarni amalga oshirishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud:
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqilona qaror qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o‘rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
boshqarish ob’yekti va sub’yekti;
boshqarish tamoyillari va usullari;
boshqarish qoidalari va uslublari;
✓boshqarish madaniyati;
✓menejer va uning fazilatlari;
✓boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
✓o‘z-o‘zini boshqarish;
xodimlami boshqarish;
korxonani boshqarish;
✓ishlab chiqarishni boshqarish;
✓samaradorlikni boshqarish;
hududiy boshqarish va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, menejment mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’yekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi zamonaviy boshqaruv usullari va uslublarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iboratdir. Zamonaviy menejment uchun quyidagilar xarakterli:
ishlab chiqarishning va umuman biznesning samaradorligini oshirishga muntazam intilish;
firmaning bozordagi faoliyati oxirgi natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror qabul qilishni ta’minlaydigan keng xo‘jalik mustaqilligi;
bozor holati va tashqi muhit o‘zgarishlaridan bogiiq ravishda maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish;
faoliyatni rejalashtirilgan oxirgi natijaga erishish uchun qaratish;
ko‘p variantli hisoblar uchun zamonaviy axboror bazani qo‘llash;
joriy rejalashtirishdan strategik rejalashtirishga o‘tishda rejalashtirish funksiyalarini o‘zgartirish;
EHMdan maksimal ravishda foydalanish;
boshqarishda kompaniyaning hamma xodimlarini jalb etish;
o‘zgarishlami ko‘zda tutish, o'zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga oshirish;
innovatsiyalarga e’tibomi kuchaytirish;
har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish;
oqilona tavakkal qilish va tavakkalchilikni boshqarish qobiliyati;
marketing rolini tayanch darajasigacha ko‘tarish.
Menejmentning vazifasi avvaliga xohishni imkoniyat darajasiga keltirib, so‘ng esa uni haqiqatga aylantirishdan iboratdir.
«Menejment» termini turlicha talqin qilinadi. Uning quyidagicha umumiy tarifini keltirish mumkin: menejment - bu xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish, bozor ehtiyojlari hamda umuman jamiyat ehtiyojlarini qondirish, foydani oshirish maqsadida dasturli-maqsadli, ilmiy-texnik ishlanmalarni prognozlash hamda joriy va istiqbolli rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot va xizmatlami sotish tizimi hisoblanadi. Menejmentda ikki muhim soha mavjud - marketing va innovatsiya. Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatidir. Innovatsiya - bu yangi tovarlarni, xizmatlarni, texnologiyalarni va jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir. Menejment oxirgi natijalarga erishish uchun hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida alohida odamlarga yoki jamoaga tizimli ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi. Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Menejment xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi boshqarishning qonun va qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlarini o‘rganadi. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Menejment ob’yekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’yekt so'zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish lozim. Ob’yekt - bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishi faoliyati va diqqat e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va h.k. Demak, ob’yekt tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makrovoqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ulaming rahbarlari menejmentning sub’yekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi. Makrodarajada boshqaruv ob’yekti mamlakat (respublika), viloyat, shahar, tuman bo‘lsa, megodarajada konsem, sector (tarmoq), mikrodarajada esa, korxona, tashkilot, firma, kompaniya, xodimlar, ishlab chiqarish, samaradorlik, o‘z-o‘zini boshqarish hisoblanadi. Makrodarajadagi boshqaruv sub’yekti qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, viloyat deputatlari, viloyat hokimiyatlari, viloyat sudlari, tuman halq deputatlari, tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) sudlari, megodarajada qo‘mitalar, vazirliklar, mikrodarajada jamoa kengashi va raislar, firma prezidenti, korxona rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari, fuqarolar yig'ini sanaladi. Shunday qilib, har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’yekt va boshqaruvchi sub’yekt tizimlaridan tashkil topadi. Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’yektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumotlar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi veqelikka oid bo‘lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (1.1-jadval).
1.1-jadval
|
| |