• III BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILLARNI O‘RGATISH VOSITASIDA NUTQIDA UCHRAYDIGAN NUQSONLARNI BARTARAF ETISH METODIKASIGA DOIR TAJRIBA - SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI
  • Quvnoq ingliz tili” maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari uchun metodik ishlanma
  • Ikkinshi bob bo’yicha xulosalar




    Download 350,15 Kb.
    bet15/20
    Sana26.06.2024
    Hajmi350,15 Kb.
    #265837
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    1.Karimova Sh.-DISSERTATSIY A 27.05.2024 (2)00 (2)222211

    Ikkinshi bob bo’yicha xulosalar
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarini o'rgatish nutq kamchiliklarini bartaraf etish usuli sifatida istiqbolli didaktik imkoniyatlarni taqdim etadi. Belgilangan mazmun va texnologiya orqali, xususan, ingliz tilini o'qitishga qaratilgan ushbu yondashuv tilni o'zlashtirish va umumiy kognitiv rivojlanish uchun ko'p qirrali afzalliklarga ega.
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini yoshligidan o'rgatish nafaqat til bilimini oshirishga yordam berishi, balki nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun vosita bo'lib xizmat qilishi ayon bo'ldi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish bosqichlariga moslashtirilgan interfaol va qiziqarli tadbirlarni o'z ichiga olgan holda, o'qituvchilar til o'rgatishga tabiiy yaqinlikni kuchaytirib, muayyan nutq muammolarini bartarf etishda samarali yo'naltirishi mumkin.
    Qolaversa, o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish ushbu yondashuvning samaradorligini oshiradi. Texnologiyani o'z ichiga olgan dinamik va moslashuvchan o'quv muhitini ta'minlaydi, turli xil o'rganish uslublari va qobiliyatlariga mos keladi. Immersiv til ilovalaridan tortib, interaktiv multimedia resurslarigacha bu texnologiyalar anʼanaviy oʻqitish metodikasini takomillashtirib, bolalar uchun til oʻrganish tajribasini boyitadi.
    Chet tilini o'qitishning maktabgacha ta'lim dasturlariga integratsiyalashuvi nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qimmatli yo'lini taqdim etadi. O'qituvchilar nafaqat tilni bilishni rag'batlantiradi, balki bolalarning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo'shadigan, nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan o'quv muhitini yarata oladi. Ushbu yondashuvni qo'llash bolalarda asosiy til ko'nikmalariga ega bo'lish imkoniyatini beradi, shu bilan birga o'rganish va muloqotga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi.
    III BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILLARNI O‘RGATISH VOSITASIDA NUTQIDA UCHRAYDIGAN NUQSONLARNI BARTARAF ETISH METODIKASIGA DOIR TAJRIBA - SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI
    3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasi bo`yisha o`tkazilgan tajriba-sinov ishlari
    Tajriba-sinov ishlariga Buxoro shahridagi 5-son "Qandimcha" Eksperimental Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ikkita tayyorlov guruhlari tanlab olindi unda ingliz va rus tayyorlov guruhi va o`zbek tayyorlov giruhlari tanlab olindi. Ular orasida tovush tallafuzida nuqsoni bo`lgan bolalar va nuqsoni bo`lmagan bolalardan ajratib olindi.
    Nazorat va tajriba guruhlari uchun jami 34 ta tarbiyalanuvchi ajratib olindi. Va ular bilan dastlab nutqida nuqsonlari aniqlanib, ingliz tilidagi so‘zlarni talaffuz qilishlari kuzatildi. Keyingi bosqichda tarbiyalanuvchilarning til bilish darajasini belgilovchi mezonlar ishlab chiqildi.
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ingliz tiliga o‘rgatishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun dastlab tadqiqot faraziga mos metodika ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari metodikasi tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishga doir tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini o‘z ichiga qamrab oldi.
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ingliz tilini bilish orqali nutqida mavjud nuqsonlarning korreksiyalanganlik darajasi tashxislandi. Bunda bolalarga mavzuga oid rasmli anketa so‘rovnoma tarqatildi hamda og‘zaki savol-javob ishlari olib borildi.
    Tashhislash mezonlari - bu muayyan holat yoki vaziyatni baholash uchun ishlatiladigan standartlar yoki ko'rsatmalar. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning ingliz tilini o'zlashtirishini baholash kontekstida taqdim etilgan so‘rovnoma, mashqlar diagnostika mezonlari bo'lib xizmat qiladi. Ushbu mezonlar bolalarning ingliz tilini o'zlashtirish orqali nutqidagi nuqsonlarning bartaraf etilganligini aniqlash uchun mo'ljallangan. Javoblar esa yuqori, o‘rta va past daraja deb baholandi.
    Ushbu tashhislash mezonlari tarbiyalanuvchilarning ingliz tilini o'zlashtirish orqali nutqdagi turli nuqsonlarni bartaraf qilish hamda maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasida lug'at, grammatika, tushunish, ravonlik va ingliz tilida muloqot qilish ko'nikmalarini qamrab oladi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tilini bilish darajalari va bo‘shliqlar aniqlangandan keyin ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida “Quvnoq ingliz tili” maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari uchun metodik ishlanma ishlab chiqishga harakat qildik. Va mazkur metodika asosida bolalarning ingliz tilini o‘zlashtirilishiga samaradorlikka erishildi.
    Dastur ishlanmasi “Firststeps” (“Birinchi qadam”) deb nomlanib, “Step by step” nomli o‘quv dasturini amalga oshirishga asoslangan. “Step by step” o‘quv dasturi 5–7 yoshli maktabgacha ta’lim muassasasirirg tarbiyachilariga mo‘ljalangan.
    “Firststeps” (“Birinchi qadam”) dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – unga asoslangan ta’lim jarayoni ingliz ertak qahramonlari (Winnie the Pooh, Tiger, Piglet, Donkey) bilan sirli o‘rmoniga sayohat tarzida tashkil etilgan. Har bir mavzu qiziqarli hikoyalarga boy bo‘lib, avvalgi darsni mantiqan davom ettiradi. Bolalarda ingliz tiliga kuchli qiziqish uyg‘otish maqsadida, turli ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli topishmoqlar, she’rlar, qo‘shiqlar, dialogli suhbatlar ishlatilgan. Bolalar sonining 5–8 tadan 10– 12 tagacha bo‘lishi talab etiladi. Dastur doirasida 4–5 daqiqa davomida tanaffus e’lon qilinib, qo‘shiq kuylash, raqsga tushish majburiy hisoblanadi. Natijada, zavq bilan kuylagan qo‘shiqlar va aytilgan she’rlar bolalar xotirasiga singib, ingliz tilida so‘zlashish ko‘nikmasi shakllantirilib, leksik va fonetik jihatdan mustahkamlanadi. Bundan tashqari, ingliz tilida ishlangan video taqdimotlar orqali bolalar inglizlar madaniyati bilan yaqindan tanishishga va ertak qahramonlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishga muvaffaq bo‘ladilar. Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu dastur maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari uchun ingliz tilini o‘rgatishda zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan namunaviy o‘quv qo‘llanmadir. Shunday ekan, mamlakatimiz bog‘chalari bolalariga ham shu kabi o‘quv dasturini kompyuter texnologiyalari asosida yaratish o‘quv mashg‘ulotini yanada samarali natijalarga erishishga ko‘mak bo‘ladi. Bunda biz, milliy ertaklarimiz qahramonlaridan (Masalan: Nasriddin Afandi, Zumrad, Qimmat va b.) foydalanib, ingliz tilida zamonaviy didaktik o‘yin dasturlarini tashkillashtirish bolalarning so‘z boyligini oshirishda yordam beradi. Chunonchi, boshqa ko‘pgina o‘quv fanlari qatori, ingliz tili fanini o‘qitishda ham bevosita kompyuter texnikasidan foydalanishga ehtiyoj seziladi. Respublikamizda ingliz tili fanini o‘qitishda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnal №5–6/2017 www.journal.fledu.uz 140 kompyuter texnologiyasi vositasidan foydalanish bolalarning ingliz tilida bilim samaradorligini yanada oshirishda yordam beradi, ayni paytda, ularga kompyuterni chuqur o‘zlashtirishda ham ko‘maklashadi. Ingliz tili darsini didaktik o‘yinlar orqali tashkil etish va o‘tkazish metodikasiga oid tadqiqotlarda uning bir necha bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi. Ayrim tadqiqotchilar o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatadilar: a) tayyorgarlik; b) tashkiliy; v) o‘yin harakatlari; g) yakuniy. Bu bosqichlar o‘z xususiyatlari, o‘yinga sarflangan vaqt, bolalarning mustaqilligi va tarbiyachi faoliyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu bosqichlarni metodik jihatdan quyidagicha ta’minlash maqsadga muvofiq:
    Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich uchun vaqt ko‘proq ajratiladi. An’anaviy darsdan ko‘ra didaktik o‘yin tashkil etish murakkabroq jarayondir. Bu bosqichda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘yin qoidasini ishlab chiqish, bolalarga ana shu qoidani o‘rgatish, o‘yinning maqsadi va vazifalarini tushuntirishdan iboratdir. O‘yinlarga tayyorgarlik bosqichida quyidagi masalalar hal etiladi: 1) o‘yinning maqsadini belgilash, ya’ni o‘yin orqali bolalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan so‘zlar va ko‘nikmalar hajmi aniqlanadi; 2) quyidagi talablarga javob beradigan vaziyat yaratiladi; a) o‘yinning bolalarning tayyorgarlik darajasi, yosh xususiyatlari hamda o‘quv ishlaridagi aniq muammolarga mos bo‘lishi; b) o‘yin ko‘rinishlarini aniq belgilash, ya’ni o‘yin tarkibiga kiruvchi holatlarni ayrim qismlarga ajratish; 3) o‘yin qoidasini ishlab chiqish, har bir ishtirokchiga alohida alohida vazifalar belgilash. Tasodifiy holatlar sodir bo‘lganda nimalar qilish kerakligi, o‘yinning boshlanishi va tugatilishi, harakatlar soni ko‘zda tutiladi; 4) o‘yinning tafsilotini yozish. Bunda o‘yinlar uchun boshqaruvchi va har bir ishtirokchining harakatlari tasvirlangan maxsus ko‘rsatma tayyorlanadi.
    Ikkinchi bosqich – o‘yinni tashkil etish. Bunda, avvalo, o‘rganilayotgan mavzuga oid o‘yinning boshlanishi haqida bolalarga xabar qilish; o‘yin tayyorlash va o‘tkazish uchun boshqaruvchi tanlash, saylash ishlari amalga oshiriladi.
    Uchinchi bosqich – o‘yinni o‘tkazish. O‘yinni o‘tkazish uslubi qat’iy belgilanmaydi. Bolalarga erkinlik beriladi va ularning o‘yindagi ijodkorligi rag‘batlantirib boriladi.
    To‘rtinchi bosqich – o‘yin natijalarini tahlil qilish. O‘yindagi hal qiluvchi mavqega ega bo‘lgan bu bosqichda bolalarning o‘yin jarayonida o‘zlashtirgan bilimlari tartibga solinadi, o‘yin ishtirokchilarining inglizchada o‘rgangan yangi so‘z va iboralari takrorlanadi. Guruhlararo o‘yinlar bolalarning ijodkorlik qobiliyatini o‘stiradi, natijada ingliz tilidagi so‘z boyligining hajmi ortib boradi. Demak, har qanday o‘yinga tayyorgarlik davrida uning maqsadini aniq belgilash zarur. O‘yin qatnashchilarini uning qoidasi bilan to‘liq tanishtirish lozim. O‘yin qoidalarini og‘zaki tushuntirish bilan chegaralanmay, aniq ko‘rsatmalar berish, tarqatma materiallar tarqatish ham foydali. O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri – o‘ynovchilarni guruhlarga biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: 1) guruhlardagi bolalar soni – besh kishidan oshmasligi; 2) har bir guruhdagi bolalarning bir-birini yaxshi tanishi, o‘zaro munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish; 3) o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish va qobiliyatini hisobga olish. Xulosa chiqaruvchi yoki hakamlik qilayotgan tarbiyachi o‘yin tugagandan so‘ng natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi.


    3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatish vositasida nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish metodikasini takomillashtirishga oid tajriba-sinov ishlari natijalarining samaradorligi tahlili
    Birinchi navbatda bolalarning fonemalarni eshitish orqali talaffuzi asosida so`zning tovush oqimidan ajratib olish qobiliyati farqlandi, so`zlarni ketma-ket ravishda takrorlashlari, so`zdagi barcha tovushlarni ajratib o`zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishning boshlang`ich darajasi diagnostikasini yuritish ishlarini amalga oshirdik.
    Agar ushbu komponentlardan biri shakllanmagan bo`lsa, tovush tahlilining shakllanishida buzilishlar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun, ovoz tekshiruvi
    bolalarda so`zni tahlil qilish, birinchi navbatda, uning shakllanishida ishtirok etadigan tarkibiy qismlardan qaysi biri buzilganligini aniqlashga qaratilgan bo`lishi kerak.
    Shuningdek, bolaning ajratilgan nutq tovushini o'xshash akustik tovushdan farqlashda qiyinchiliklarga duch kelmasligiga alohida e'tibor beriladi.
    Shuning uchun biz bolalar orasida tovush tallafuzida nuqsoni bo`lgan bolalar va nuqsoni bo’lmagan boalalr orasida kuzatishlar olib bordik.
    Masalan nuqsoni bo’lmagan bola bilan “ARTIST” so'zini tahlil qilar ekanmiz, “ARTIST” so'zi bolaga tanish tuyilganligi sababli “artist” so’zidagi ikkinchi tovush o'rniga qattiq “R” tovushini talaffuz qilinishi aniqlandi, Tovush talaffuzining buzilgan dislalik bolada “R” tovushini talaffuz qila olmasa “Altist” ya’ni R-L ga almashtirib aytish holatlari kuzatildi. Ushbu holatda bola nutqida korreksoin ishlar olib borildi.
    Masalan “DOCTOR” so’zini oladigan bo`lsak, ushbu so`z ma’no jihatidan yaqin bo`lganligi sababli yumshoq “T” tovushinig o’rniga qattiq “T” tovushining talaffuz qilishi kuzatildi.
    Tajriba avvalida tajriba guruhining umumiy ko‘rsatkichlari


    Download 350,15 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 350,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinshi bob bo’yicha xulosalar

    Download 350,15 Kb.