51
qiladigan xodimlar mahsus o’rgatilgan
va tayyorlangan, sababli baxtsiz xodisalar ham deyarli
kam sodir bo’ladi.
Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi elektr jarohat deb ataladi. Elektr
tokning
xatarligi shuki, inson o’z sezguvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yo’qligini
aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin
himoyalovchi reaksiyasi
kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha:
- izolyasiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi;
- izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o’tib ketishi;
- kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi
orqali.
Inson tanasidan o’tayotgan tok: termik,
elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik
jarohatlanish olishi mumkin.
Termik ta’siri
- teri to’qimasining hujayrasini qizishidan
kuydirishigacha olib kelishi
mumkin.
Elektrolitik ta’siri
- organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va
hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o’zgarilishi kuzatiladi.