Osiyo xalqaro universiteti
1.Karimova Sh.-DISSERTATSIY A 27.05.2024 (2)00 (2)222211
Tajriba-sinov ishlari tajriba oxirida guruhlarning natijalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
R. E. Levina va uning boshchiligidagi jamoaning ko'p yillik tadqiqotlari yangi bo'limni – nutq terapiyasi sohasini o`z ichiga oladi. Bolada so`z lug'atni o'rganish uchun bir qator maxsus texnikalar qo'llanildi: ob'ektlarni nomlash, umumiy nomlarni, sinonimlarni, antonimlarni topish, bitta ildizli so'zlarni tanlash, jumladagi so'zlarni almashtirish bolaning yoshiga va uning nutq qobiliyatiga qarab farq qilinishi aniqlandi. Eng oddiy va eng keng tarqalgan usul bu ob'ektlarni nomlash. Bolaga u nomlashi kerak bo'lgan narsalar, harakatlar, fazilatlar va belgilar tasvirlangan narsalar yoki rasmlar taqdim etiladi. Bolaning faol lug'atini tekshirganda, unga ob'ekt yoki rasm ko'rsatiladi va so'raladi: "bu nima? Bu kim? Nima qiladi? Qaysi biri? Kimning?" Bola tasvirlangan narsani nomlashi kerak Ushbu texnikadan bolaning lug'at darajasini o'rganish uchun foydalanish mumkin ob'ektlar, harakatlar, fazilatlarni nomlashda aynan ingliz tilida erkin so`zlashda qiyinchiliklarga duch keldi. Bola rus va o`zbek tilida erkin so`zlay oladi. Yana bir samarali metodlardan biri bu ularning o`zlari yoqtirgan va sevib o`ynaydigan narsalaridan foydalangan holda o`rgatishdir. Ma'lumki, ota-ona farzandi uchun kerakli birinchi ragamli shaxslardir. Shu uchun ham ularning ta'lim tarbiyasi hamda bilim olishlari uchun avvalo ular javobgar hisoblanishadi. Shuningdek, ularda ilk qiziqishni uyg`otish, ma'lum bir yonalish tomonga boshlash uchun ham ularning ahamiyati kattadir. Bunda biz ko`rishimiz mumkinki, bola o`zning sevimli o`yinchog`iga yoki kitobiga qiziqishi boshqa narsalardan ko`ra ko`proq bo`ladi. Va shu orqali bola yangi so`z yoki terminni o`rganyotgan vaqtda, o`sha yoqtirgan narsasi orgali organadi. Va o`sha sevimli o`yinchog`i orgali o`sha so`z ham sevimliga aylanadi. Umumiy gilib aytganda, aslida chet tilini o`rganishni bolaning juda ham yosh davirlardan boshlagan ma’qul hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarning miyya faoliyati to`'xtovsiz o`sish rivolanishda davom etayotgani uchun ular miyya faoliyati to`liq shakllanib bo`lgan, katta shaxslarga nisbatan yangi ma'lumotni ancha tezroq gabul qilish gobiliyatiga egadirlar. Ushbu o`ziga xosliklari inobatga olgan holda darsni rejalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga chet tilini o`qitishda asosan o`yin, rasmlar, qo`shiq va she`rlardan, multfilmlardan foydalanish samarali usul hisoblanadi. Chunki ulardagi asosiy tushuncha miyasida rasmli holda tasvirlanadi. Bu esa o`z navbatida bizdan barcha o`rgatiladigan narsalarni shunga ko`ra tasvirlashni talab etadi. Yosh bolalar tabiatan yorqin va chiroyli narsalarga juda ham giziqishadi va ko`p e'tibor berishadi. Buni yosh bolalaming chiroyli ustozlarni, xushmuomala pedagoglarni yoqtirishidan ham yaqgol sezish mumkin. Shuning uchun ularga uzatilayogan ma'lumotlar, albatta, ularning qiziqishini inobatga olgan holda yetkazilishi va rangli materiallar, rasmli qo`llanmalar bevosita ta'lim jarayonida qo`llanishi lozim. Bu degani maktabgacha ta'lim muassasadagi yoshlarni o`qitish metodikasi, avvalo, ularning qiziqishlariga bog`liq. Download 350,15 Kb.
|