Uchinchi bob bo‘yicha xulosa




Download 350,15 Kb.
bet17/20
Sana26.06.2024
Hajmi350,15 Kb.
#265837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1.Karimova Sh.-DISSERTATSIY A 27.05.2024 (2)00 (2)222211

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Maktabgacha yoshdagi nutqida nuqsoni bor bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasi va amaliy ahamiyatiga qaratilgan tajriba-sinov ishlaridan quyidagi xulosalarga keldik.
Olib borilgan tajriba sifnov ishimiz bolalarning ingliz tilini bilish darjasini oshirib nutqida bo‘lgan nuqsnlarni barataraf etishga qaratildi. Tajriba-sinov ishlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida so‘zlay olish darajalari, fikrlashlari, talaffuz va nutqining rivojlantirishga, ingliz tili mashg‘ulotlarini loyihalashtirishda innovatsion usullardan foydalanish samaradorlikka erishilganini ko‘rsatib berdi. Qiziqarli mashg‘ulotlar, bahs-munozaralar va o‘z yoshiga moslashtirilgan o‘quv materiallari orqali bolalarning ingliz tilini o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasiga yo‘naltirilgan eksperimental tadbirlarning samaradorligi turli omillarga bog'liq bo'lishi mumkin, masalan, qo'llaniladigan materiallarning sifati va dolzarbligi, tarbiyalanuvchilarning faolligi, amalga oshirishning izchilligi. Uzoq muddatli kuzatuv tadqiqotlari va keyingi tadqiqotlar bolalarga ingliz tilini o‘rgatish orqali nutqidagi nuqsonlarning korreksiyalanishi intellektual yuksaklikka erishish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Chet tillarni muvaffaqiyatli o`rganish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Muloqotga kirishishning miqdori va sifati tilni tezroq o`rganishning asosiy sabablari hisoblanadi. Mashg`ulot davomida tarbiyalanuvchilarning e’tibori asosan tilning mazmuniga, ahamiyatiga qaratilishi kerak. Bola e’tiborini birinchi navbatda tilning kontent mazmuniga qaratishi kerak. Chet tillarni muvaffaqiyatli o`rganish yana o`rganganlarni qo’llash uchun imkoniyat bor-yo`qligiga ham bog`liqdir. Bolalarga shunday vazifalar berish kerakki, toki ular o’rgangan bilimlarini dars jarayonida amaga oshirish, qo’llashga majbur bo’lishsin. O`zaro muloqot qilish imkoniyatlari til ko`nikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, ayniqsa Bolalar tilning ma’nosini amalda qo`llay olishsa, tilni o`rganish muvaffaqqiyatli o`rganishga imkon yaratadi. O`qituvchi tomonidan ushbu jarayon uchun ma’no va muzokaralar o`tkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o`qitishning asosiy shartlari hisoblanadi. Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim va ko`nikmalrni o’rganishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili ta’limida qo’llaniladigan metodik-didaktik qarashlarga to`xtaladigan bo`lsak, quyidagilarni ta’kidlab o`tishimiz talab etiladi: Mashg`ulot jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda o’rgangan bilimlarni qo`llay olish imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalrning ko`pchiligi chet tillarni o`rganishga qiziqishadi. Ularning qiziqishlari, albatta, mashg`ulot jarayonini tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida ma’lum muvaffaqqiyatga erisha olishi bilan bog`liqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qoladi deb zikr qilish- bu noto`g`ri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qayg`urishlari, ya’ni o`rgnuvchilar darsda quvonchga to`lib, muvaffaqqiyatlarga erishib qatnashishlarini ta’minlashi zarur. O`rganilayotgan mavzular ham, shu bilan birga savol-topshiriqlar ham o`rganuvchilar uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual bo`lsagina, dasrning mazmuni hamda maqsadi o`rganuvchilarga tushunarli va esda qolarli bo`ladi.

Download 350,15 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 350,15 Kb.