Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi




Download 113,98 Kb.
bet5/20
Sana25.06.2024
Hajmi113,98 Kb.
#265614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Menejment texnologiyasi



































1.2. Menejment ilmiy maktablari va ularning asoschilari.


Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo’lib, ular ba’zida bir-birlariga mos kelgan, ba’zida esa ancha farqlangan. Odamlar va texnika boshqaruv obyektlari hisoblangan, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bogliq bo’lgan. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar. Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan asoslangan tez o'zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko'rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to‘rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin. Avvalo, boshqaruvda har bir maktabni ajratish nuqtayi nazaridan yondashuv. U o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtayi nazardan kelib chiquvchi quyidagi beshta maktabni o‘z ichiga oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, xulq haqidagi fan hamda boshqaruv fani yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda «Maktabni ilmiy tashkil etish» nomi bilan mashhur bo’lgan bu maktabning vujudga kelishi va rivojlanishi XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850—1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyaning asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning ko‘zga ko'ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G.Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. F.Teylor butun dunyoga o‘z nomini mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan: «Kelishuv tizimi» (1895), «Sex menejmenti» (1903) va «Ilmiy menejment tamoyillari» (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, «kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi»ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatning jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakat boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan. F.Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishda jonbozlik qilgan. Uning tizimi 10 mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘z vazifalari uchun javobgar bo‘lishi lozim. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak. F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishishi uchun barcha xodimlar manfaatini ularning farovonligi o‘sishi, xo‘jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yolga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi toliq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahs va ziddiyatlarni hal qiladi, deb o‘ylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: — ma’muriyat hal qilishi kerak bolgan vazifalarni belgilash;
— subyektivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
— boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;
—mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo‘naltirish;
— faoliyatni qat’iyan tartibga solish;
—vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi va eng to‘g‘ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni o'qitish;
— xo‘jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;
— ishlarni rejalashtirish; — xodimlarni rag'batlantirish.

Download 113,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 113,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi

Download 113,98 Kb.