|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|
bet | 137/139 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #160902 |
Bog'liq 1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.orgMutlaq haqiqat - borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi to’liq aniq mukammal bilimlardir.
Kuzatish - harakat o’zgarish va rivojlanishdagi ma’lum ob’ektni tabiiy sharoitda u qanday bo’lsa, shu holicha diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko’zdan kechirib borishdir.
Eksperiment - o’rganilayotgan predmet yoki hodisani o’z holicha, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda kuzatishdir.
Analiz - bir butunni qismlarga, bo’laklarga, tomonlarga va elementlarga ajratib, ularning har biri nima ekanligini bilishdir.
Sintez - analiz tufayli ajratilgan bo’laklar tomonlar, qismlar, elementlarni o’zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir.
Umumlashtirish - tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo’lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir.
Konkretlashtirish - oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog’lab shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
Induksiya - tadqiqotchi o’z tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to’g’risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
Deduksiya - fikrda umumiy bilimlarda juz’iy, qisman bilimlarga kelishdir.
Tarixiylik - o’rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo’lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir.
Mantiqiylik - tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflardan tozalangan abstrakt- konkretlik shaklida ifodalanishidir.
Formallashtirish - tekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma’lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan ifodalashdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|